“Geografiya fanining dolzarb masalalari: iqlim oʻzgarishi, hududiy rivojlanish va taʼlimda innovatsion yondashuvlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

23.05.2025


BIOMETRIC PARAMETERS OF JAPANESE CABBAGE VARIETIES UNDER EARLY SPRING SOWING

Davlatov Joshqinbek Shavkat ugli

The article presents the results of a three-year study (2023–2025) of the biometric parameters of seven Japanese cabbage (Brassica rapa var. nipposinica) varieties grown under early spring sowing in the soil and climatic conditions of Tashkent region, Uzbekistan. The number of leaves per plant, leaf length and leaf width were evaluated. The varieties Rusalochka, Mizuna Green and Izumrudniy uzor exceeded the varietal mean in all three parameters, forming 48.3–52.4 leaves per plant with a leaf length of 30.4–31.5 cm and a leaf width of 7.5–8.1 cm. The taxonomic position and origin of Japanese cabbage and the importance of vegetables in human nutrition are also discussed.

12.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

DALANI HIMOYALOVCHI IXOTAZORLAR BARPO ETISHDA FOYDALANILADIGAN DARAXTLAR TAVSIFI (SURXONDARYO SHAROITIDA)

Xamroyev Xusen Fatullayevich, Egamberdiyev Murodjon Xolmirzayevich, Khujamberdiyeva Iroda Azamat qizi

Shamol eroziyasining tuproqqa ta’siri mexanizmlari juda xilma-xildir. Bu eroziyalangan tuproqlarning unumdorligini kamaytirish va qumlarning kо‘chishi natijasida ekin maydonini kamaytirish va qishloq xо‘jaligi yerlarining zararli moddalar bilan ifloslanishini, shu jumladan, zaharli tuzlar, shо‘r va tog‘ jinslari yuzasidan shamol tomonidan olib borilgan va fotosintezni chang bilan ekin maydonlarining ifloslanishi natijasida kamaytiradi.

05.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

BENTONIT QOʻLLASH USULI, MUDDATI VA MEʼYORLARINING SOYANING OʻSISHI, SUV ISTEʼMOLI, DON HOSILDORLIGI VA SIFATIGA TAʼSIRI

Qo‘ziev Dilshod Normurod o‘g‘li

Qashqadaryo viloyatining och tusli boʻz tuproqlarida (2024–2026 yy.) bentonitni N90P60K90 fonida turli usul, muddat va meʼyorlarda (100–750 kg/ga) qoʻllashning “Oʻzbek-6” soya navining oʻsishi, suv isteʼmoli, don hosildorligi va sifatiga taʼsiri oʻrganildi. Bentonit dala unuvchanligini 84,1 % dan 87,2 % gacha, koʻchat qalinligini 1,0–6,8 % ga, don hosildorligini 31,7 dan 32,1–36,3 s/ga gacha, oqsil miqdorini 39,4 % gacha oshirdi, mavsumiy sugʻorish meʼyorini 0,4–10,6 % ga kamaytirdi. Hosildorlik bentonit meʼyoriga chiziqli bogʻliq (r = 0,989).

29.10.2026 Ko`rish Yuklab olish

TABIIY NE’MATLARNI ASRASH: SUV TANQISLIGINING OLDINI OLISH VA UNING EKOLOGIK-IJTIMOIY YECHIMLARI

Ergasheva Dilafruz

Ushbu maqolada hayot manbai bo‘lgan suv zaxiralarini asrash, undan kundalik hayotda va tomorqalarda tejamkorlik bilan foydalanish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, ariqlarni toza tutish, atmosfera o‘zgarishlarining suv zaxiralariga ta’siri hamda yosh kashfiyotchilarning suvni asrash bo‘yicha ekologik tavsiyalari oddiy va tushunarli tilda bayon etilgan.

27.05.2025 Ko`rish Yuklab olish

FARG‘ONA VILOYATIDA JINOYATCHILIKNING HOZIRGI HOLATI VA HUDUDIY DIFFERENSIYASI

Muxitdinov I.I.

Ushbu maqolada 2018–2024 yillar davomidagi Farg‘ona viloyatida qayd etilgan umumiy jinoyatlar dinamikasi va hududiy (tuman va shaharlar kesimidagi) farqlari tahlil qilingan. Rasmiy manbalar ma’lumotlariga tayanilgan holda, jinoyatlar sonining yillik o‘zgarishi aniqlanadi. Maqolada jinoyatchilik ko‘rsatkichlarining o‘sish sabablari, tumanlararo tafovutlarga ta’sir etuvchi omillar hamda jinoyatchilikni oldini olish borasidagi chora-tadbirlar muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari jinoyatchilikning hududiy xususiyatlarini chuqurroq anglash va kelgusida samarali profilaktika choralarini ishlab chiqishga xizmat qiladi.

