“Farzand tarbiyasida ota-onalar roli: zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman

15.10.2025


BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI IJTIMOIY PEDAGOGIK AMALIYOTGA TAYYORLASHNING AMALDAGI MAZMUNI

Xushnazarova Ma’mura Nodirovna

Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash jarayoniga nisbatan innovatsion yondashuvlarni talab etilishi, bunda shaxsning mavjud hayotiy tajribasidan foydalanish, hayotiy tajriba kasbiy-amaliy faoliyat natijasida yuzaga kelishi to‘g‘risida fikr yuritilgan.

07.11.2025 Ko`rish Yuklab olish

TARIX FANINI O‘RGANISHDA OTA-ONALAR YORDAMIDA MASHG‘ULOTLAR TASHKIL ETISHNING AHAMIYATI

Xujanova Lobar Raimkulovna

Ushbu maqola tarix fanini o‘rganishda ota-onalar yordamida mashg‘ulotlar tashkil etishing pedagogik ahamiyatini o‘rganadi. Maqolada maktab va oila hamkorligining o‘quvchilarning tarixiy ongi, milliy qadriyatlarga sadoqati va fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishdagi o‘rni tahli qilinadi. Ota-onalarning ta’lim jarayoniga jalb qilinishi orqali o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishi oshadi, motivatsiyasi kuchayadi va oila bilan maktab o‘rtasidagi bog‘liqlik mustahkamlanadi. Tajribaviy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ota-onalar bilan hamkorlikda olib boriladigan mashg‘ulotlar nafaqat o‘quvchilarning bilim darajasini oshiradi, balki ularning shaxsiy rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada, shuningdek, ota-onalarni tarix fanini o‘rganish jarayoniga jalb qilishning samarali usullari va ularni amalga oshirish yo‘llari haqida fikr yuritilgan.

07.11.2025 Ko`rish Yuklab olish

FARZAND TARBIYASIDA OTA-ONALARNING IJTIMOIY VAZIFALARI

Xujamova Nargiza Najmiddinovna, Abdug‘aniyeva Odina Hasanboy qizi

Ushbu maqola yosh avlodni tarbiyalashda oilaning o‘rnini yoritishga qaratilgan bo‘lib, unda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi o‘rni haqidagi o‘rni tahlil qilinadi. Bolalarni jamiyatning faol a’zosi sifatida tarbiyalash uchun ijtimoiy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish va ota-onaning shaxsiy namuna ko‘rsatishi zarurligi kabi muhim jihatlariga asoslangan.

07.11.2025 Ko`rish Yuklab olish

OILA MUHITIDA MАKTАBGАCHА YOSHDАGI BOLАLАRDА АXLOQIY-ESTETIK SIFАTLАRNI SHАKLLАNTIRISHDА SАHNАLАSHTIRISH FАOLIYАTINING MАZMUNI

Xoshimova E’zozxon Xayotjon qizi

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda axloqiy-estetik sifatlarni shakllantirish jarayonida sahnalashtirish faoliyatining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Sahnalashtirish orqali bolalarning badiiy tafakkuri, nutqi, emotsional hissiyoti hamda ijtimoiy munosabatlari rivojlanadi. Ushbu jarayon bolalarda go‘zallikni his etish, ezgulikka intilish va ijobiy axloqiy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Maqolada tarbiyachining roli, sahnalashtirish turlari hamda pedagogik yondashuvlar tahlil etilgan.

07.11.2025 Ko`rish Yuklab olish

DIDAKTIK YONDASHUVNING MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM OLAYOTGAN IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR RUHIYATIGA IJOBIY TA’SIRI

Xaydarova Namunaxon Adhamjonovna

Mazkur maqolada didaktik yondashuvning maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan imkoniyati cheklangan bolalar ruhiyatiga ta’siri tahlil etilgan. Unda ta’lim jarayonining individual va moslashtirilgan shakllarini qo‘llash, bolalarda ijobiy emotsional muhit yaratish, o‘qishga bo‘lgan motivatsiyani shakllantirish hamda ijtimoiy moslashuvga erishish yo‘llari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy didaktik tamoyillar, o‘yin texnologiyalari va psixologik qo‘llab - quvvatlash usullarining amaliy natijalari misollar bilan izohlangan.

