UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI TARBIYAVIY JARAYONLARDA TEXNOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA FIKR TARBIYASINI AMALGA OSHIRISH STRATEGIYALARI
Mualliflar
Raxmatova Mexrinoz Majitovna
Annotatsiya
Ushbu maqolada umumiy o`rta ta`lim maktablarining tarbiyaviy jarayonlarida texnologik yondashuv asosida o`quvchilarning fikr tarbiyasini shakllantirish va rivojlantirish strategiyalari tadqiq etilgan. Zamonaviy axborotlashgan jamiyat sharoitida o`smirlarning mustaqil, tanqidiy va tizimli fikrlash ko`nikmalarini tizimli rivojlantirish ijtimoiy-pedagogik zaruriyat hisoblanadi. Maqolada an`anaviy tarbiya shakllarining cheklangan jihatlari tahlil qilinib, shaxsga yo`naltirilgan va texnologik yondashuvlar uyg`unligiga asoslangan innovatsion model taklif etilgan. Fikr tarbiyasini bosqichma-bosqich (muammoli-vaziyatli, refleksiv va ijtimoiy-loyihaviy) amalga oshirishning pedagogik strategiyalari hamda ularni darsdan tashqari faoliyatga integratsiyalash mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari o`quvchilarda axborotlarni tahlil qilish, mafkuraviy immunitet va g`oyaviy barqarorlikni shakllantirishda texnologik yondashuvning samaradorligini isbotlaydi. Maqola xulosalari umumiy o`rta ta`lim tizimi metodistlari, maktab rahbarlari va tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarlari faoliyatida amaliy qo`llanilishi mumkin.
Kalit soʻzlar:
umumiy o‘rta ta’lim, tarbiyaviy jarayon, texnologik yondashuv, fikr tarbiyasi, pedagogik strategiya, tanqidiy fikrlash, refleksiv ko‘nikmalar, mafkuraviy immunitet, tarbiya texnologiyalari, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim.