ISAJON SULTONNING “ABU RAYHON BERUNIY” TARIXIY ROMANIDA FIKR VA TAFAKKUR TALQINI
Mualliflar
Ismoilova Fotima Baxriddinovna
Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy o`zbek adabiyotining yirik vakili Isajon Sultonning `Abu Rayhon Beruniy` tarixiy-biografik romanida fikr tarbiyasi va tarixiy tafakkur masalalarining badiiy talqini tahlil qilinadi. Asarda buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy shaxsiyatining tarixiy va badiiy qirralari, uning ilmga munosabati, haqiqatni anglashga intilishi, kuzatish va tajribaga asoslangan tafakkuri, inson va olam munosabatlariga qarashi tahlil qilinadi. Maqolada `fikr tarbiyasi` tushunchasi bilimning inson hayotidagi o`rnini tushunishga undovchi vosita sifatida izohlanadi. Shuningdek, romanning o`ziga xos kompozitsion qurilishi, voqealarning turli hikoyachilar tomonidan bayon qilinishi, Beruniy obrazining bevosita emas, ko`pincha boshqa qahramonlar nigohi orqali ochilishi tarixiy tafakkurni shakllantiruvchi badiiy vositalar sifatida tahlil qilinadi.
Kalit soʻzlar:
Isajon Sulton, “Abu Rayhon Beruniy”, tarixiy-biografik roman, badiiy tafakkur, ilmiy tafakkur, haqiqat, tarixiy shaxs, Beruniy obrazi.