18 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan yosh olimlar va mutaxassislarning davlat va jamiyat oldida, fan va innovatsiya sohasidagi yuqori natijalarini munosib ragʻbatlantirish maqsadida ta’sis etildi. Nomzodlar tanlov asosida 5 ta yo'nalish bo'yicha saralab olinadi. Har bir yo'nalish bo'yicha 3 nafardan g'olib aniqlanadi va tantanali taqdirlash marosimida mukofot topshiriladi.
OʻzRFA institutlari va OTMlar birinchi bosqichni tashkil etadi. Gʻoliblar hujjatlari saytga joylanadi.
Tashkiliy qoʻmita hujjatlarni koʻrib chiqadi. Har bir yo‘nalishdan 10 ta finalist e’lon qilinadi.
Finalchilar OʻzRFA binosida taqdimot qiladi. Hakamlar hay’ati baholab, gʻoliblarni aniqlaydi.
5 yo'nalishdan jami 15 nafar g'olib aniqlanadi. Pul mukofotlari, statuetka va sertifikatlar topshiriladi.
30 baravar BHM
20 baravar BHM
10 baravar BHM