07.11.2025 Ko`rish Yuklab olish

KREATIV TARBIYACHILARNI TARBIYALASHDA OTA-ONALAR ISHTIROKINI TA’MINLASH YO‘LLARI

Xalkuziyeva Dilnoza Baxadirovna, Rasulova Durdonaxon Shavkatjon qizi, Xalimova Saidaxon Vohidjon qizi

Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning o‘sishi, uning psixikasining rivojlanishi va ta’lim olish jarayonida bolada bilish jarayonlarining namoyon bo‘lish xususiyatlari, fikr yuritishda yuzaga keladigan psixologik qiyinchiliklar hamda ularning yechimlari, kichik maktab yoshi davrida yuz beradigan psixologik o‘zgarishlar haqida so‘z yuritiladi.

07.11.2025 Ko`rish Yuklab olish

MAKTABGACHA YOSH DAVRIDAGI BOLALAR NUTQINING TO‘LIQ RIVOJLANISHIDA OILA BILAN HAMKORLIKNING AHAMIYATI

Xakimjonova Mastona Burxonjon qizi, Muminova Umida Mirsalim qizi

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining shakllanishi va rivojlanishida oila muhitining o‘rni hamda pedagogik hamkorlikning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda oila bilan hamkorlikning samarali shakllari, ota-onalarning pedagogik madaniyati va ularning nutq rivojiga ta’siri tahlil qilingan. Natijalarga ko‘ra, oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi tizimli hamkorlik bolaning nutqiy, ijtimoiy va shaxsiy rivojlanishida muhim omil ekanligi aniqlangan.

07.11.2025 Ko`rish Yuklab olish

СОВРЕМЕННЫЙ ПОДХОД И РОЛЬ ОТЦА И МАТЕРИ В ФОРМИРОВАНИИ ЛИЧНОСТИ РЕБЁНКА ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА

Вайс Элиз Юсуфовна, Ширбачеева Гульчехра Шакировна

Современные исследования в области психологии и педагогики подчёркивают, что роль отца и матери в развитии ребёнка не одинакова, но взаимодополняема. Их совместное участие в воспитании создаёт баланс между эмоциональной поддержкой и формированием дисциплины, между заботой и подготовкой к взрослой жизни. Немецкий психолог Э. Фромм выделял принципиальное различие: материнская любовь безусловна, она существует просто потому, что ребёнок есть; отцовская же любовь условна и зависит от достижений и поведения ребёнка. Именно это различие формирует два полюса воспитательного процесса — эмоциональное принятие и требовательность, которые, будучи соединёнными, становятся основой нравственного и личностного роста ребёнка.

07.11.2025 Ko`rish Yuklab olish

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ВЗАИМОДЕЙСТВИЯ РОДИТЕЛЕЙ И ДЕТЕЙ В СОВРЕМЕННОМ ОБЩЕСТВЕ

Уракова Мавлуда Шухратовна

В статье на основе ориентированного обзора литературы показано, что качество повседневного семейного диалога устойчиво связано с эмоциональным благополучием и эмпатией подростков, так, в цифровой сфере более эффективны «мягкие» стратегии сопровождения (совместные правила, обсуждение рисков, обучение приватности), тогда как тотальные запреты чаще ведут к скрытности. Международные исследования подчеркивают - решающим является содержание и опыт использования технологий, а не только «время у экрана». Делается практический вывод о приоритете уважительного общения и регулярных «малых практик» совместного использования технологий; обсуждаются ограничения обзора и импликации для семейной повседневности.

07.11.2025 Ko`rish Yuklab olish

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA EKOLOGIK BILIMLAR BERISHDA MTT VA OTA-ONALAR HAMKORLIGI

Umaraliyeva Xadichaxon Xusanjon qizi, Mashrapova Go‘yoxon Obidjon qizi

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik bilimlarni berishda maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT) va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati, samaradorligi va shakllari tahlil qilinadi. Bolalarda atrof-muhitga nisbatan to‘g‘ri munosabat va ekologik ongni shakllantirishda MTTda o‘tkaziladigan o‘yinlar, ekskursiyalar, faol mashg‘ulotlar bilan bir qatorda, ota-onalarning uyda ekologik tarbiyani davom ettirishi muhimligi ta’kidlanadi. Hamkorlik shakllari va usullari ko‘rib chiqilib, ota-onalar bilan muntazam muloqotning ekologik tarbiya jarayonidagi roli ochib berilgan. Maqola amaliy tavsiyalar va ekologik tarbiyani rivojlantirish yo‘llarini taklif qiladi.

07.11.2025 Ko`rish Yuklab olish