Мақолада соғлом турмуш тарзини шакллантиришда оиланинг ўрни маънавий, жисмоний, психологик жиҳатлари вазифалари баён этилган. Шунингдек, мақолада саломатлик психологиясини таъминлаш борасидаги муаммолар ва тавсиялар ўрин олган.
17.10.2023 Ko`rish Yuklab olish
Мақолада бугунги кунда олий таълим муассасалари талабаларнинг мустақил ишлаш фаолиятини такомиллаштириш борасида амалга оширилаётган ишлар, ушбу жараёнда учраётган муаммолар борасида фикр юритилган
17.10.2023 Ko`rish Yuklab olish
Bugungi kundа glоbаllаshuv nаtijаsidа tа’lim-tаrbiуа jаrауоnining mаzmuni vа tаshkiliу shаkllаri jаhоn tаjribаlаri аsоsidа zаmоnаviу tаlаblаrgа mоs tаrzdа muntаzаm tаkоmillаshtirilishi zаrurligigа аlоhidа e’tibоr qаrаtildi. Shungа kо‘rа, bо‘lаjаk о‘qituvchilаrni tаууоrlаsh tizimi оldigа muhim vаzifаlаr qо‘уildi. Bo’lajak о‘qituvchining kаsbiу kоmpetentliligi undаgi prоfessiоnаlizmning аsоsiу tаrkibiу qismi hisоblаnаdi. Undа bо‘lаjаk о‘qituvchining nаzаriу vа аmаliу tаууоrgаrligi uуg‘un tаrzdа nаmоуоn bо‘lаdi. Kаsbiу kоmpetentlilik shаkllаnmаgаn tаqdirdа о‘qituvchi о‘z fаоliуаtini tаlаb dаrаjаsidа аmаlgа оshirа оlmауdi. Аmаldаgi mаvjud уоndаshuvlаrgа kо‘rа о‘qituvchining prоfessiоnаlizmi уаxlit tаrzdа intellektuаl, hissiу, hаrаkаtli-irоdаviу hоlаtlаrini ifоdаlауdi. Chunki mаzkur hоlаtlаr о‘qituvchi fаоliуаtining bаrchа уо‘nаlishlаrini о‘zidа mujаssаmlаshtirаdi. Ауniqsа uning dаrsdаn tаshqаri tаrbiуаviу fаоliуаtni аmаlgа оshirа оlishi vа mаhоrаti ushbu tizimdа уаqqоl nаmоуоn bо‘lаdi.
17.10.2023 Ko`rish Yuklab olish
Loyiha ustida mustaqil ishlash loyiha ta’lim texnologiyalari sirasiga kiradi. Ushbu texnologiyaning markazida ta’lim oluvchi shaxsi turadi. Mazkur texnologiyaning asosini esa talabaning mustaqil bilim olish faoliyati tashkil etadi. Loyiha ta’lim texnologiyalari yordamida tashabbuskorlik, kreativlik va mustaqillik sifatlari rivojlanadi. Talabada ushbu sifatlar uning harakatlari yordamida rivojlanadi. Buning uchun talabalarga qiziqarli ularning taraqqiyoti uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan mavzular taqdim etiladi. Loyiha ta’lim texnologiyalarning mohiyati va farqli jihatari nimalada ko‘rinadi degan savolga javob izlashga harakat qilamiz.
17.10.2023 Ko`rish Yuklab olish
Maktabgacha ta’limni sifat jihatdan takomillashtirish qaratilgan islohatlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish tizimini mazmun jihatdan boyitishni nazarda tutadi. Chunki, bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yaratilayotgan sharoitlarda innovatsion faoliyat tashkil eta oladigan, o‘ziga va o‘z ishiga nisbatan mas’iliyatli, talabchan, maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan ota-onalar hamkorligini yo‘lga qo‘ya oladigan, o‘z sohasining sirlarini har tomonlama chuqur bilgan, o‘zini-o‘zi rivojlantiruvchi, o‘z qobiliyati va imkoniyatlaridan foydalana oladigan, maxsus kasbiy kompetensiyalarni egallagan tarbiyachilarga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirmoqda.
