XALQARO TA’LIMIY HAMKORLIK SHAROITIDA INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING VIRTUAL MOBILLIGINI RIVOJLANTIRISH: PEDAGOGIK INNOVATSIYA VA AMALIYOT
Mualliflar
Turdaliyev Doston Sobirjon oʻgʻli
Annotatsiya
Mazkur tezisda xalqaro ta`limiy hamkorlik sharoitida ingliz tili o`qituvchilarining virtual mobilligini rivojlantirishning nazariy asoslari, pedagogik mexanizmlari va amaliy yo`nalishlari tahlil qilingan. Virtual mobillik tushunchasining mazmuni, uning jismoniy akademik mobillikdan farqi hamda virtual almashinuv, COIL va telekollaboratsiya modellarining o`qituvchi kasbiy rivojlanishidagi o`rni yoritilgan. O`qituvchining virtual mobillikka tayyorgarligi tarkibiy qismlari asoslanib, uni rivojlantirishning to`rt bosqichli pedagogik modeli taklif etilgan va oliy ta`lim muassasalari amaliyotiga joriy etish bo`yicha tavsiyalar berilgan.
Kalit soʻzlar:
virtual mobillik, xalqaro ta’limiy hamkorlik, ingliz tili o‘qituvchisi, virtual almashinuv, COIL, telekollaboratsiya, raqamli kompetensiya, pedagogik innovatsiya.