“Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilg’or tadqiqotlar” mavzusida xalqaro simpozium

19.09.2025


КИБЕРНЕТИЧЕСКИЙ ВЗГЛЯД НА ЧЕТВЁРТУЮ ПРОМЫШЛЕННУЮ РЕВОЛЮЦИЮ

Каримова Ширин Захид кизи

Четвёртая промышленная революция, широко известная как «Индустрия 4.0», представляет собой трансформационный этап, характеризующийся интеграцией киберфизических систем, искусственного интеллекта, больших данных, облачных технологий и Интернета вещей (IoT). В статье рассматривается кибернетический аспект Индустрии 4.0, показывающий, как системы обратной связи, автономное принятие решений и сотрудничество человека и машины преобразуют производство, логистику, здравоохранение и цифровые предприятия. На основе современных исследований подчёркивается важность кибернетики в обеспечении оптимизации процессов в реальном времени, предиктивной аналитики и устойчивых инноваций. Результаты показывают, что кибернетический подход не только повышает эффективность, но и открывает экстремальные возможности для промышленности, науки и общества, способствуя формированию адаптивных и устойчивых цифровых предприятий.

11.10.2025 Ko`rish Yuklab olish

TA’LIM XIZMATLARI BOZORIDA TA’LIM TIZIMI SAMARADORLIGI VA SIFATINI OSHIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARI VA ULARNI SHAKLLANTIRISH

Ismoilova Feruza Kubaymurodovna

Ushbu maqolada ta’lim xizmatlarini samaradorligi va sifatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari hamda ularni shakllantirish jarayonlari yoritilgan. Oliy ta’lim muassasalari faoliyatida zamonaviy boshqaruv uslublaridan foydalanish, raqobatbardoshlikni ta’minlash, innovatsion yondashuvlarni joriy etish va xalqaro tajribani qo‘llash orqali ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, ta’lim xizmatlari bozorining barqaror rivojlanishi uchun davlat va nodavlat sektor o‘rtasidagi hamkorlik, moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish, monitoring va baholash tizimini takomillashtirish kabi tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarning ahamiyati asoslab berilgan.

11.10.2025 Ko`rish Yuklab olish

ZAMONAVIY IQTISODIY TADQIQOTLARDA MIQDOR-SIFAT INTEGRATSIYASI VA VIZUAL TAHLIL

Ibrohimov Sharifjon Adhamjon o’g’li

Maqolada zamonaviy iqtisodiy tadqiqotlarda miqdoriy va sifat yondashuvlarini integratsiyalash zarurati tahlil qilinadi. An’anaviy econometrik modellar murakkab jarayonlarning ijtimoiy hamda institutsional jihatlarini to‘liq ochib bera olmaydi. Shu bois sifat usullari qo‘llanishi natijalarni chuqurlashtiradi va amaliy ahamiyatini oshiradi. Shuningdek, ma’lumotlarni vizual tahlil qilish va interaktiv taqdim etish ilmiy tahlil samaradorligini kuchaytiradi. Tadqiqot integratsiyalashgan metodologiyaning ustunliklarini yoritib, xalqaro tajribaga asoslangan amaliy tavsiyalarni taklif etadi.

11.10.2025 Ko`rish Yuklab olish

RAQAMLI IQTISODIYOTDA BIG DATA VA SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA PROGNOZLASH METODOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH

Ibragimova Manzura Marat qizi

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida prognozlash jarayonlarining o‘rni, dolzarbligi hamda uni samarali tashkil etishning muhim jihatlari yoritiladi. Xususan, Big Data (katta hajmdagi ma’lumotlar) va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Prognozlashning an’anaviy usullari va zamonaviy raqamli yondashuvlar taqqoslanadi, mavjud muammolar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, integratsiyalashgan prognozlash tizimlarini joriy etish, algoritmlarni moslashtirish hamda kadrlar salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.

11.10.2025 Ko`rish Yuklab olish

MADANIY MEROS OB'EKTLARIDA AHOLI ISH BILAN BANDLIGINI TA'MINLASH: TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING MUHIMLIGI

Ibodillayev Habibulla Abdullayevich

Mazkur maqolada madaniy merosni asrash, uni zamonaviy turizm sohasi bilan uyg‘unlashtirish orqali aholi bandligini oshirish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda turizmning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarga ta’siri, xususan, yangi ish o‘rinlari yaratish, hududiy rivojlanishga xizmat qilishi hamda tarixiy obidalarni saqlab qolishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, xalqaro va mahalliy tajriba asosida madaniy merosga asoslangan turizmning barqaror rivojlanishga qo‘shgan hissasi ko‘rib chiqilgan. Maqolada mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha tavsiyalar ham berilgan.

