`Fikr tarbiyasiga oid tarixiy hamda innovatsion yondashuvlar, mahsuldor strategiyalardan pedagogik amaliyotda foydalanish mexanizmlari` mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman

KREATIV FIKRLASH – G‘OYALARNI GENERATSIYALASHNING MANBAI SIFATIDA

Mualliflar

Rustamov Nazir Choriyevich


Annotatsiya
Mazkur maqolada kreativ fikrlashning g`oyalarni generatsiyalash jarayonidagi nazariy-metodologik ahamiyati, uning psixologik-pedagogik xususiyatlari hamda o`quvchilarning intellektual va ijodiy faoliyatini rivojlantirishdagi imkoniyatlari tahlil qilingan. Xorijiy olimlarning ilmiy qarashlari asosida kreativ fikrlash va g`oyalarni generatsiyalash o`rtasidagi funksional bog`liqlik, divergent va konvergent tafakkurning o`zaro munosabati, yangi g`oyalarni shakllantirishga ta`sir etuvchi kognitiv, motivatsion va ijtimoiy omillar yoritilgan. Shuningdek, ta`lim jarayonida o`quvchilarning mustaqil fikrlashi, muammolarga muqobil yechimlar ishlab chiqishi va ijodiy tashabbuskorligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari asoslangan.
Kalit soʻzlar:
kreativ fikrlash, g‘oyalarni generatsiyalash, divergent tafakkur, konvergent tafakkur, ijodkorlik, intellektual faollik, original g‘oya, muammoli vaziyat, kreativ kompetensiya.