Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonida madaniyat muassasalari faoliyatida yuz berayotgan tashkiliy, mazmuniy va institutsional transformatsion jarayonlar tahlil qilinadi. 2017-yildan boshlangan islohotlar doirasida madaniyat va san’at sohasini boshqarish tizimining takomillashuvi, madaniyat markazlari, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi, bolalar musiqa va san’at maktablari hamda ijodiy to‘garaklar faoliyatidagi o‘zgarishlar yoritiladi. Shuningdek, madaniyat muassasalarining jamiyat ijtimoiy-ma’naviy barqarorligini ta’minlash, milliy o‘zlikni anglash, yoshlarning estetik va ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishdagi o‘rni ochib beriladi. Maqolada sohadagi moddiy-texnik ta’minot, malakali kadrlar, repertuar siyosati va yoshlarni madaniy jarayonlarga jalb etish bilan bog‘liq muammolar ko‘rsatilib, ularni bartaraf etish yuzasidan ilmiy-amaliy takliflar ilgari suriladi.
18.05.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi davrda mamlakatda amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, milliy istiqlol g‘oyasining shakllanishi, milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning qayta tiklanishi hamda buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslar merosiga bo‘lgan e’tibor masalalari yoritilgan. Shuningdek, mustaqillik yillarida tarixiy xotirani tiklash, ma’naviy merosni asrash va yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilingan.
07.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Maqolada O‘zbekiston kino san’ati muzeyi tarixi, rivojlanish dinamikasi, eksponatlar soni haqida faktologik ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, mazkur muzeyning bugungi kundagi holati o‘rganilib, mavjud dolzarb muammolar haqida bayon etilgan. Maqola so‘ngida tadqiqotchi tomonidan aniqlangan muammolar yechimiga oid takliflar keltirilgan.
25.05.2026 Ko`rish Yuklab olish
Tarix haqiqati shuni ko‘rsatadiki, yurtimiz mustaqilligi, bugungi erkin va farovon hayotimiz, dorulomon kunlarimizga erishish oson bo‘lgani yo‘q. Bu yo‘lda xalqimiz qanchadan qancha yo‘qotishlarni boshidan kechirdi. Ushbu maqolada siyosat arbobi, ona yurtning jonkuyar farzandi, shuningdek, o‘zidan adabiy meros qoldirgan shaxs xotirasini abadiylashtirish maqsadida yaratilgan Sharof Rashidov uy muzeyi tarixi va faoliyati yoritilgan.
25.05.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada jahon muzeylarida qo‘llanilgan innovatsion loyihalar, muzeylar ekspozitsiyasining konseptual-tematik tuzilishining asoslari, zamonaviy ekspozitsiya yaratish metodlari tahlil qilingan.
25.05.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqola zamonaviy muzeyshunoslikda dolzarb mavzulardan biri – muzey to‘plamlarini raqamlashtirish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, ushbu jarayon O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi misolida tadqiq etilgan. Unda ilk bor to‘plamlarni hisobga olish va yagona baza yaratish ishlari kompyuter texnologiyalari yordamida yechim topishi yo‘llari, muzey eksponatlarini, ular haqidagi qimmatli ma’lumotlarni ommalashtirish maqsadida onlayn platformalar yaratish hamda madaniy merosni raqamli formatda saqlash va asrash masalalari ko‘tarilgan.
25.05.2026 Ko`rish Yuklab olish
The article is devoted to the study of the processes of preservation and museification of immovable cultural heritage objects using the example of the Museum of Material Culture and its architectural ensemble of the 19th century in Tashkent. The article examines the evolution of the concept of museification in the context of the development of museology as a scientific discipline, as well as its interdisciplinary application in the field of monument protection, architecture and restoration. Based on a specific case, a set of practical measures for the preservation of the object is analyzed, including scientific research, restoration, conservation, adaptation to the museum function and ensuring public access. Special attention is paid to the long-term process of restoring the integrity of the building, overcoming legal and property obstacles, as well as countering the threats associated with urbanization, the construction boom and the loss of historical buildings. The article reveals systemic problems in the field of cultural heritage protection in Uzbekistan, including imperfect legislation, legal gaps in land ownership, administrative barriers and pressure from development interests. The unique experience of including a private facility in the state register of immovable cultural heritage and related institutional procedures is considered separately. It is concluded that effective museification requires not only a scientific and restoration approach, but also comprehensive legal regulation, interdepartmental interaction and an active position of the owner as a key actor in the preservation of cultural heritage.
24.05.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur ilmiy maqolada muzey ishida klassifikatsiya tizimining ahamiyati, muzey fondlarini ilmiy tartibga solish, muzey hodimlarining kasbiy malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalari tahlil qilinadi. Oʻzbekiston muzeylari faoliyati xalqaro standartlar, xususan UNESCO va ICOM talablari bilan qiyosiy asosda oʻrganilgan. Shuningdek, mamlakatimizda muzey sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimi, mavjud muammolar hamda istiqboldagi vazifalar ilmiy jihatdan yoritilgan. Tadqiqot davomida “Muzeylar toʻgʻrisida”gi Qonun, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va xalqaro me’yoriy hujjatlarga tayangan holda ilmiy xulosalar chiqariladi.
24.05.2026 Ko`rish Yuklab olish
Maqolada Oʻzbek mumtoz adabiyotining XIX-XX asrlardagi yirik vakili Ziyoviddin Haziniy ijodiy merosi, Xaziniy uy-muzeyi tashkil qilinganligi, Xaziniy uy-muzeyining maqsadi, muzey ekspozisiyasi haqida soʻz boradi.
24.05.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqola XXI asr sharoitida Eron Islom Respublikasida muzey ishini boshqarishning nazariy va amaliy asoslarini ilmiy jihatdan tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqot doirasida muzeyshunoslik nazariyasining zamonaviy rivojlanish tendensiyalari, muzeylarni boshqarishning innovatsion mexanizmlari, raqamlashtirish jarayonlari, shuningdek, madaniy merosni saqlash va targ‘ib qilishning samarali usullari ko‘rib chiqilgan. IMRAD (Kirish, Metodologiya, Natijalar, Muhokama) talablari asosida yozilgan ushbu ishda Eron muzeylari misolida yangi konseptual yondashuvlar, zamonaviy menejment va marketing texnologiyalarini joriy etish, virtual ekspozitsiyalar hamda interaktiv platformalarni rivojlantirish istiqbollari ochib berilgan.
20.05.2026 Ko`rish Yuklab olish