`Fikr tarbiyasiga oid tarixiy hamda innovatsion yondashuvlar, mahsuldor strategiyalardan pedagogik amaliyotda foydalanish mexanizmlari` mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman

YANGI AVLOD INTELLEKTUAL SALOHIYATI: MA’NAVIY-AXLOQIY VA IJTIMOIY MAS’ULIYAT UYG‘UNLIGI

Mualliflar

Ismailov Dilshod Baxriddinovich


Annotatsiya
Ushbu maqolada globallashuv jarayonlarida yangi avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning ma`naviy yetukligi va ijtimoiy mas`uliyatini shakllantirishning dolzarb masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda yuksak intellekt va faol fuqarolik pozitsiyasi uyg`unligi adolatli jamiyat barpo etishning strategik asosi ekanligi davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlari misolida ochib beriladi. Shuningdek, yoshlarning ma`naviy immunitetini mustahkamlash va bilimini millat farovonligiga yo`naltirish borasidagi amaliy taklif va tavsiyalar bayon etilgan.
Kalit soʻzlar:
Yosh avlod intellekti, ma’naviyat, ijtimoiy davlat, adolatparvarlik, ma’naviy yetuklik, ijtimoiy mas’uliyat, Vatanga sadoqat, inson qadri, farovonlik, uzluksiz ma’naviy tarbiya, iqtisod, siyosat, huquq, shaxs va adolatli jamiyat.