`Fikr tarbiyasiga oid tarixiy hamda innovatsion yondashuvlar, mahsuldor strategiyalardan pedagogik amaliyotda foydalanish mexanizmlari` mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman

FIKR TARBIYASI VOSITASIDA O‘SMIR QIZLARDA O‘ZIGA ISHONCHNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

Mualliflar

Choriyeva Dildora Ismat qizi


Annotatsiya
Mazkur maqolada fikr tarbiyasining o`smir qizlarda o`ziga ishonchni rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari, mazkur jarayonning psixologik-pedagogik asoslari hamda samarali tashkil etish shart-sharoitlari yoritilgan. O`smirlik davrida o`zini anglash, o`z imkoniyatlarini baholash, mustaqil fikrlash va ijtimoiy munosabatlarda o`z o`rnini topish jarayonlarining o`ziga ishonch bilan o`zaro aloqasi tahlil qilingan. Shuningdek, tarixiy pedagogik qarashlar va zamonaviy ta`lim strategiyalarini uyg`unlashtirish, refleksiv faoliyatni tashkil etish, muammoli vaziyatlardan foydalanish, ijobiy pedagogik muhit yaratish hamda oila, maktab va mahalla hamkorligini kuchaytirishga doir yondashuvlar asoslangan. Maqola yakunida o`smir qizlarda o`ziga ishonchni rivojlantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar taklif etilgan.
Kalit soʻzlar:
fikr tarbiyasi, o‘smir qizlar, o‘ziga ishonch, mustaqil fikrlash, o‘zini anglash, refleksiya, pedagogik shart-sharoitlar, innovatsion yondashuv, shaxsiy rivojlanish, ijtimoiy faollik.