`Fikr tarbiyasiga oid tarixiy hamda innovatsion yondashuvlar, mahsuldor strategiyalardan pedagogik amaliyotda foydalanish mexanizmlari` mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman

INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA BIRINCHI SINF O‘QUVCHILARINING IJTIMOIY MOSLASHUVINI RIVOJLANTIRISHDA ADAPTIV-TARBIYAVIY MUHITNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

Mualliflar

Turg‘unboyeva Nasiba Rustam qizi


Annotatsiya
Mazkur maqolada inklyuziv ta`lim jarayonida birinchi sinf o`quvchilarining ijtimoiy moslashuvini rivojlantirishda adaptiv-tarbiyaviy muhitning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Ijtimoiy moslashuvni qo`llab-quvvatlashda o`quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish, mustaqil fikrlash, o`zaro muloqot, boshqalarning fikrini tinglash va hamkorlik ko`nikmalarini rivojlantirishning ahamiyati asoslangan. Shuningdek, tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishda o`qituvchi va ota-onalar hamkorligini yo`lga qo`yish hamda barcha o`quvchilarning sinf jamoasida faol ishtirok etishi uchun pedagogik shart-sharoitlar yaratish bo`yicha tavsiyalar berilgan.
Kalit soʻzlar:
inklyuziv ta’lim, birinchi sinf o‘quvchilari, ijtimoiy moslashuv, adaptiv-tarbiyaviy muhit, pedagogik imkoniyatlar, tarbiyaviy jarayon.