17.10.2023 Ko`rish Yuklab olish
Pedagogik faoliyat uchun tashabbuskorlik nihoyatda zarur hisoblanadi. Shuning uchun ham bo‘lajak o‘qituvchilarda tashabbuskorlikni rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. O‘qituvchi uchun tashabbuskorlik qanday ahamiyatga ega degan haqli savol tug‘iladi. Bugungi kunda zamonaviy O‘zbekiston jamiyatida har bir shaxs shu jumladan o‘qituvchining tashabbuskorligiga kuchli ehtiyoj mavjud. Mustaqil fikrlovchi har bir shaxs ijtimoiy faoliyatga jalb etiladi. Bu bevosita pedagogik faoliyatga ham xos.
17.10.2023 Ko`rish Yuklab olish
O’zbekiston Respublikаsi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgаchа rivojlаntirish konstepstiyаsi oliy tа’lim tizimini ijtimoiy sohа vа iqtisodiyot tаrmoqlаri ehtiyojlаridаn kelib chiqqаn holdа, fаn, tа’lim vа ishlаb chiqаrishning mustаhkаm integrаtsiyаsini tа’minlаsh аsosidа tа’lim sifаtini yаxshilаsh, rаqobаtbаrdosh kаdrlаrni tаyyorlаsh, ilmiy vа innovаtsion fаoliyаtni sаmаrаli tаshkil etish, xаlqаro hаmkorlikni rivojlаntirish mаqsаdidа ishlаb chiqildi.
17.10.2023 Ko`rish Yuklab olish
XXI asrga kelib insoniyat hammaga birdek axborot olish imkoniyatini beruvchi ochiq axborot jamiyatini shakllantirish tomon jadal bormoqda. “Elektron hukumat”, “elektron uy”, “elektron tijorat”, “elektron ta’lim” kabi raqamli borliq elementlari hayotimizga kirib ulgurdi va odatiy hol bo’lib qoldi. Endilikda insoniyat elektron resurslardan shunchaki axborot man’basi sifatida emas, balki interfaol muhitda ulardan aql bilan foydalanishni maqsad qilib qo’ymoqda. Bu jadal yangilanib borayotgan axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan muloqot darajasida foydalanish, ma’lumotlarni qayta ishlash va qaysidir ma’noda odam o’rnida “o’ylash”ga majbur qilishni talab qiladi. Bunday “aqlli”, inson bilan muloqot qiluvchi va o’rgatuvchi elektron resurslarni yaratish o’ta dolzarb va mashaqqatli ish bo’lib, uni yaratishga butun dunyoning eng malakali mutaxassislari imkoniyatlarini birlashtirishni taqozo qiladi. Bu yo’nalishda qo’yilgan salmoqli qadamlardan biri bu ta’lim sohasida dunyo bo’yicha amalga oshirilishi boshlangan Smart education loyihasini keltirish mumkin.
17.10.2023 Ko`rish Yuklab olish
O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasida “oliy ta’limda ma’naviy-axloqiy mazmunni kuchaytirish, yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yot g‘oya va mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada rivojlantirish zarurati mavjud” ligi ta’kidlanadi.
17.10.2023 Ko`rish Yuklab olish
Hozirgi kunda ta’lim-tarbiya jarayonida tarbiya fanini oꜥqitishda interfaol metodlardan foydalanishda ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning, qiziqishini orttirish, ularning ta’lim jarayonidagi faolligini mutassil ragꜥbatlantirib borishilishi, oꜥquv materiallarini kichik-kichik boꜥlaklarga boꜥlib, ularning mazmunini ochishda ta’limining interfaol metodlarini qoꜥllash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashgꜥulotlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.
17.10.2023 Ko`rish Yuklab olish