11.10.2025 Ko`rish Yuklab olish

РАҚОБАТБАРДОШЛИКНИ ЖАДАЛЛАШТИРИШДА ДАВЛАТ-ХУСУСИЙ ШЕРИКЛИК ЛОЙИҲАЛАРИНИНГ РОЛИНИ ОШИРИШ МАСАЛАЛАРИ

Ҳайдарова Чарос Низомиддин қизи

Мазкур мақолада Ўзбекистонда амалга оширилаётган ижтимоий-иқтисодий ислоҳотлар ичида давлат-хусусий шериклик лойиҳаларини ташкил этишни ривожлантириш, давлат хусусий шериклик лойиҳаларининг рақобатбардошлигини баҳолаш, кутилаётган даромадлилик, лойиҳанинг ижро этилишида турли хил сценарийларни ҳисобга олган ҳолда давлат-хусусий шериклик лойиҳаларини амалга оширишга қаратилган илмий таклиф ва амалий тавсиялар келтирилган.

11.10.2025 Ko`rish Yuklab olish

INNOVATIVE ECONOMIC MODELS AND THEIR PRACTICAL APPLICATION IN ENSURING MACROECONOMIC STABILITY

Dilfuza Ganievna Rashidova, Tuxvatulina Diana Rafaelevna

The article examines the issues of innovative economic models and their practical application in ensuring macroeconomic stability. The research analyzes the role of modern economic models, dynamic stochastic general equilibrium models, artificial intelligence technologies, and integrated forecasting systems in ensuring macroeconomic stability. Additionally, the possibilities and practical experience of implementing these models in the conditions of Uzbekistan are highlighted.

11.10.2025 Ko`rish Yuklab olish

ИҚТИСОДИЙ ТАДҚИҚОТЛАРДА ГИПОТЕЗА, ГИПОТЕТИК-ДЕДУКТИВ ВА АКСИОМАТИК МЕТОДЛАР

Р.Д.Дусмуратов

Мазкур мақола асосан таянч докторантлар, мустақил изланувчилар ва магистратура талабаларига мўлжалланган бўлиб, иқтисодий тадқиқотларда гипотеза, гипотетик-дедуктив ва аксиоматик методлар малаласи тадқиқ қилиниб, улар воситасида янги иқтисодий билимлар кашф этилиши ва ривожлантирилиши баён қилинган. Шунингдек, гипотетик-дедуктив методнинг аҳамияти асосланиб, у иқтисодий гипотезалардан, мавжуд хўжалик фактлари билан таққосланиши мумкин бўлган методологик усуллар тизими сифатида тавсифланган.

11.10.2025 Ko`rish Yuklab olish

АНАЛИЗ ВЗАИМНОЙ ТОРГОВЛИ БЕЛАРУСИ И РОССИИ С ПОМОЩЬЮ МЕЖРЕГИОНАЛЬНЫХ ТАБЛИЦ «ЗАТРАТЫ-ВЫПУСК» TIVA

Быков Алексей Александрович, Пархименко Владимир Анатольевич, Павлова Ирина Валерьевна

Проведена оценка результативности международной торговли с учетом выделения добавленной стоимости в валовых показателях экспорта и импорта, в зависимости от страны ее происхождения и страны ее потребления. Для этого используется статистический инструмент – база данных TiVA (Trade in Value Added – торговля в добавленной стоимости), разработанная Организацией экономического сотрудничества и развития для отслеживания глобальных цепочек стоимости на основе межстрановых таблиц «затраты-выпуск». Представлена методика оценки добавленной стоимости Беларуси, созданной за счет конечного спроса на рынке России. В показателях добавленной стоимости взаимная торговля двух стран является сбалансированной и не имеет «перекоса» в пользу России, как при оценке в валовых показателях экспорта и импорта.

11.10.2025 Ko`rish Yuklab olish

OLIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH KO‘RSATKICHLARI TAHLILINING ZAMONAVIY TALQINI

Bayhonov Baxodir Tursunbayevich, Saydullayeva Saodat Abdumajitovna

Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari va ularni tahlil qilishning zamonaviy yondashuvlari o‘rganilgan. Tadqiqotda oliy ta’limning sifat va samaradorlik darajasini baholashda qo‘llaniladigan asosiy indikatorlar — qamrov darajasi, ta’lim sifati reytinglari, bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligi, ilmiy-tadqiqot salohiyati hamda xalqaro reytinglarda oliy ta’lim muassasalarining o‘rni kabi ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi. Zamonaviy talqin sifatida oliy ta’lim rivojlanishiga ta’sir qiluvchi global tendensiyalar — raqamlashtirish, xalqaro integratsiya, ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning iqtisodiy va ijtimoiy omillari ko‘rib chiqiladi. Tahlilda innovatsion yondashuvlar, masofaviy ta’limning rivojlanishi, kompetensiyaga asoslangan yondashuv va davlat-hususiy sheriklikning ahamiyati alohida e’tiborga olingan. Oliy ta’lim tizimida islohotlar samaradorligini oshirish, strategik rivojlanish dasturlarini takomillashtirish hamda xalqaro tajriba asosida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

11.10.2025 Ko`rish Yuklab olish