“Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida talaba-yoshlar faolligini oshirishning ilmiy va innovatsion tendensiyalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman

27.11.2025


MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TAJRIBA O‘TKAZISHGA QIZIQISHLARINI SHAKLLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA PEDAGOGIK SHARTLARI

Shayzakova Dilbar Abdikayumovna, Nurillayeva Niginaxon G’anisher qizi

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda tajriba va eksperimentga qiziqishini shakllantirishning psixologik, pedagogik xususiyatlari tahlil qilingan. Tajriba bolalarda kognitiv qobiliyatlarni rivojlantirish, kuzatuvchanlik va mantiqiy fikrlashni mustahkamlash, sabab-oqibat munosabatlarini aniqlash va xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish vositasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqola bolalar eksperimentining o‘ziga xos xususiyatlari - majburiyatdan ozodlik, o‘yinga asoslangan faoliyat, tashabbus va nutq orqali fikr almashish - hamda pedagogik shartlari - xavfsizlik, ko‘rgazmalilik, motivatsiya va o‘qituvchining yo‘naltiruvchi rolini yoritadi.

30.11.2025 Ko`rish Yuklab olish

“ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJI BO’LGAN QIZLAR UCHUN RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI IJTIMOIY INKLYUZIYANI TA’MINLASH”

Saitova Muattar Ulug‘bek qizi

Ushbu maqolada alohida ehtiyojli qizlarning ijtimoiy inklyuziyasini ta’minlashda raqamli texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, ijtimoiy-madaniy to‘siqlar, texnik infratuzilma cheklovlari va raqamli savodxonlik darajasi pastligi kabi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar beriladi.

30.11.2025 Ko`rish Yuklab olish

TALABALARDA O’QUV-BILISH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA VUJUDGA KELADIGAN MUAMMOLAR

Madinaxon Muxammadjonova

Ta’limda talabalarning passivligi va mustaqil fikrlashning sustligi asosiy muammo bo‘lib qolmoqda. An’anaviy metodlar zamonaviy tibbiyot talablarini dunyoqarashi hozirgi zamon texnologik jarayonlariga mos emasligi tufayli interfaol texnologiyalarni joriy etish zarur. Interfaol yondashuv o‘quv jarayonini faollashtirib, talabalarning tahliliy fikrlashi va o’quv-bilish kompetensiyalarini rivojlantiradi. Bu esa zamonaviy shifokor uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

30.11.2025 Ko`rish Yuklab olish

YOSHLARNI AXBOROT XURUJI VA MAFKURAVIY TAHDIDLARDAN ASRASH MASALALARI

Kozimov Azizjon Nozim o`g`li

Mazkur maqolada bugungi globallashuv asrining axborot xurujlarini yoshlar hayotiga ta`siri, ularning turli mafkuraviy tahdidlari haqida so`z boradi. Hamda informatsion tahdidlarni oldini olish va ularga qarshi kurashishga oid masalalar turli hayotiy misollar asosida yoritilgan.

30.11.2025 Ko`rish Yuklab olish

ANDIJON VILOYATI SHAROITIDA YETISHTIRILAYOTGAN MAYMUNJON (RUBUS FRUTICOSUS) NAVLARINING TASNIFI

Abdullayeva Hilola Ravshanovna, Berdaliyev Xusniddin

Ushbu maqolada Andijon viloyati Izboskan tumanida joylashgan Akademik Maxmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Andijon ilmiy tajriba stansiyasi markaziy dala maydonida yetishtirilgin maymunjon (rubus fruticosus) navlariga qisqacha tafsif berilgan.

30.11.2025 Ko`rish Yuklab olish

BILIMLENDIRIW SISTEMASÍNDA SANLÍ TEXNOLOGIYALARDÍ EN JAYDÍRÍW XXI ÁSIRDIŃ SHAQÍRÍĞÍ SÍPATÍNDA

Kdirbaeva Kamshat Maxsetovna

Bul maqalada sanlı texnologiyalardıń bilimlendiriw sistemasındaģı roli hám onıń paydalı tárepleri izertlengen.

