“Global iqlim o‘zgarishi va oziq-ovqat xavfsizligida o‘simliklar genetikasi hamda eksperimental biologiyaning ahamiyati” xalqaro ilmiy amaliy anjuman

15.05.2025


BARGDAN OZIQLANTIRISH PREPARATLARINING G‘O‘ZA NAVLARIDA HOSIL ELEMENTLARINING SAQLANISHI VA TO‘KILISHIGA TA’SIRI

Hakimova Muabara Xalilovna, Ochilova Maftuna Ixtiyor qizi

2023-yilda “Buxoro-8” va “Marvarid” g‘o‘za navlarida Uzbiogumin, Lebozol PK-Maks va Lebozol Kaliy-450 preparatlarining hosil elementlari shakllanishi, saqlanishi va to‘kilishiga ta’siri o‘rganildi. Eng yuqori saqlanish PK-Maks 3,0 l/ga + Kaliy-450 2,5 l/ga + Uzbiogumin 0,5 l/ga kombinatsiyasida kuzatilib, navlar bo‘yicha 61,1 va 60,6% ni tashkil etdi.

17.05.2025 Ko`rish Yuklab olish

PLANTAGO LANCEOLATA L. O‘SIMLIGIDAN O‘SIMLIK O‘SISHINI RAG‘BATLANTIRUVCHI ENDOFIT BAKTERIYALARNI AJRATIB OLISH VA ULARNING URUG‘ UNUVCHANLIGIGA TA’SIRI

O‘rmonaliyeva Shaxlo

Zamonaviy qishloq xo‘jaligida kimyoviy o‘g‘itlar va qo‘shimchalardan keng foydalanish hosildorlikni oshirsa-da, tuproq unumdorligining kamayishi, suv havzalarining ifloslanishi, parnik gazlari ajralishi kabi jiddiy ekologik muammolarni keltirib chiqaradi hamda inson va hayvon salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois o‘sishni rag‘batlantiruvchi xususiyatga ega endofit mikroorganizmlardan bioinokulyant sifatida foydalanish barqaror va ekologik toza dehqonchilikni ta’minlashning istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi. Xo‘jayin o‘simlik bilan endofitlar o‘rtasidagi uzoq muddatli simbiotik munosabatlar o‘simlik o‘sishini qo‘llab-quvvatlash bilan birga, qishloq xo‘jaligi amaliyotida yuqori samaradorlikka erishishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

07.08.2026 Ko`rish Yuklab olish

GEOINNOVATSION YONDASHUVLAR ASOSIDA SAMARQAND SHAHRIDAGI YOMG‘IR SUVLARI TO‘PLANISHINI 3D MODELLASHTIRISH MASALALARI

Bobokalonov Manuchexr Xaydarovich

So‘nggi yillarda kechayotgan global iqlim o‘zgarishi, jadal urbanizatsiya va shahar hududlarida sun’iy qoplamalar maydonining kengayishi oqibatida ekstremal yog‘inlar davomida yomg‘ir suvlari to‘planishi va qisqa muddatli suv toshqinlari yuzaga kelishi bugungi kunning dolzarb muammolaridan biriga aylanib bormoqda.

17.05.2025 Ko`rish Yuklab olish

GʻOʻZANING RANGLI TOLALI F2 DURAGAYLARIDA QIMMATLI-XOʻJALIK BELGILARINING OʻZGARUVCHANLIGI

Seytnazarova Tillaxan Elmuratovna, Tugʻonov Jamil, Roʻzieva Mexriniso Raxmonkulovna

Gʻoʻzaning rangli tolali F2 duragaylarida mahsuldorlik komponentlari belgilarining oʻzgaruvchanligi oʻrganildi. Bir tup oʻsimlikdagi koʻsaklar soni belgisining o‘rtacha ko‘rsatkichi 14,2-21 dona oralig‘ida, variatsiya koeffitsienti 10,9-25,1% oralig‘ida, irsiylanish koeffitsienti (h2) 0,05-0,18 oralig‘ida bo‘ldi. Bir dona ko‘sakdagi paxtaning vazni belgisining o‘rtacha ko‘rsatkichi 4-5,9 g oralig‘ida, variatsiya koeffitsienti 7,5-23% oralig‘ida, irsiylanish koeffitsienti 0,21-0,4 oralig‘ida bo‘ldi. Tola chiqimi belgisining o‘rtacha ko‘rsatkichi 33-37,8% oralig‘ida, variatsiya koeffitsienti 4,0-14% oralig‘ida, irsiylanish koeffitsienti 0,24-0,54 oralig‘ida bo‘ldi.

