“Zamonaviy pillachilik: barqaror rivojlanish va ilmiy yechimlar” mavzusidagi respulbika ilmiy amaliy konferensiya

25.02.2026


MEVA-SABZAVOTCHILIK TARMOGʻINI MODERNIZATSIYALASHNING NAZARIY-KONSEPTUAL ASOSLARI

Achilov Mashrab Ulugʻbekovich

Maqolada modernizatsiya nazariyalarining evolyutsiyasi tahlil qilinib, meva-sabzavotchilik tarmogʻini modernizatsiyalash tushunchasining mualliflik taʼrifi, yetti konseptual tamoyili va taʼsir etuvchi omillar tizimi asoslangan. Shuningdek, ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqib, modernizatsiya muvaffaqiyatini taʼminlovchi asosiy mexanizmlar umumlashtirilgan.

11.11.2026 Ko`rish Yuklab olish

MEVA-SABZAVOTCHILIK TARMOGʻINI MODERNIZATSIYALASHNING NAZARIY-KONSEPTUAL ASOSLARI

Achilov Mashrab Ulugʻbekovich

Maqolada modernizatsiya nazariyalarining evolyutsiyasi tahlil qilinib, meva-sabzavotchilik tarmogʻini modernizatsiyalash tushunchasining mualliflik taʼrifi, yetti konseptual tamoyili va taʼsir etuvchi omillar tizimi asoslangan. Shuningdek, ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqib, modernizatsiya muvaffaqiyatini taʼminlovchi asosiy mexanizmlar umumlashtirilgan.

25.02.2026 Ko`rish Yuklab olish

SUTNI QAYTA ISHLASHNING BIOTEXNOLOGIK USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Ibotova Nargiza Raxmatullo qizi

Ushbu tezisda sutni qayta ishlashda zamonaviy biotexnologik yondashuvlardan foydalanish va fermentatsiya jarayonini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Sut kislotali bakteriyalar, starter va probiotik kulturadan foydalanish, shuningdek, fermentatsiya harorati, davomiyligi, ivitqi miqdori, pH va kislotalik kabi asosiy texnologik parametrlarning mahsulot sifatiga ta’siri yoritilgan. Adabiyotlar tahlili asosida fermentatsiya jarayonini boshqarish orqali mahsulot sifatining barqarorligi va texnologik jarayonning takrorlanuvchanligini oshirish imkoniyatlari asoslangan.

28.09.2026 Ko`rish Yuklab olish

TUPROQLAR TARKIBIDAGI OG‘IR METALLARNING ZARARLI TA’SIRINI BENTONIT YORDAMIDA KAMAYTIRISH

Meyliyev Samandar Abdiqoxorovich

Maqolada “Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati” AJ (Aksionerlik jamiyat) ga tegishli sanoat chiqindilari bidan ifloslangan tuproq sharoitlarida og‘ir metallarning miqdorlari ruxsat etilgan me’yorlardan bir necha bor oshganligi aniqlangan. Ushbu tuproq sharoitlariga agroruda bentonit o‘g‘itidan qo‘llanilganda tuproq tarkibidagi og‘ir metallarning harakatchan shakllarini kamayishi tajribalar asosida isbotlandi.

31.03.2026 Ko`rish Yuklab olish

ARACHIS HYPOGAEA L. O’SIMLIGINING BOTANIK TAVSIFI VA AHAMIYATI

Kurbanova Ziyoda Isroil qizi, Matniyazova Hilola Xudaybergenovna

Ushbu tezisda o’rganilgan maqolalar tahlili keltirilgan bo’lib, yeryong’oq (Arachis hypogaea L) o’simligining ozuqaviy qiymati, tarkibidagi mikro va makroelementlari, vitamin, oqsil, moy va uglevodlarga boyligi haqida ma’lumot berilgan. Tibbiyot va oziq-ovqat sanoatida turli maqsadlarda ishlatilishi, o’simlik tarkibidagi moddalarning inson salomatligi uchun foydali xususiyatlariga ega ekanligi yozilgan.

26.03.2026 Ko`rish Yuklab olish

САМАРҚАНД ВИЛОЯТИНИНГ ҚЎШРАБОТ ВА ИШТИХОН ТУМАНЛАРИДА ҚЎЙЛАРНИНГ АЙРИМ ОШҚАЗОН-ИЧАК ГЕЛЬМИНТОЗЛАРИ БИЛАН ЗАРАРЛАНГАНЛИК ДАРАЖАСИ

Юсупова Зарифа Мусурмон қизи, Сайфуллаева Махбуба Илхомовна

Ушбу мақолада Самарқанд вилояти Қўшработ ва Иштихон туманларида аҳоли қарамоғидаги қўйларда айрим ошқазон-ичак гельминтозларини ўрганиш натижалари тўғрисидаги маълумотлар баён қилинган. Жумладан, мақолада тоғли минтақада Қўшработ туманида истиқомат қилаётган аҳоли қарамоғидаги қўйларнинг тезак намуналари гельминтокопрологик усулларда текширилганда уларнинг 55,1 фоизи нематодируслар билан, 43,9 фоизи маршаллагиалар билан, 81,3 фоизи бошқа ошқозон-ичак стронгилятлари билан ҳамда 19,6 фоизи токсакаралар билан зарарланган. Тадқиқотларда вилоятнинг суғорилдиган минтақаси ҳисобланган Иштихон туманидаги аҳоли қарамоғидаги қўйларнингг эса 63,7 фоизи нематодируслар, 54,9 фоизи маршаллагиалар, 70,6 фоизи бошқа ошқазон-ичак стронгилятлари ҳамда 1,9 фоизи токсакаралар билан зарарланганлиги тўғрисидаги маълумотлар келтирилган.

