OLIMLAR BAYRAMI 2023

2023-yil 23-dekabr Turkiston san'at saroyi

Tashkilotchilar: “SCIENCE AND INNOVATION” xalqaro ilmiy jurnali, UzReportTV telekanali

2023-yil 23-dekabr kuni Turkiston san'at saroyida "Olimlar bayrami 2023" taqdirlash va konsert dasturi bo'lib o'tdi. Tadbir doirasida taniqli san'atkorlar va so'z ustalari ishtirokida konsert, ko'rgazmalar, kofe-breyk, "O'zbekistonning taniqli olimlari" ensiklopediyasi taqdimoti, "Mening muvaffaqiyat yo'lim" biografik ensiklopediyasi taqdimoti bo'lib o'tdi. "Science and Innovation" xalqaro ilmiy jurnali yil boshida e'lon qilgan tanlov bo'yicha "Yilning eng faol ilm-fan targ'ibotchisi" nominatsiyasi bo'yicha 10 nafar g'olib va "Yilning eng yaxshi ilmiy tadqiqotchisi" nominatsiyasi bo'yicha 10 nafar g'oliblar statuetka, sovg'alar, pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Taqdirlanuvchilarga jami 130 000 000 so'm pul mukofoti berildi. Shuningdek, "Yil olimi" va "Yilning eng yaxshi ilmiy muassasasi" nominatsiyalari bo'yicha ham g'oliblar taqdirlandi. Tadbir UzReportTV telekanalida va uning youtube, facebookdagi sahifalari orqali jonli efirga berildi.

Nominatsiyalar va Taqdirlash

Yilning eng faol ilm-fan targ'ibotchisi

10 nafar g'olib
Statuetka, sovg'alar va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Yilning eng yaxshi ilmiy tadqiqotchisi

10 nafar g'olib
Statuetka, sovg'alar va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Jami pul mukofoti

130 000 000 so'm

Yil olimi

Fan va innovatsiya sohasida yutuqlari uchun taqdirlandi.

Yilning eng yaxshi ilmiy muassasasi

Ilmiy faoliyati va natijalari uchun taqdirlandi.

Homiylar va hamkorlar

Videolavhalar