09.06.2025 Ko`rish Yuklab olish

DORIVOR NA’MATAK (ROSA) OʻSIMLIGINI AHAMIYATI

Mirakmalova Dilnoza Husan qizi , Mirzayeva Dilobar Abdukaxarovna , Maksumxodjayeva Kamola Sayfulla qizi

Ushbu maqolada Na’matak (Rosa) o’simligining tuzilishi, hayot shakli, o’sish hududi va tarqalishi, tibbiyotda qo‘llanilishi qismi, kimyoviy tarkibi, dorivorlik xususiyatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi dorivor o’simliklardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish haqida yoritilgan.

05.06.2025 Ko`rish Yuklab olish

SINTETIK GEKSAPLOID BUGʻDOY GENOTIPLARIDAN SARIQ ZANG KASALLIGIGA CHIDAMLI VA QIMMATLI XOʻJALIK BELGILARIGA EGA DONORLAR TANLASH

Elmurodov Abbos Berdimurod oʻgʻli, Ziyayev Zafarjon Mashrapovich

Ushbu maqolada yumshoq bug‘doyning genetik xilma-xilligini oshirish, yovvoyi ajdodlaridan foydali boʻlgan genlarni kiritish asosida sariq zang (Puccinia striiformis) kasalligiga chidamli, hosildorligi va don sifat koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan yangi navlarni yaratish maqsadida sintetik geksaploid bugʻdoy tizmalarining sariq zang kasalligiga chidamliligi hamda ularning qimmatli xoʻjalik belgilari oʻrganilgan. Tadqiqot natijalari asosida, barcha genotiplar sariq zang kasalligiga chidamli ekanligi aniqlangan. Qimmatli xoʻjalik belgilari koʻra sintetik tizmalar tanlab olingan va seleksiya jarayoniga jalb qilingan.

04.06.2025 Ko`rish Yuklab olish

ҒЎЗА БАРГИ БУРАЛИШИ ВА ПАКАНАЛИГИ ВИРУСИНИ ҒЎЗАДА КАСАЛЛИК АЛОМАТЛАРИНИ РИВОЖЛАНИШИ

Бердимуродова Б.С., Қодирова З.Н., Маҳмудов T.X., Қодирова Б.

Ушбу илмий мақолада ғўза барги буралиши ва паканалиги вирусини пайвандлаш усули орқали ўсимликка юқтириш ҳамда вирус таъсирида ғўза ўсимлигининг ўсиши ва ривожланиши таҳлил қилинган. Илмий тадвиводда вирус билан зарарланган ва соғлом ўсимликларнинг морфологик ва физиологик фарқлари ўрганилган. Хусусан, ҒББВ юқтирилған ўсимликларда касаллик аломатлари ривожланиши, ўсимдикнинг ўсиш ва ривожланшидағи ўзгаришлар ва ўсимликнинг умумий ҳолатига таъсири каби омиллар бўйича натижалар тақдим этилган. Мақолада олинган маълумотлар асосида вируснинг ғўзага салбий таъсири ҳақида илмий хулосалар келтирилган.

29.05.2025 Ko`rish Yuklab olish

DONLI EKINLARNING ASOSIY ZARARKUNANDASI BO’LGAN ZARARLI XASVANING BIOLOGIYASI VA UNGA CHIDAMLI YUMSHOQ BUG’DOY NAV NA’MUNALARINI TANLASH

Turkistonova Maftuna Tursunaliyevna

Zararli xasva bug‘doy dalalarida keng tarqalib, don hosildorligiga va uning sifatiga katta zarar yetkazuvchi hasharotlardan biridir. Respublikada zararli xasvaning tarqalishi, uning yashash tarzi, unga qarshi kurashning agrotexnik va seleksion usullari ishlab chiqilgan. Maqolada zararli xasvaga chidamli navlarni baholash bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari yoritilgan. Buning uchun ma’lum chegaralangan maydonga respublikada rayonlashgan va yangi yaratilgan bug‘doy navlaridan 20 tasi va Rossiya seleksiyasiga mansub 23 ta nav uch qaytariqda ekilib, maxsus mato bilan o‘ralgan va xasva hashoratlari sun’iy qo‘yilgan. Bu navlarning hosildorlikni ta’minlovchi miqdoriy belgilari va donning nonboblik sifatini ta’minlovchi xo‘l kleykovina va IDK ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi.

