Maqolada yoshlarning oila qurish oldidan ko‘zlagan maqsadlari va ichki niyatlari kelajakdagi oilaviy hayot barqarorligiga qanchalik ta’sir qilishi masalasi tahlil qilingan. Bugungi kunda ajrimlar sababi ko‘pincha tashqi omillar bilan bog‘lansa-da, asl muammo dastlabki motivatsiyaning noto‘g‘ri shakllanganligida ekanligi asoslab berilgan. Shuningdek, o‘zbek oilalariga xos mentalitet xususiyatlari va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning amaliy jihatlari ko‘rib chiqilgan.
25.09.2026 Ko`rish Yuklab olish
Tadqiqot natijalari rekreatsion migratsiya motivlari turli ijtimoiy-demografik guruhlarda differensial mazmunga ega ekanligini ko‘rsatadi. Oilali ayollarda oilaviy birdamlik va emotsional yaqinlik, turmushga chiqmaganlarda mustaqillik va shaxsiy rivojlanish, ajrashganlarda psixologik tiklanish va o‘zini qayta anglash, turmush o‘rtog‘i vafot etgan ayollarda esa emotsional reabilitatsiya ehtiyojlari ustuvorligi kuzatiladi. Ta’lim va yashash muhiti ham rekreatsion motivatsiyaning mazmuniy yo‘nalishini belgilovchi muhim omillar sifatida namoyon bo‘ladi.
25.09.2026 Ko`rish Yuklab olish
Maktabgacha yosh davri shaxsning xavfsiz xulq-atvori va hayotiy kompetensiyalarini shakllantirish uchun eng muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada maktabgacha katta yoshdagi bolalarda hayot xavfsizligi ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari hamda ushbu jarayonni ta’minlovchi tashkiliy-metodik shart-sharoitlar ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan.
03.07.2026 Ko`rish Yuklab olish
Maqolada yakka mashg‘ulotlarda ruxiy rivojlanishi sustlashgan kar bolalarni mantikiy tafakkuri va sensor etalonlarini rivojlantirishning yо‘llari, bolaning sensor rivojlanishida predmetlarning tashqi xususiyatlari haqidagi tasavvurlarining shakllanishi va predmetlarning shakllari, rangi, xajmi, fazodagi holatini ajratish haqida misollar keltirilgan.
29.10.2025 Ko`rish Yuklab olish
Мамлакатимиз иқтисодиёт тармоқлари ва ижтимоий соҳани жадал ривожлантириш, истиқболда илм-фанни мунтазам ислоҳ қилиб боришнинг устувор йўналишларини белгилаш, замонавий билимга эга ва мустақил фикрлайдиган юқори малакали кадрлар тайёрлаш, илмий инфратузилмани модернизация қилиш ишларини сифат жиҳатидан янги босқичга кўтариш долзарб масалалардан биридир.
09.02.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar tarbiyasida ota-onalarning pedagogik bilim va ko‘nikmalarini oshirish zarurati, bu jarayonda ta’lim muassasalarining o‘rni hamda samarali pedagogik yondashuvlar yoritilgan. Ota-onalarning pedagogik madaniyatini oshirish orqali farzand tarbiyasida uzviylik, muvofiqlik va ijtimoiy faollikni ta’minlash imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, ota-onalar bilan ishlashda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
24.12.2025 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda innovatsion texnologiyalarning roli va ahamiyati tahlil qilinadi. Zamonaviy pedagogik usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida matematik bilimlarni samarali o‘zlashtirish, darsga qiziqishini oshirish va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, innovatsion texnologiyalarni samarali qo‘llash elementar matematik tasavvurlarni chuqurroq shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
24.12.2025 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada oilada farzand tarbiyasini samarali tashkil etishda zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlarning ahamiyati tahlil etilgan. Bola shaxsining shakllanishida oila muhitining ta’siri, ota-onalarning psixologik savodxonligi hamda shaxsga yo‘naltirilgan tarbiya prinsiplari yoritilgan. Tadqiqotda ota-onalarning tarbiyaviy faoliyatida konstruktiv muloqot, emotsional intellekt va ijobiy rag‘batning ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilinadi.
24.12.2025 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada Sharq va G‘arb mutafakkirlarining merosida ekologik tarbiya g‘oyalari hamda ularning oilada bolalarga ekologik ong va mas’uliyatni shakllantirishdagi o‘rni tahlil etilgan. Sharq allomalari tabiatni inson ma’naviy kamoloti bilan bog‘lab talqin etgan bo‘lsa, G‘arb olimlari ekologik madaniyatni ijtimoiy taraqqiyotning ajralmas qismi sifatida ko‘rgan. Maqolada oilaning ekologik tarbiyadagi o‘rni, ota-onaning namunasi va bolalarning tabiatga bo‘lgan mehrini shakllantirish usullari ilmiy asosda yoritilgan.
24.12.2025 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada bolalarda iqtisodiy tafakkur va mas’uliyatni shakllantirishda oilaning, xususan, ota-onalarning o‘rni va ijtimoiy vazifalari yoritilgan. Oilaviy tarbiyaning iqtisodiy komponenti bolani tejamkorlik, mehnatsevarlik, mustaqillik va mas’uliyatlilik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Ota-onaning shaxsiy namunasi, iqtisodiy faoliyatga bo‘lgan munosabati va kundalik hayotdagi odatlari bolaning iqtisodiy madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
24.12.2025 Ko`rish Yuklab olish