“Xalqaro tajribalar asosida psixologiya ilmining dolzarb muammolariga yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

14.05.2025


MIGRATSIYA JARAYONIDA XAVOTIRLANISH NAMOYON BO‘LISHI DEVIATSIYA OMILI SIFATIDA

Kasimov Sanjar Tulyaganovich

Migratsiya jarayonida shaxsiy xavotirlanishning namoyon bo‘lishi hamda uning me’yoriy xulq-atvor barqarorligiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omil sifatidagi xususiyatlari o‘rganilgan. Akkulturatsion stress, anomiya, ijtimoiy izolyatsiya va differensial assotsiatsiya nazariyalari asosida muammoning nazariy jihatlari tahlil qilingan. 374 nafar respondent ishtirokidagi empirik tadqiqotda shaxsiy xavotirlanishning jins omiliga ko‘ra farqlari aniqlangan. Natijalar migratsiya sharoitida xavotirlanishni deviant xulqning bevosita sababi emas, balki boshqa ijtimoiy-psixologik omillar bilan birgalikda uning shakllanish xavfini kuchaytiruvchi omil sifatida baholash zarurligini ko‘rsatadi.

25.09.2026 Ko`rish Yuklab olish

ПРОЦЕСС СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ КОГНИТИВНО-ПОВЕДЕНЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ, НАПРАВЛЕННЫХ НА ФОРМИРОВАНИЕ РЕФЛЕКСИВНОСТИ В РАЗВИТИИ ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ АДАПТИВНОСТИ СТУДЕНТОВ

Равшанова Наргиза Норбоевна

В данной статье рассматривается процесс совершенствования когнитивно-поведенческих технологий, направленных на формирование рефлексивности как важного психологического ресурса развития адаптивности студентов. Раскрываются основные направления совершенствования психологических технологий с учётом когнитивных, эмоциональных, поведенческих и рефлексивных особенностей студенческого возраста. Обосновывается необходимость комплексного подхода, включающего развитие навыков самонаблюдения, осознания автоматических мыслей, когнитивной переоценки, эмоциональной саморегуляции, конструктивного поведения и анализа результатов собственной деятельности. Определяются основные этапы совершенствования когнитивно-поведенческих технологий и условия их эффективного применения в образовательной среде.

16.05.2025 Ko`rish Yuklab olish

GENDER YONDASHUV ASOSIDA O‘SMIR YOSHDAGI O‘QUVCHILARNING O‘Z-O‘ZINI ADEKVAT BAHOLASH KO‘NIKMALARINI TARBIYALASH

Xamidov Akmal Amrulloyevich

Maqolada o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda o‘z-o‘zini adekvat baholash ko‘nikmalarini shakllantirishda gender yondashuvning ahamiyati yoritilgan. Gender tenglikni ta’lim-tarbiyada qo‘llash orqali o‘quvchilarning o‘z shaxsiyatini to‘g‘ri anglash, kuchli va zaif tomonlarini baholash hamda ijtimoiy hayotda faol pozitsiya egallashlari ta’minlanadi.

22.08.2025 Ko`rish Yuklab olish

BO’LAJAK O’QITUVCHILARNI IJTIMOIY-MA’NAVIY FAOLIYATGA TAYYORLASHGA ZAMONAVIY YONDASHUV

Sultonov Sherzod Elmurodovich

Maqolada bo’lajak o’qituvchilarnining ijtimoiy-ma’naviy faoliyatga tayyorlashda hamda yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida tarbiyalshda muhim o’rin egallagan tarbiyaviy qadriyatlar, ijtimoiy-ma’naviy tarbiyalsh tamoyillari va yondashuvlari, ijtimoiy-ma’naviy tarbiyalash omillari va texnologiyalari yoritilgan.

23.06.2025 Ko`rish Yuklab olish

OILALARDA UCHRAYDIGAN IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUAMMOLARNI BARTARAF ETISHNING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK AHAMIYATI

Mamatkarimova Fotimaxon Abduvoxobovna

Ushbu maqolada oilalarda yuzaga kelayotgan asosiy ijtimoiy-psixologik muammolar, ularning shaxs rivojiga salbiy ta’siri hamda bu muammolarni bartaraf etish yo‘llari pedagogik va psixologik nuqtai nazardan tahlil etilgan. Xususan, oila a’zolari o‘rtasidagi muloqot yetishmovchiligi, raqamli asrning salbiy ta’siri, ajralishlar ko‘payishi va iqtisodiy bosim kabi omillar tahlil qilinadi. Muammolarning oldini olishda maktab-oila hamkorligi, psixologik maslahat markazlari, milliy qadriyatlarni singdirish va ijtimoiy shart-sharoitlarni yaxshilash zarurligi asoslab berilgan. Maqola oilaviy muammolarni kompleks yondashuv asosida hal etishning dolzarbligini yoritadi va sog‘lom jamiyat qurish uchun sog‘lom oila muhitini shakllantirish muhimligini ta’kidlaydi.