29.05.2025 Ko`rish Yuklab olish

THERMOTOLERANCE IN COTTON: COMPARATIVE ANALYSIS OF ANTIOXIDANT GENE EXPRESSION UNDER HEAT STRESS

Shomakhamadov Shoakbar Shoazim o’g’li, Navruzov Sanjar Botirovich, Babayeva Dildora Tuygunovna, Khashimova Nigora Rustamovna, Akhunov Ali Akhunovich

Ushbu tadqiqotda paxtaning (Gossypium hirsutum L.) uch xil navida — Ravnаq-2, Porloq-1 va Buxoro-102 — issiqlik stressi (45°C haroratda 6 soat) va tiklanish davrida asosiy antioksidant genlar — CAT1 (katalaza), POD (peroksidaza), SOD (superoksid dismutaza) va APX (askorbat peroksidaza) ekspressiyasi o‘rganildi. Gen ekspressiyasi miqdoriy PZR (qPCR) usuli orqali 2^(-ΔΔCt) metodi asosida baholandi [8]. Issiqlik stressi ta’sirida barcha navlarda CAT1, POD va SOD genlari ekspressiyasi sezilarli darajada oshdi, APX geni ekspressiyasi esa kamaydi. 30°C da 6 soatlik tiklanish davrida aksariyat genlar ekspressiyasi dastlabki darajaga qaytdi, bu esa stress holati susayganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, Buxoro-102 navida CAT1 va SOD genlarining yuqori darajada faollashuvi kuzatildi, bu uning yuqori issiqlikka chidamliligidan dalolat beradi. Ushbu natijalar paxtaning issiqlikka chidamli navlarini aniqlashda antioksidant genlar ekspressiyasi profillaridan molekulyar marker sifatida foydalanish imkonini beradi.

29.05.2025 Ko`rish Yuklab olish

G.HIRSUTUM L. RANGLI TOLALI NAV NAMUNALARINING F1 DURAGAYLARIDA TOLA UZUNLIGI BELGISINING IRSIYLANISHI

Rahimova Gulzor Xo‘jabergan qizi, Nabiev Saydig‘ani Muxtorovich

Maqolada G.hirsutum L. turiga mansub tabiiy qo‘ng‘ir va yashil rangli g‘o‘za namunalarini o‘zaro va oq tolali navlar bilan chatishtirish orqali olingan F1 duragaylardagi tola uzunligi belgisining irsiylanishi natijalarining tahlili keltirib o‘tilgan. Tola uzumligi - tola sifatini belgilovchi muhim qimmatli xo‘jalik belgilaridan biri hisoblanadi. Bu belgi poligen tabiatga ega bo‘lib, murakkab irsiylanadi. Tadqiqotimiz natijalariga ko‘ra, tola uzunligi belgisi asosan ijobiy to‘liqsiz dominantlik hamda ijobiy o‘ta dominantlik holatlarida irsiylanishi aniqlandi. Namunalarda tola uzunligi belgisining ko‘rsatkichlari tola rangiga qarab bir-biridan farq qildi, ya’ni tola uzunligi yashil tolali namunalarda, qo‘ng‘ir tolali namunalarga nisbatan yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etgan. Tola uzunligi bo‘yicha ota-ona shakllarga nisbatan yuqori ko‘rsatkichli, ijobiy geterozisli F1 duragaylari olingan. Bu esa, ushbu rangli tolali duragaylardan keyingi bosqichlarda yuqori tola uzunligiga ega istiqbolli seleksion ashyolarni ajratib olish mukinligini ko‘rsatadi.

29.05.2025 Ko`rish Yuklab olish