`Fikr tarbiyasiga oid tarixiy hamda innovatsion yondashuvlar, mahsuldor strategiyalardan pedagogik amaliyotda foydalanish mexanizmlari` mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman

O‘SMIRLAR AQLIY TARAQQIYOTI VA FIKR TARBIYASIDA OILA VA MAKTAB HAMKORLIGINING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK MEXANIZMLARI

Mualliflar

Ummatkulova Nigora Umarqulovna


Annotatsiya
Mazkur tezisda o`smirlarning aqliy taraqqiyoti va fikr tarbiyasini ta`minlashda oila hamda maktab hamkorligining psixologik-pedagogik mexanizmlari tahlil qilinadi. O`smirlik davrida abstrakt va mantiqiy fikrlash, metakognitiv nazorat, muammoni hal qilish, mustaqil qaror qabul qilish, o`z fikrini dalillash hamda o`z-o`zini boshqarish qobiliyatlari faol shakllanishi sababli bu jarayonda oilaviy va maktab muhitining o`zaro uyg`unligi alohida ahamiyat kasb etishi asoslanadi. Ota-onaning ta`limiy ishtiroki, kognitiv rag`batlantirish, muloqot, o`smir avtonomiyasini qo`llab-quvvatlash, o`qituvchining rivojlantiruvchi ta`lim usullari, maktabga daxldorlik hissi va oila–maktab o`rtasidagi muntazam axborot almashinuvi asosiy mexanizmlar sifatida ko`rib chiqiladi.
Kalit soʻzlar:
o‘smirlik davri, aqliy taraqqiyot, fikr tarbiyasi, oila, maktab, hamkorlik, metakognitsiya, mustaqil fikrlash.