“Dizayn - ta'lim va ishlab chiqarish intergratsiyasi muammolari va yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

28.04.2026


TOSHKENT TARIXIY TURAR JOY ME’MORCHILIGIDA HOVLI MAKONINING SHAKLLANISHI VA UNI MUHOFAZA QILISH MASALALARI

Toxir Shaydullayevich Mamatmusaev, Ismoilova Moxigul Baxtiyar qizi

Tezisda Toshkent an’anaviy turar joy me’morchiligida hovli makonining funksional, iqlimiy va kompozitsion ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Hovlining uy ichidagi xususiy va yarim ochiq makonlarni tashkil etish, tabiiy shamollatish va yorug‘likdan foydalanish, oila hayoti hamda qo‘shni muhit bilan munosabatlarni shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi. Tarixiy turar joylarni muhofaza qilishda hovli tuzilishi, xonalar bilan aloqasi va an’anaviy qurilish materiallarini birgalikda hujjatlashtirish zarurligi asoslanadi.

14.10.2026 Ko`rish Yuklab olish

TARIXIY-ME’MORIY OBIDALARNING DEKORATIV ELEMENTLARINI RAQAMLI KATALOGLASH VA AUTENTIKLIKNI HUJJATLASHTIRISH

Ismoilova Moxigul Baxtiyar qizi

Tezisda tarixiy-me’moriy obidalardagi bezak elementlarini raqamli kataloglashning ilmiy-amaliy ahamiyati yoritiladi. Koshinkorlik, ganch o‘ymakorligi, yog‘och o‘ymakorligi, geometrik va o‘simliksimon naqshlar obidaning badiiy qiyofasi bilan birga uning tarixiy qatlamlari haqida ham ma’lumot beradi. Dekorativ elementlarni tasniflash, foto-fiksatsiya qilish va ular haqidagi ma’lumotlarni raqamli model bilan bog‘lash orqali restavratsiya hamda qiyosiy me’moriy tadqiqotlar uchun tizimli ma’lumot bazasini yaratish mumkin.

13.10.2026 Ko`rish Yuklab olish

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA STEAM TA’LIMINI O‘QUV JARAYONLARIGA INTEGRATSIYA QILISHDAGI METODOLOGIK TALABLARI

Shoxafizova Nodina

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimida innovatsion yondashuv sifatida STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) ta’lim konsepsiyasini oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonlariga integratsiya qilish masalalari yoritiladi. Xususan, STEAM ta’limining mohiyati, maqsadi, fanlararo integratsiyaning afzalliklari, shuningdek, o‘quv jarayonini rejalashtirish, loyihalash va baholash jarayonlarida qo‘llanishi lozim bo‘lgan metodologik talablarga e’tibor qaratiladi. Maqolada ilg‘or xorijiy tajribalar, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimidagi holat va istiqbolli yo‘nalishlar tahlil qilinadi. Shuningdek, pedagogik dizayn, interfaol metodlar va STEAM asosida kompetensiya yondashuvni shakllantirishda samarali bo‘lgan metodologik yondashuvlar asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim tizimida raqamli transformatsiya va innovatsion ta’lim muhitini shakllantirishda STEAM yondashuvining metodik jihatdan muhimligini asoslaydi.

08.06.2026 Ko`rish Yuklab olish

LASLO MOXOY-NAD VA DIZAYNNING KONSEPTUAL ASOSLARI

Bexzod Baxodirovich Kadirov

Maqolada Bauxaus maktabining mashhur nazariyachisi Laslo Moxoy-Nadning vizual madaniyatga oid ilmiy qarashlari tahlil qilinadi. Uning “Tipofoto” nazariyasi, fotografiya va kinoni dizayn bilan uyg‘unlashtirish g‘oyasi hamda texnologiyaga bo‘lgan ijobiy qarashining zamonaviy dizaynga ta’siri xam yoritiladi.

