Ta’lim va tarbiya jarayonlarini samarali amalga oshirishda shaxslararo qadriyatli munosabatlarni shakllantirish dolzabr ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu maqolada shaxslararo qadriyatli munosabatlarning mazmuni, oila, ota-ona va o’qituvchining bu jarayondagi o’rni, ularning vazifalari haqida fikr yuritiladi. Shaxslararo qadriyatli munosabatlarni shakllantirishda oilada ota-onalar, ta’lim muassasasida o’qituvchi tomonidan qo’llaniladigan turli vositalar, usul va metodlar haqida ma’lumot berilgan. Oila bilan hamkorlikda o‘quvchilarda shaxslararo qadriyatli munosabat tajribasini shakllantirishning pedagogik yo’nalishlari ko’rsatilgan.
26.08.2025 Ko`rish Yuklab olish
Жаҳон миқёсидаги глобал ўзгаришлар, ахлоқий-эстетик қадриятларнинг эволюцияси ва миллий тарбия моделларининг такомиллашуви олий таълим муассасаларида тарбиявий фаолиятни самарали ташкил этишни талаб этмоқда. Бу борада давлатимиз раҳбари Ш.М.Мирзиёев шундай дея таъкидлайди: "Энг катта бойлик - бу ақл-заковат ва илм, энг катта мерос - бу яхши тарбия, энг катта қашшоқлик - бу билимсизликдир. Тараққиётнинг тамал тоши ҳам, мамлакатни қудратли, миллатни буюк қиладиган куч ҳам бу - илм-фан, таълим ва тарбиядир. Эртанги кунимиз, Ватанимизнинг ёруғ истиқболи, биринчи навбатда, таълим тизими ва фарзандларимизга бераётган тарбиямиз билан чамбарчас боғлиқ"[8].
03.07.2025 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining frazeologik kompetensiyasini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari tahlil qilinadi. Frazeologik birliklarni samarali o‘zlashtirish, ulardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish chet til o‘qitish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, maqolada frazeologizmlarni o‘qitishda kommunikativ yondashuv, madaniy-ma’rifiy omillar va ta’lim muhitida yaratiladigan ijobiy psixologik atmosferaning ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, innovatsion metod va vositalarni joriy etish orqali talabalarning frazeologik bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Maqolada keltirilgan ilmiy xulosalar va tavsiyalar til o‘qitish jarayonini takomillashtirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.
02.06.2025 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada investitsiyalardan foydalanish samaradorligini baholashda qo‘llaniladigan asosiy uslubiy yondashuvlar, indikatorlar va ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi. Investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini aniqlash mezonlari, risklarni hisobga olgan holda baholash mexanizmlari, zamonaviy tahlil uslublarining afzalliklari va ularni amaliyotda qo‘llash tajribalari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda investitsiya muhiti va investitsiyaviy samaradorlikni oshirish bo‘yicha takliflar berilgan.
31.05.2025 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur tezisda jadid ma’rifatparvarlarining tarbiya turlariga oid qarashlari asosida zamonaviy talabalar orasida motivatsiyani shakllantirish imkoniyatlari tahlil etilgan. Jadidlarning ma’naviy-axloqiy, aqliy, jismoniy va estetik tarbiya haqidagi qarashlari bugungi ta’lim jarayonida motivatsiyani oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi mumkinligi asoslab berilgan. Tezisda ayni paytdagi oliy ta’lim muassasalari sharoitida ushbu ta’limotlarni tatbiq etish yo‘llari ko‘rsatilib, talabalarni ichki ruhiy holati, intellektual o‘sishi va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan yondashuvlar keltirilgan.
31.05.2025 Ko`rish Yuklab olish
Maqolada asosan Turkiston jadid ma’rifatparvarlarining pedagogik faoliyati va bugungi kundagi ta’lim tizimini rivojlantirishda ma’rifatchilik harakatlarining ahamiyati va pedagogik qarashlari hamda jadidlarda milliy g’oya va mafkura haqidagi masalalari chuqur tahlil etilgan. Shunindek, maqolada Turkiston ma’rifatparvarlarining pedagogik faoliyati va ularning bugungi ta’lim tizimiga chuqur ta’siri har tomonlama tahlil etilgan. Talaba yoshlarda tanqidiy kreativ fikrlashni rivojlantirishda jadid pedagogikasining ahamiyati yuzasidan talabalar murakkab vaziyatlarda muammolarni aniqlash va ularga yechim topish qobiliyatini rivojlantiradi. tanqidiy fikrlash ularni diqqatni jamlash, mantiqiy xulosalar chiqarish va aql-idrokka tayanish jarayoniga undaydi. Shu sababli biz mazkur tadqiqotda jadidchilik harakatining muhim va asosiy bo’g’ini hisoblangan ma’rifatparvarlik faoliyatini tadqiq etishni asosiy maqsad etib qo’yilgan. Tadqiqot jarayonidagi o’rganilgan manbalar natijasida Turkiston jadidlarining pedagogik sohadagi harakatlari, ularni fanlarni o’qitish, o’quvchiga yetkazib berish borasidagi ilgari surgan g’oyalari har jihatdan fanlar meto’dikasiga mos kelishi ilmiy asoslandi.
31.05.2025 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada jadid ma’rifatchilari tomonidan ilgari surilgan harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi g‘oyalari tahlil qilinadi. Jadidlar yosh avlodni Vatanga sadoqatli, jismonan sog‘lom va ma’naviy yetuk qilib tarbiyalash g‘oyasini ilgari surganlar. Ularning asarlari va faoliyati bugungi kunda harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining ma’naviy negizi sifatida dolzarbligini saqlab qolmoqda.
31.05.2025 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada buyuk tasavvufiy mutafakkir va shoir Mavlono Jaloliddin Rumiy asarlari asosida o‘quvchilarda kitobxonlik kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirish masalalari yoritilgan. Maqolada Rumiy ijodining axloqiy, ma’naviy va estetik jihatlari tahlil qilinib, ularning o‘quvchilarda tafakkur, mustaqil fikrlash, ma’naviy-estetik didni tarbiyalashga ta’siri ochib berilgan. Shuningdek, dars jarayonida Rumiy asarlaridan namunalar asosida interfaol metodlardan foydalanish orqali kitobxonlikka qiziqishni oshirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari Rumiy ijodidan foydalanish o‘quvchilarning nafaqat adabiy bilimlarini, balki hayotiy kompetensiyalarini ham rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
31.05.2025 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining shaxsiy rivojlanishida ma’naviy-axloqiy tarbiyaning o‘rni va ahamiyati yoritilgan.
31.05.2025 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada emotsional intellekt uning pedagogik psixologik xarakteri, emotsional intellektga oid tadqiqotlarning rivojlanish dinamikasi, ushbu sohadagi yondashuvlar, ularning bir biridan farqli jihatlari, inson tafakurining turlari bilan bog‘liq holda bayon qilingan. Maqola ilmiy pedagogik jamoatchilik, o‘qituvchilar va talabalar uchun nazariy-amaliy ahamiyatga ega.
31.05.2025 Ko`rish Yuklab olish