Quyida (a,b;c) Pifagor juftligi bo‘lsa, u holda a soni b sonining Pifagor jufti bo‘lishi haqida,Pifagor uchliklari … , berilganda u holda a soni uchun Pifagor juftlari haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek a soni b sonining Pifagor jufti bo‘lsa, u holda b soni ham a sonining Pifagor jufti ekanligi keltirilgan.
12.06.2025 Ko`rish Yuklab olish
Koʻp zarrachali Shredinger operatorining spektral xossalarini tekshirish, xususiy integralli tenglamaning echimini topish va uning xususiyatlarini oʻrganish masalasi bilan bogʻliqdir. Shuningdek, Kvant mexanikasining bir qator masalalari ham xususiy integral tenglamalarni echishga keltiriladi.
09.06.2025 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada metilbenzol va uning suvli komplekslaridagi molekulalararo o‘zaro ta’sirlar, xususan O–H···π vodorod bog‘lanishlar kvant-kimyoviy hisoblashlar va Raman spektroskopiyasi yordamida tahlil qilindi. B3LYP/6-311++G(2d,p) metodikasi asosida olib borilgan hisoblashlar metilbenzolning turli komplekslari uchun optimal geometriya, bog‘lanish energiyasi va spektral o‘zgarishlarni aniqlashga imkon berdi. Natijalar ushbu aromatik birikmaning suvli muhitdagi barqarorligi va reaktivligini molekulyar darajada tushunishga xizmat qiladi.
09.06.2025 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada polimer kompozit materiallarning (PKM) asosiy fizik xossalari: mexanik, termik, elektr va magnit xossalari hamda ularni aniqlash usullari ilmiy asosda tahlil qilinadi. PKMlarning mustahkamligi, uzoq muddatlilik darajasi, dielektrik va issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyentlari, magnit kirituvchanligi kabi ko‘rsatkichlar asosida bu materiallarning ishlash qobiliyati baholanadi. Tadqiqotlarda Griffit va Jurkov nazariyalari asosida buzilish mexanizmlari, fonon nazariyasi yordamida issiqlik o'tkazuvchanlik, Debay va Tarasov modellarida issiqlik sig‘imi, dielektrik muhitdagi qutblanish jarayonlari va kompozit tuzilmalaridagi zarraviy taqsimot nazariy jihatdan yoritilgan. Tahlillar PKMlarning sanoat, qurilish va elektrotexnika sohalaridagi qo‘llanilish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.
09.06.2025 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada geometrik figuralarning o‘lchovlarini aniqlashda algebraik usullarning qo‘llanishi tahlil qilinadi. Algebraik ifodalar yordamida perimetr, yuzalar va hajmlarni hisoblash misollar orqali ochib beriladi. Algebra va geometriya fanlarining integratsiyasi ta’lim jarayonida mantiqiy fikrlashni shakllantirishdagi ahamiyati yoritiladi.
07.06.2025 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada ba’zi bir oddiy differensial tenglamalarga mos integral tenglamalar tuzish va ularni yechish masalalari o’rganilgan.
07.06.2025 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada umumta'lim maktablarida geometriya darslarini zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida o‘qitish, xususan 3D modellashtirish vositalaridan foydalanish metodikasi yoritiladi. 3D texnologiyalar yordamida fazoviy tasavvur, mavhum tushunchalarni ko‘rgazmali qilish, murakkab geometrik figuralarni modellashtirish orqali o‘quvchilarda tahliliy va ijodiy fikrlashni rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi.
07.06.2025 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada zamonaviy texnologiyalar tushunchasi, ularning turlari hamda ta’lim jarayonidagi o‘rni yoritilgan. Smart-texnologiyalar, interaktiv vositalar, onlayn platformalar, bulutli xizmatlar, virtual reallik va sun’iy intellekt tizimlarining o‘quv faoliyatiga integratsiyasi ilmiy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Yangi texnologiyalar orqali ta’lim samaradorligini oshirish imkoniyatlari, shuningdek, ularni joriy etishdagi mavjud muammolar ham ko‘rib chiqiladi.
07.06.2025 Ko`rish Yuklab olish
Quyosh energiyasidan foydalanish va bugungi kunda foydalanilayotgan quyosh energiyasi asosida ishlaydigan qurilmalarni takomillashtirish. Quyosh energiyasidan foydalanishda ishlatiladigan ZnO xossalari haqida ushbu maqolada bilib olasiz.
07.06.2025 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada ehtimollar nazariyasida muhim o‘rin tutuvchi taqsimot funksiyalarini hisoblash masalasi va ularni zamonaviy elektron dasturiy vositalar yordamida yechish imkoniyatlari yoritilgan. Taqsimot funksiyasining matematik mohiyati, uni analitik va raqamli hisoblash usullari, shuningdek, Python, R, MATLAB, Microsoft Excel kabi dasturlarda real amaliy misollar orqali hisoblash yondashuvlari tahlil qilingan. Maqolada shuningdek, har bir dasturiy vositaning afzalliklari, cheklovlari va zamonaviy statistik modellashtirishdagi o‘rni muhokama qilinadi. Taqsimot funksiyalarini raqamli shaklda aniq va samarali hisoblash bugungi ilmiy tadqiqotlar, iqtisodiy tahlil va texnik modellashtirishda muhim ahamiyatga ega ekani asoslab beriladi.
07.06.2025 Ko`rish Yuklab olish