30.11.2025 Ko`rish Yuklab olish

ЗАМОНАВИЙ ТАЛАБА-ЁШЛАР МЕДИАМАДАНИЯТНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА ИЖТИМОИЙ ТАРМОҚЛАРНИНГ РОЛИ

Маликова Дилдорахон Қобиловна

Ушбу мақолада замонавий талаба-ёшларнинг маданий ҳамда маънавий-ахлоқий асосларини шакллантириш жараёнининг ўзига хос хусусиятлари таҳлил қилинади. Глобаллашув, рақамли трансформация ва ахборот оқимининг кескин ортиши шароитида ёшларнинг дунёқараши, қадриятлари ва ижтимоий фаоллигига таъсир этувчи омиллар ёритилади. Ижтимоий тармоқларнинг маънавий тарбия, маданий ривожланиш, коммуникатив кўникмаларни шакллантиришдаги ўрни ва таъсири илмий асосда кўриб чиқилади. Pақамли маконда ёшлар онгига салбий ахборотларнинг кириб келишини олдини олиш, ижобий ахборот истеъмолини рағбатлантириш ва рақамли маданиятни ривожлантириш бўйича таклиф ва тавсиялар берилган.

27.11.2025 Ko`rish Yuklab olish

BOSHLANGʻICH SINFLARDA EKOLOGIK TARBIYANI RIVOJLANTIRISHDA ELEKTRON TAʼLIM RESURSLARIDAN FOYDALANISH

Sevara Yusupova Davletiyar qizi

Ushbu tezisda boshlangʻich sinflarda ekologik tarbiyani rivojlantirishda elektron taʼlim resurslarining ahamiyati va metodikasi tahlil qilinadi. Ishda oʻquvchilarda ekologik ongni shakllantirish, tabiatga masʼuliyat bilan munosabatni rivojlantirish va murakkab ekologik jarayonlarni vizual, interaktiv vositalar orqali yetkazishning samarali usullari koʻrsatib oʻtiladi. Tezisda elektron darsliklar, animatsiyalar, interaktiv simulyatorlar va videoroliklardan foydalanish pedagogik tajribalar va ilmiy tadqiqotlar orqali asoslangan, shuningdek, oʻquvchilarda ekologik tafakkur va xulq-atvorni shakllantirish jarayoni yoritilgan.

27.11.2025 Ko`rish Yuklab olish

TIBBIYOT OLIY TA’LIM TALABALARINING REFLEKSIV MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH JARAYONLARINING PEDAGOGIK BOSHQARUVI ASOSLARI

Xaydarova Nigora Obidovna

Mazkur maqolada tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari refleksiv madaniyatini rivojlantirish jarayonlarini samarali pedagogik boshqarishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilingan. Refleksiv madaniyat — talabalar tomonidan o‘z faoliyatini tanqidiy tahlil qilish, baholash va kelajakdagi kasbiy harakatlarini takomillashtirish qobiliyatini anglatadi. Tadqiqotda nazariy (ilmiy-pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish, xorijiy va milliy tajribalarni solishtirish) hamda empirik (kuzatish) usullardan foydalanildi. Natijalar tibbiyot oliy o’quv yurtlari talabalarining refleksiv madaniyatini rivojlantirishda pedagogik boshqaruvning muhim komponentlari sifatida metodik yo‘naltirish, psixologik qo‘llab-quvvatlash va amaliy faoliyatni refleksiya bilan uyg‘unlashtirish zarurligini ko‘rsatdi.

27.11.2025 Ko`rish Yuklab olish

MAKTAB O‘QUVCHILARIUCHUN SO‘Z BOYLIGINI OSHIRISHNING INNOVATSION USULLARI

Nurmuxammatova Gulrux, Qilichova E.X.

Ushbu maqola maktab o‘quvchilariga so‘z boyligini oshirishda va ularni xotirasida so‘zlarni uzoq muddatda qolishiga yordam beradigan innovatsion usullarni tahlil qiladi. Ushbu raqamli ilovalar,o‘yinlashtirish,kontekst asosida o‘rganish,vizual va ko‘p sezgili metodlar,shuningdek hamkorlik va muloqot orqali so‘zlarni samarali o‘rganish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Maqolada shuni ko‘rishingiz mumkinki,zamonaviy metodlar o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirishga va so‘z boyligini yanada mustahkam o‘rganishga yordam beradi.

27.11.2025 Ko`rish Yuklab olish