EVRIKA MUKOFOTI

Logo 1 Logo 2 Logo 3

Tadbir tashkilotchilari: O'zRFA Ilm-fan targ'iboti markazi, “SCIENCE AND INNOVATION” xalqaro ilmiy jurnali

18 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan yosh olimlar va mutaxassislarning davlat va jamiyat oldida, fan va innovatsiya sohasidagi yuqori natijalarini munosib ragʻbatlantirish maqsadida ta’sis etildi. Nomzodlar tanlov asosida 5 ta yo'nalish bo'yicha saralab olinadi. Har bir yo'nalish bo'yicha 3 nafardan g'olib aniqlanadi va tantanali taqdirlash marosimida mukofot topshiriladi.

Tanlov bosqichlari

1-bosqich

Arizalarni topshirish
(1-may – 1-iyul)

OʻzRFA institutlari va OTMlar birinchi bosqichni tashkil etadi. Gʻoliblar hujjatlari saytga joylanadi.

2-bosqich

Saralash
(1-iyul – 1-sentabr)

Tashkiliy qoʻmita hujjatlarni koʻrib chiqadi. Har bir yo‘nalishdan 10 ta finalist e’lon qilinadi.

3-bosqich

Final
(1-sentabr – 1-oktabr)

Finalchilar OʻzRFA binosida taqdimot qiladi. Hakamlar hay’ati baholab, gʻoliblarni aniqlaydi.

MUKOFOT FONDI

5 yo'nalishdan jami 15 nafar g'olib aniqlanadi. Pul mukofotlari, statuetka va sertifikatlar topshiriladi.

1-o‘rin

30 baravar BHM

2-o‘rin

20 baravar BHM

3-o‘rin

10 baravar BHM