YANGI O‘ZBEKISTON STRATEGIYASI ASOSIDA YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING IJTIMOIY-SIYOSIY MOHIYATI
Mualliflar
Boqiev Farhod Esanovich
Annotatsiya
Mazkur maqolada Yangi O`zbekiston strategiyasi asosida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ijtimoiy-siyosiy mohiyati, nazariy-metodologik asoslari hamda jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Vatanparvarlikning ijtimoiy ong, milliy identiklik, fuqarolik mas`uliyati, siyosiy madaniyat va ijtimoiy faollik bilan o`zaro bog`liqligi ochib beriladi. Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda davlat yoshlar siyosati, milliy-ma`naviy qadriyatlar, tarixiy xotira, fuqarolik jamiyati institutlari va ta`lim tizimining o`rni asoslanadi. Globallashuv va raqamli axborot muhiti sharoitida vatanparvarlik tarbiyasini takomillashtirishning ustuvor yo`nalishlari yuzasidan ilmiy xulosalar shakllantiriladi.
Kalit soʻzlar:
Yangi O‘zbekiston strategiyasi, vatanparvarlik, yoshlar siyosati, ijtimoiy-siyosiy ong, milliy identiklik, fuqarolik mas’uliyati, milliy qadriyatlar, siyosiy madaniyat, ijtimoiy faollik, fuqarolik jamiyati.