MATEMATIK NUTQ VA MATEMATIK FIKRLASHNING O‘ZARO MUNOSABATI: MATEMATIK FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHDA NUTQIY FAOLIYATNING AHAMIYATI
Mualliflar
I.X.Allambergenov, R.T.Tadjibayev
Annotatsiya
Maqolada matematik nutq va matematik fikrlashning o`zaro munosabati psixologik-pedagogik hamda matematik ta`lim nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Matematik nutq faqat shakllangan fikrning tashqi ifodasi emas, balki matematik mazmunni anglash, mulohazani tartibga solish, semantik bog`lanishlarni aniqlash, asoslash va refleksiya qilish vositasi ekanligi asoslanadi. Mahalliy, MDH va xorijiy tadqiqotlarni qiyosiy tahlil qilish asosida «fikrlash → nutqiy ifoda → tekshirish va aniqlashtirish → qayta tuzilgan fikrlash» sikli taklif etiladi. Matematik fikrlashni rivojlantirish uchun tushuntirish, savol tuzish, taqqoslash, xatoni izohlash, isbotni rekonstruksiya qilish hamda verbal, ramziy va grafik reprezentatsiyalar o`rtasida o`tishga qaratilgan topshiriqlardan muntazam foydalanish zarurligi ko`rsatiladi.
Kalit soʻzlar:
matematik nutq, matematik fikrlash, matematik til, matematik diskurs, asoslash, refleksiya.