SHAYBONIYLAR DAVRI TARIXINI O‘QITISHDA O‘QUVCHILARNING TARIXIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada Shayboniylar davri tarixini o`qitish jarayonida o`quvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslari va didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Tarixiy tafakkurni shakllantirishga oid xorijiy olimlarning ilmiy qarashlari asosida tarixiy voqealarni sabab-oqibat munosabatlarida o`rganish, tarixiy manbalarni tanqidiy tahlil qilish, tarixiy shaxslar faoliyatini baholash hamda dalillarga asoslangan xulosalar chiqarishning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, Shayboniylar davriga oid tarixiy materiallardan foydalanish orqali o`quvchilarning mustaqil, tanqidiy va tahliliy fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan metodik yondashuvlar tavsiflangan.
Kalit soʻzlar:
Shayboniylar davri, tarixiy tafakkur, tarix ta’limi, tarixiy manba, tanqidiy fikrlash, tarixiy tahlil, sabab-oqibat munosabatlari, tarixiy dalil, pedagogik imkoniyatlar.