26.03.2026 Ko`rish Yuklab olish

ROAD SAFETY INDEX: METHODOLOGY AND APPLYING IT TO ANALYZE THEM TO IMPROVE ROAD SAFETY

Imamaliyev Dilshod Muhammadovich, Rajapov Nodirbek

This article road safety index (RSI) the level of road safety methodology and its holding meetings devoted to the study of the role. RS assess the condition of the road infrastructure, road transport and social and technical aspects of the analysis of the system is an innovative tool that allows you to separate the priority zones for improvement. In the article and in the world of road accidents (accidents) the current state of RS actual application, its main aspects and stages of implementation will be discussed. Also, the statistics of accidents in recent years and its comparative analysis with other countries of central asia in uzbekistan provides information on the dynamics of change. RS-to the netherlands, sweden and foreign countries such as australia paid particular attention to the results of applying, here the level of accidents from the use of the index was significantly reduced. Rs-to select the ma’lumot the main challenges and possible ways of solving them are discussed in the meeting. Conclusion conclusions on the importance of road safety as a means of improving the rs, as well as, it provides recommendations on the implementation in the conditions of uzbekistan.

13.03.2026 Ko`rish Yuklab olish

POSSIBILITIES OF ACCIDENT ASSESSMENT BY MEANS OF ROAD SAFETY AUDIT ON DIFFERENT SECTIONS OF PUBLIC ROADS

Imamaliyev Dilshod Muhammadiyevich, Rajapov Nodirbek Oybek o‘g‘li

Road safety audit is a formal event of independent assessment of accident probability and safety indicators of a specific road project or transport scheme (new construction or modification of an existing road), pre-identification of dangerous sections of the road by assessing the road conditions perceived by different groups of road users through accident prevention practice.

13.03.2026 Ko`rish Yuklab olish

ASALARI OILALARINING ASAL MAHSULDORLIGI

Kakhramanov Boymakhmat Abdiazizovich

Maqolada asalarichilik xo‘jaligi joylashgan hudud atrofidagi asosiy sersharbat o‘simliklarning turlari va har gektarigan olinadigan sharbat miqdori. Asalari oilalarining yalpi va tovar asal mahsuldorligi va asalning sifati haqida tadqiqot natijalari keltirilgan.

12.03.2026 Ko`rish Yuklab olish

MINTAQAVIY SUV-ENERGETIKA HAMKORLIGI: YASHIL TARAQQIYOT DOIRASIDA UMUMIY STRATEGIK YONDASHUV, RESURSLARNI TAQSIMLASH BO‘YICHA O‘ZARO BITIMLAR, MANFAATLAR MUVOZANATI VA BARQAROR SIYOSIY INSTITUTLAR

Lazizbek Xamdamov Shuxrat o‘g‘li

Mazkur maqolada Markaziy Osiyoda mintaqaviy suv-energetika diplomatiyasining zamonaviy yashil rivojlanish konsepsiyasi doirasidagi strategik ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot transchegaraviy suv va energetika resurslaridan foydalanish jarayonida davlatlar o‘rtasida muvofiqlashtirilgan siyosiy yondashuv, barqaror kelishuvlar va institutsional-huquqiy mexanizmlarni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratadi. Maqolada suv-energetika almashinuvi, ko‘p tomonlama diplomatiya, ekologik-energetik xavfsizlik va siyosiy legitimlik tushunchalari o‘zaro uzviy bog‘liqlikda tahlil qilinadi, shuningdek, mintaqaviy boshqaruv tizimi orqali manfaatlar muvozanatini ta’minlashning ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot suv-energetika hamkorligini mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtiruvchi, resurslar bo‘yicha kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ziddiyatlarning oldini oluvchi hamda uzoq muddatli siyosiy barqarorlik va ekologik xavfsizlikni ta’minlaydigan strategik instrument sifatida baholaydi. Shu bilan birga, iqlim o‘zgarishi, suv oqimlarining mavsumiy tebranishi, muzliklarning qisqarishi va energiya talabi ortishi kabi omillar mintaqaviy siyosiy muvozanatga ta’sir etuvchi muhim strategik faktor sifatida ko‘rib chiqiladi, natijada maqola suv-energetika diplomatiyasi orqali barqaror rivojlanishning ilmiy-asoslangan yo‘llarini ochib beradi.

12.03.2026 Ko`rish Yuklab olish