22.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

ZIYOVIDDIN HAZINIY MEROSINING JAHON SIVILIZATSIYASI RIVOJIGA QO‘SHGAN HISSASI

Vaxobova Nargizaxon Manzirxonovna

Maqolada Oʻzbek mumtoz adabiyotining XIX-XX asrlardagi yirik vakili Ziyoviddin Haziniy ijodiy merosi, Xaziniy uy-muzeyi tashkil qilinganligi, Xaziniy uy-muzeyining maqsadi, muzey ekspozisiyasi haqida soʻz boradi.

20.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

INNOVATIVE APPROACHES TO THE EFFECTIVE USE OF INDUSTRIAL TERMINOLOGY IN ENGLISH LANGUAGE TEACHING THROUGH EXERCISE INTEGRATION

Azizova Gulnora Shakirdjanovna

This article examines the role of industrial terminology in English language teaching and the effectiveness of integrating specialized vocabulary with practical exercises. In modern vocational education, students need not only general English proficiency but also professional communication skills for industrial contexts. The study analyzes teaching methods such as task-based learning, role-play, case studies, and digital tools that improve mastery of industrial terminology. The findings indicate that systematic integration of professional vocabulary into English lessons increases motivation, communicative competence, and workplace readiness

20.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

СИМБИОЗ АРХИТЕКТУРЫ, ДИЗАЙНА И ИСКУССТВА

Махмудова Малика

В статье раскрыты особенности симбиоза искусства, архитектуры и дизайна в творчества известных архитекторов современности и их значение в мировой архитектуре. Приведены примеры и анализ архитектурных зданий и сооружений архитекторов с наиболее интересными архитектурно - композиционными решениям.

11.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

ЖИЗНЕННЫЙ И ТВОРЧЕСКИЙ ПУТЬ УРАЛА ТАНСЫКБАЕВА: ЭТАПЫ СТАНОВЛЕНИЯ ХУДОЖНИКА

Сеитова Нурсулу Халиловна

В статье рассматривается художественная эволюция Урал Тансыкбаев как целостный процесс формирования национальной школы живописи Центральной Азии. Выявлены основные этапы становления художника: авангардный поиск, адаптация к социалистическому реализму и зрелый монументально-пейзажный период. Обоснована концепция локального модернизма как синтетической художественной системы, сочетающей модернистские и реалистические принципы.

08.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

ИННОВАЦИИ В ЛАНДШАФТНОМ ДИЗАЙНЕ

Махмудова Малика

В статье раскрыты вопросы современного ландшафтного дизайна. Проведён анализ садов и парков в разных странах. Приведены примеры наиболее интересных архитектурно - композиционных решений, показаны способы, как можно создать сады и парки с современными тенденциями, в гармонии с окружающей средой.

08.05.2026 Ko`rish Yuklab olish

ZAMONAVIY TOMOSHA MAKONLARI INTERYERINI LOYIHALASHDA BADIIY ESTETIKA VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR SINTEZI

Sultanova Muhayyo Fahriddin qizi

Mazkur maqolada zamonaviy tomosha makonlari interyerlarini shakllantirishda estetik yondashuvlar va innovatsion texnologik tizimlarning o‘zaro bog‘liqligi tadqiq etiladi. Tadqiqot davomida teatr, konsert zali va madaniyat markazlari interyerining kompozitsion tuzilishi, sahna muhiti, akustik qulaylik, tomoshabin ergonomikasi hamda vizual idrokni tashkil etuvchi omillar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, tarixiy tomosha binolaridan zamonaviy transformatsiyalanuvchi sahna makonlarigacha bo‘lgan rivojlanish jarayonlari qiyosiy asosda o‘rganiladi. Maqolada interyer muhitining badiiy ifodadorligini oshirishda yorug‘lik dizayni, multimedia texnologiyalari, dekorativ materiallar va rang yechimlarining ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot natijalari zamonaviy tomosha makonlarini loyihalashda estetik jozibadorlik, texnologik moslashuvchanlik va funksional samaradorlikning uyg‘unligi muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.

06.05.2026 Ko`rish Yuklab olish