FIKR TARBIYASIGA OID TARIXIY YONDASHUVLAR: ALLOMALAR MEROSI VA ZAMONAVIY TA’LIM
Mualliflar
Ravshanbekova Maftunaxon Xusniddinovna
Annotatsiya
Bugungi kunda tafakkurni tarbiyalash eng dolzarb masalalardan biri bo`lib qolmoqda. To`g`ri ta`lim va tarbiya tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga hamda hech qanday o`ylamay va mulohaza yuritmasdan qabul qilingan qarorlar tufayli kelib chiqadigan nizolarni oldini olishga yordam beradi. Maqolada fikr tarbiyasiga oid tarixiy yondashuvlar Sharq allomalari merosi misolida o`rganilib, ularning zamonaviy ta`limdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda tarixiy-qiyosiy tahlil va manbalar bilan ishlash usullaridan foydalanildi. Natijada Sharq allomalari qarashlarida fikr tarbiyasi idrok, xotira, mantiq va axloqiy me`yor birligi sifatida talqin qilinishi ko`rsatildi hamda bu g`oyalarni tarix ta`limida qo`llash imkoniyatlari asoslandi.
Kalit soʻzlar:
metakognitiv, perspektiv idrok, empirik, analitik, kognitiv, ratsionalizm, gnoseologik.