`Madaniyatlararo va fanlararo makonda rus filologiyasi` mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

BADIIY MATNDA EMOTSIONAL-EKSPRESSIV MODUSNING LINGVISTIK TABIATI VA UNING TALQINIGA DOIR YONDASHUVLAR

Mualliflar

Yunusaliyev Boburxon To‘lqinjon o‘g‘li


Annotatsiya
Tezisda badiiy matnda emotsionallik va subyektiv munosabatning ifodalanishi emotsional-ekspressiv modus tushunchasi asosida o`rganiladi. Rus va o`zbek tilshunoslarining modus, diktum va subyektiv modallik haqidagi qarashlari qiyoslanadi. Emotsionallik, ekspressivlik va baholovchanlikning umumiy hamda farqli tomonlari tushuntiriladi. Muallif, hikoyachi va personaj munosabatini bir-biridan ajratish zarurligi ko`rsatiladi. Modusni o`rganishda gapning tuzilishi, ma`nosi, nutqiy vaziyat va matndagi subyektlar aloqasini birgalikda hisobga olish taklif etiladi. Emotsional-ekspressiv modusning alohida kategoriya sifatidagi maqomi esa qo`shimcha tadqiqotlar orqali aniqlashtirilishi lozimligi ta`kidlanadi.
Kalit soʻzlar:
modus, diktum, subyektiv modallik, emotsionallik, ekspressivlik, baholovchanlik, narrativ subyekt.