`Fikr tarbiyasiga oid tarixiy hamda innovatsion yondashuvlar, mahsuldor strategiyalardan pedagogik amaliyotda foydalanish mexanizmlari` mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman

TARIXIY VAZIYATLARNI TANQIDIY BAHOLASH ORQALI O‘QUVCHILARDA FIKR TARBIYASINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI

Mualliflar

Saydaliyev Abbosxon Ibroximxon o‘g‘li


Annotatsiya
Mazkur maqolada tarixiy vaziyatlarni tanqidiy baholash orqali o`quvchilarda fikr tarbiyasini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari yoritilgan. Tarix fanining o`quvchilarda mustaqil fikrlash, voqea-hodisalarning sabab va oqibatlarini aniqlash, tarixiy manbalarni tahlil qilish hamda asoslangan xulosalar chiqarish ko`nikmalarini shakllantirishdagi imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, tarixiy meros va innovatsion pedagogik yondashuvlarni uyg`unlashtirish, muammoli ta`lim, munozara, keys-stadi va rolli modellashtirish metodlaridan foydalanishning ahamiyati ochib berilgan. Tarixiy vaziyatlarni tahlil qilishga asoslangan ta`limning o`quvchilarda fikrlash madaniyatini shakllantirishdagi o`rni asoslangan.
Kalit soʻzlar:
fikr tarbiyasi, tarixiy vaziyat, tanqidiy baholash, mustaqil fikrlash, tarixiy manbalar, pedagogik mexanizmlar, innovatsion yondashuvlar, muammoli ta’lim, munozara, keys-stadi, rolli modellashtirish, fikrlash madaniyati.