The main drawback of the existing mill management system is the mismatch between the production rate and the receipt of information on its performance. Such a delay, time inconsistencies lead to the depreciation of information on the operation of technological plants, does not make it possible to timely determine deviations from operational plans in the process of their implementation, to identify the causes of these deviations, to open internal production reserves, and to take effective measures for their rational use. Elimination of the mentioned drawbacks in process control is proposed on the basis of deterministic mathematical models created at the upper levels of integrated mill control systems.
24.10.2026 Ko`rish Yuklab olish
An’anaviy ikki oʻlchamli induktiv zaryadlash platformalari qisqa uzatish masofasi, qat’iy joylashish talabi va nomunosib maydon taqsimoti (“oʻlik zonalar”) kabi jiddiy kamchiliklarga ega. Ushbu maqolada aqlli uy sharoitida bir nechta qurilmani bir vaqtning oʻzida simsiz zaryadlash imkonini beruvchi hajmiy rezonatorga asoslangan “Art Box” tizimining ishlab chiqilishi va sonli optimallashtirilishi keltirilgan. Oʻlchamlari 3,35 × 3,35 × 2,5 m boʻlgan xona oʻlchamidagi Gelmgols tipidagi rezonator CST Studio Suite dasturida 950 kGts chastotada modellashtirildi va tahlil qilindi. Qabul qiluvchi gʻaltak radiusini iterativ ravishda oʻzgartirish orqali energiya uzatish samaradorligi (PTE) 65,8% dan 72,87% gacha oshirildi. Sochilish parametrlari tahlili rezonans nuqtasida qaytish yoʻqotishi S₁₁ = –12,44 dB boʻlganini va shu bilan samarali impedans moslashuvini tasdiqladi. Markaziy zaryadlash zonasidagi 27 ta nuqtada oʻtkazilgan oʻlchovlar asosida maydon bir jinsliligi 91,1% ni tashkil etdi. Odam tanasining anatomik fantomlari yordamida oʻtkazilgan solishtirma yutilish tezligi (SAR) boʻyicha xavfsizlik tahlili barcha koʻrib chiqilgan holatlarda ta’sir darajasi IEEE C95.1-2019 standarti chegaralaridan past ekanligini koʻrsatdi. Natijalar hajmiy Gelmgols tipidagi rezonatorlarning tekis induktiv platformalarga xavfsiz va kengaytiriladigan muqobil sifatida, kundalik mebelga integratsiya qilinishi mumkinligini koʻrsatadi. Tadqiqot toʻliq sonli simulyatsiyaga asoslanganligi sababli, uning cheklovlari va eksperimental tasdiqlash zarurati muhokama qilingan.
24.10.2026 Ko`rish Yuklab olish
.
04.10.2026 Ko`rish Yuklab olish
Har bir xalqning buguni uning tarixidan boshlanadi. Kechagi kunni unutmagan millatgina bugunining qadriga yetadi va ertangi kunini qanday qurish kerakligini anglaydi. Bizning tariximiz esa ilmga intilgan allomalar, ma’rifat yo‘lida kurashgan ziyolilar, Vatan va xalq taqdirini o‘z taqdiridan ustun qo‘ygan fidoyi insonlarga boy. Ajdodlarimiz biz uchun nafaqat faxr, balki katta mas’uliyat timsolidir. Ularning ilmiy va ma’naviy merosi, hayot yo‘li, jasorati hamda ezgu maqsadlari asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Bugun biz bahramand bo‘layotgan tinch va osoyishta hayot, ta’lim olish va o‘z iste’dodimizni namoyon etish imkoniyatlari haqida fikr yuritar ekanmiz, bularning qadrini tarixni anglash orqali yanada chuqurroq his qilamiz. Ayniqsa, jadid bobolarimizning ma’rifat yo‘lidagi faoliyati alohida e’tiborga loyiq. Ular o‘z davrining murakkab sharoitlariga qaramay, xalqning kelajagini ilm va ta’limda ko‘rdilar. Yangi usuldagi maktablar tashkil etish, yoshlarni zamonaviy bilimlarga jalb qilish, xalq savodxonligini oshirish va jamiyat tafakkurini uyg‘otish yo‘lida astoydil harakat qildilar.
04.10.2026 Ko`rish Yuklab olish