RAQAMLI MEDIA TIL NORMATIVLIGI: INNOVATSION YONDASHUVLAR VA TAHRIR MEXANIZMLARI
Mualliflar
Ismoilova Zuxro Baxriddinovna
Annotatsiya
Mazkur maqolada raqamli media muhitida shakllanayotgan ijtimoiy tarmoq tilining lingvistik xususiyatlari hamda zamonaviy muharrirlik faoliyatiga ta`siri tahlil qilinadi. Ijtimoiy tarmoqlarda kommunikatsiyaning tezkorligi, qisqaligi, dialogikligi va multimodalligi natijasida qisqartmalar, o`zlashma birliklar, internet jargonlari, emoji, hashtag, aralash grafik shakllar kabi vositalarning faol qo`llanishi kuzatilmoqda. Bunday til birliklari norasmiy muloqotda kommunikativ qulaylik yaratishi bilan birga, ommaviy axborot va ta`limiy kontentda adabiy til me`yorlariga rioya qilish masalasini dolzarblashtiradi. Maqolada ijtimoiy tarmoq matnlarini tahrirlashda muharrirning vazifalari, til me`yorlari va muallif uslubini saqlash o`rtasidagi muvozanat, axborotning aniqligi va ishonchliligini ta`minlash, shuningdek, zamonaviy raqamli tahrir strategiyalari yoritiladi. Tadqiqot natijasida ijtimoiy tarmoq kontentini tahrirlash uchun lingvistik va media-savodxonlikka asoslangan kompleks yondashuv taklif etiladi.
Kalit soʻzlar:
Raqamli media, ijtimoiy tarmoq tili, internet tili, muharrirlik, nutq madaniyati, media matn, tahrir, kommunikativ kompetensiya, media savodxonlik, innovatsion tahrir.