14.06.2025 Ko`rish Yuklab olish

ANDIJON SHAHAR AGLOMERATSIYASI RIVOJLANISHINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Qosimov Xasanboy Sirojiddinovich

Ushbu maqolada Andijon aglomerasiyasining shakllanishi va rivojlanishining o’ziga xos xusiyatlari, aglomerasiya darajalari hamda tayanch aglomerasiyalar haqida so’z yuritiladi.

11.06.2025 Ko`rish Yuklab olish

TO’PALANG DARYOSI HAVZASIDA QOR QOPLAMI O’ZGARISHINI SUN’IY YO’LDOSH MA’LUMOTLARI ASOSIDA TAHLIL QILISH

Darxon Yarashev

Ushbu tadqiqot qayta ishlangan MODIS maʼlumotlari yordamida To’palang daryosi havzasida kunlik qor qoplamini kuzatishga qaratilgan. Asosiy maqsad qor qoplamining darajasi va uning turli balandlik zonalari bo’yicha o’zgarishi bo'yicha ko'rsatkichlarni olishdir. Asosiy natijalar mintaqa bo'ylab qor bilan qoplangan kunlarda sezilarli fazoviy va vaqtinchalik o'zgaruvchanlikni ko'rsatadi.

11.06.2025 Ko`rish Yuklab olish

IQLIM O'ZGARISHI VA UNING NATIJASIDA YUZAGA KELAYOTGAN AYRIM GEOEKOLOGIK MUAMMOLAR TAHLILI

Yursunova S.A.

Ushbu maqolada iqlim o‘zgarishining asosiy sabablari va global miqyosda yuzaga kelayotgan geoekologik muammolar tahlil qilinadi. Ushbu muammolarning tabiatga va inson faoliyatiga ta’siri hamda ularni kamaytirish bo‘yicha ilmiy yondashuvlar va strategiyalar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, geoekologik muammolarning hududiy xususiyatlari va ularning iqlim o‘zgarishiga bog‘liqligi tahlil etilgan.

10.06.2025 Ko`rish Yuklab olish

FARG‘ONA VODIYSI QUM DAHALARINING EKOLOGIK HOLATI VA O‘ZGARISHLARI

V.Yu. Isaqov, M.A. Yusupova, S.B. Akbarov, G‘.A. Akbarov

Maqolada Farg‘ona vodiysi qumli dahalarining maydonlari va ularning sug‘oriladigan dehqonchilik uchun o‘zlashtirish oqibatida yuz bergan o‘zgarishlari haqida ma’lumotlar berilgan. Hozirgi vaqtda tarqoq xolda saqlanib qolgan tabiiy qum dahalari guruhlangan va ularning o‘zaro farqlari ko‘rsatilgan. Qumlarning kimyoviy element va mineralogik tarkiblari yoritilgan. Qumli dahalarda rivojlanayotgan sug‘oriladigan tuproqlarning mexanik tarkibi, sho‘rlanish holati, agrokimyoviy xossalari va ularning o‘zgarishlari tahlil qilingan.

10.06.2025 Ko`rish Yuklab olish

YER YUZASIDAGI SUV-BOTQOQ YERLARNING GEOGRAFIK TAQSIMOTI

Tobirov Odiljon Qobiljon oʻgʻli

Suv-botqoq yerlar, quruqlik va suv ekotizimlari oʻrtasidagi muhim oʻtish zonasi boʻlib, Yer yuzasining taxminan 6% ni qamrab oladi va global biologik xilma- xillikning deyarli 40% ni qoʻllab-quvvatlaydi. Ushbu maqola 2025-yil fevral holatiga koʻra 2536 ta Ramsar hududlari maʼlumotlari asosida suv-botqoq yerlarning geografik taqsimotini tahlil qiladi, bu hududlar 2,6 million km² dan ortiq maydonni qamrab oladi. Tahlil natijasida suv-botqoq yerlarning Shimoliy yarimsharda (86.5%) va sharqiy yarimsharda (63.8%) sezilarli darajada toʻplangani, mintaqaviy farqlar mavjudligi aniqlandi. Buyuk Britaniya va Meksika belgilangan hududlar soni boʻyicha yetakchilik qilmoqda, Boliviya esa eng katta suv-botqoq maydoniga ega. Tadqiqot suv-botqoq yerlarning ekologik ahamiyatini va ularning notekis global taqsimotini taʼkidlaydi, Ramsar konvensiyasi doirasida tabiatni muhofaza qilish strategiyalari uchun muhim maʼlumotlar beradi.

10.06.2025 Ko`rish Yuklab olish