`Fikr tarbiyasiga oid tarixiy hamda innovatsion yondashuvlar, mahsuldor strategiyalardan pedagogik amaliyotda foydalanish mexanizmlari` mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman

MUSIQIY MEROS VOSITASIDA O‘QUVCHILARNING IJTIMOIY-MADANIY DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISHDA FIKR TARBIYASINING O‘RNI VA STRATEGIYALARI

Mualliflar

Mo‘ydinov Fozilxon Nosirxon o‘g‘li


Annotatsiya
Maqolada umumta`lim maktablari o`quvchilarining ijtimoiy-madaniy dunyoqarashini rivojlantirishda milliy va jahon musiqiy merosining pedagogik-falsafiy salohiyati tadqiq etilgan. Musiqiy asarlarni tinglash va idrok etish jarayoni shaxsning fikrlash madaniyati (fikr tarbiyasi) bilan uzviy bog`liqlikda tahlil qilingan. Maqolada ushbu muammo yuzasidan Yevropa va O`zbekiston olimlarining ilmiy qarashlari qiyosiy o`rganilib, o`quvchilarning tanqidiy, mustaqil va mantiqiy fikrlashini faollashtiruvchi zamonaviy pedagogik metodlar hamda ularning amaliy ahamiyati yoritilgan.
Kalit soʻzlar:
musiqiy meros, ijtimoiy-madaniy dunyoqarash, fikr tarbiyasi, milliy o‘zlik, G‘arb musiqiy pedagogikasi, tanqidiy fikrlash, badiiy idrok, estetik madaniyat.