09.06.2025 Ko`rish Yuklab olish

O‘ZBEKISTON PSIXOLOGLARI TOMONIDAN YOSHLAR MUAMMOSINING O‘RGANILISH DARAJASI.

Mavluda Xudayarovna Fayziyeva

Mazkur maqolada O‘zbekiston psixologlari tomonidan yoshlar muammosining o‘rganilish darajasi, yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy turmush tarzini rivojlantirish vazifalari, yoshlar muommosini taxlil etish, sog‘lom turmush tarzi, yoshlar sog‘lom turmush tarzini amalga oshi-ruvchi tizim xususidagi psixologik fikrlar xususidagi qarashlar yoritilgan.

05.06.2025 Ko`rish Yuklab olish

BO‘LAJAK TARBIYACHILARDA KASBIY KO‘NIKMALAR SHAKLLANISHINING IJTIMOIY PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

D.R.Shukurova

Ushbu maqolada pedagogik madaniyat, antroposentrizm va uning rivojlanish tarixi, olib borilgan tadqiqot ishi natijalari tahlil qilingan. Pedagogik madaniyat mazmuni, uni bo‘lajak tarbiyachilarida rivojlantirish zaruriyati asoslangan. Shuningdek, maqolada muallif tomonidan bo‘lajak tarbiyachilarda pedagogik madaniyatni rivojlantirishning antroposentrizm tamoyiliga asoslangan taklif va tavsiyalar keltirilgan.

05.06.2025 Ko`rish Yuklab olish

O‘SPIRINLAR O‘RTASIDAGI NIZOLARNING PSIXOLOGIK JIXATLARINI O‘RGANISHNING MUHIM BOSQICHLARI TAHLILI

Mamayusupova Iroda Xamidovna

Maqolada o‘spirinlar o‘rtasidagi nizolarning psixologik xususiyatlarini o‘rganishning muhim bosqichlariga tohtalib otilgan., o‘spirinlar o‘rtasidagi nizolarning psixologik xususiyatlarini o‘rganishda ham olingan natijalar muammoni tahliliga va tegishli xulosalarga xizmat qilishi, psixologik va pedagogik materiallar bilan boyitishi, tadqiqotning ahamiyatli darajasini oshirish ochib berilgan.

02.06.2025 Ko`rish Yuklab olish

O‘ZBEK VA QIRG‘IZ QIZLARINING OILAVIY ROLLARGA NISBATAN IJTIMOIY USTANOVKALARI

Djuxonova Noxida Xayotjonovna

Ushbu maqolada o‘zbek va qirg‘iz qizlarining oilaviy hayotni qurishlari, ularning turmush kechirishidagi qiyinchiliklarga uchrab qolishlari ehtimolini kamaytirishda psixologik ustanovkalarni, etnik stereotiplarning o‘ziga xos xususiyatlarini empirik tadqiq qilishda uslubiy yondashmoq zarurligi asoslangan.

02.06.2025 Ko`rish Yuklab olish

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING QIZIQISHLARINI KASB-HUNAR TANLASHGA YO‘NALTIRISH ZARURATI

N.N.Djamilova

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning qiziqishlarini kasb-hunar tanlashga yo‘naltirish zarurati ilmiy-pedagogik jihatdan asoslangan.. Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning turli kasblar haqida dastlabki tasavvurlarini shakllantirish, ularning qiziqishlarini inobatga olgan holda kasbiy yo‘nalish berish, mehnatga hurmat va uni qadrlash tuyg‘usini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari, individual yondashuv, o‘yin faoliyatidan foydalanish va ota-onalar bilan hamkorlikning ahamiyati ta’kidlangan. Bolaning to‘g‘ri kasb tanlashi jamiyatga foyda keltirishi, shaxsiy farovonlikka erishishi, innovatsion fikrlashi va ijodkorlikni rivojlantirish uchun muhim omil ekanligi qayd etilgan.

02.06.2025 Ko`rish Yuklab olish