OLIMLAR BAYRAMI 2022

“SCIENCE AND INNOVATION” xalqaro ilmiy jurnali

2022-yil 20-dekabr kuni O'zbekiston Milliy akademik drama teatrida "Olimlar bayrami 2022" taqdirlash va konsert dasturi bo'lib o'tdi. Unda "Eng yaxshi ilmiy tadqiqotchi" va "Eng yaxshi ilmiy targ'ibotchi" nominatsiyalari bo'yicha taqdirlash marosimi, "O'zbekistonning taniqli olimlari" ensiklopediyasi 2022-yil to'plami taqdimoti, "Mening muvaffaqiyat yo'lim" biografik ensiklopediyalari taqdimoti va kofe-break, ko'rgazmalar tashkil etildi. Shuningdek, tadbir taniqli san'atkorlarning kuy qo'shiqlari bilan o'tdi.
Tadbirga 400 dan ortiq tadqiqotchi-olimlar, vazirlik va turli idoralar vakillari tashrif buyurdi. Tadbir 3 ta telekanalda va ko'plab internet nashrlarida yoritildi. Tadbir biletlari bepul tarqatildi va barcha tashrif buyurganlar uchun sovg'alar tayyorlandi. Ensiklopediyalarda biografiyalari nashr etilganlar uchun kitoblar berildi.

Nominatsiyalar

Eng yaxshi ilmiy tadqiqotchi

Ilm-fan rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasi, yuqori impaktli jurnallarda chop etilgan maqolalari va amaliy tadqiqotlari uchun beriladi.

Eng yaxshi ilmiy targ'ibotchi

Ilmiy g‘oyalarni ommalashtirish, yoshlarni fanga qiziqtirish va ilmiy targ‘ibotdagi faol ishtiroki uchun beriladi.

Kitob taqdimotlari

O'zbekistonning taniqli olimlari 2022
"O'zbekistonning taniqli olimlari" ensiklopediyasi

Mazkur ensiklopediyada O‘zbekistonning mashhur olimlari faoliyati va ilmiy yutuqlari yoritilgan.

Saytga o'tish
Mening muvaffaqiyat yo'lim
"Mening muvaffaqiyat yo'lim" biografik ensiklopediyasi

Bu ensiklopediyada taniqli shaxslarning hayoti va muvaffaqiyat sari yo‘llari haqida hikoya qilinadi.

Saytga o'tish

Videolavhalar

Tadbir qisqacha videosi

UzReportTV lavhasi

Mahalla telekanali lavhasi

Madaniyat va ma'rifat