Kelajakdagi vrachlar – tibbiyot oliy o‘quv yurti talabalarining sun’iy intellekt (bundan keyin – SI) texnologiyasiga bo‘lgan munosabatiga oid tadqiqotning dolzarbligi SI tizimlarining nafaqat ta’lim jarayoniga, balki klinik va diagnostik amaliyotga ham joriy etilishi bilan belgilanadi. Shaxsning axborot madaniyati mazmunini aks ettiruvchi axborot amaliyotlari va SI ta’rifini aniqlashdagi afzallik o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligi haqidagi gipoteza tasdiqlandi. Maqsad tibbiyot oliy o‘quv yurti talabalarining axborot madaniyatining asosiy tarkibiy qismi sifatida turli xil axborot manbalaridan foydalanish amaliyotlari va ularning SIni tushunishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni tavsiflashdan iborat. Tibbiyot universitetining birinchi ikkinchi va uchunchi kurs talabalari hamda professor o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari (n = 217) keltirilgan.
19.11.2025 Ko`rish Yuklab olish
This thesis examines the semantic nature of phraseological units and their behavior across languages, with a particular focus on English and Uzbek. Phraseological units including idioms, fixed expressions, and phrasal verbs are characterized by their non-compositional semantics, where the overall meaning cannot be deduced from the literal meanings of individual components. Through comparative analysis, this study explores how such units are classified, interpreted, and translated, emphasizing the role of cultural, historical, and cognitive factors in shaping their meaning and use.
14.10.2025 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada Mamlakatimizda oliy taʼlimni modernizatsiya qilish jarayonida malakali mutaxassislarni yetkazib berishga alohida eʼtibor qaratilgan. Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha taraqqiyot strategiyasida “Uzluksiz taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli taʼlim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini davom ettirish” muhim ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Bu esa, texnika oliy taʼlim muassasalarida talabalarining kasbiy kompetentligini shakllantirish shart-sharoitlarini xalqaro taʼlim standartlari darajasida ilmiy-metodik asoslangan tizimini yaratish hamda amaliy ustuvorlikdagi mustaqil taʼlimning funksional mehanizmlarini rivojlantirishda individual taʼlim vositalaridan foydalanishning amaldagi metodikalarini tadqiq etishni taqozo etishi haqida ma’lumotlar keltirilgan
18.07.2025 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu tezisda akademik litsey sharoitida molekulyar fizika va termodinamika bo‘limini raqamli platforma asosida o‘qitish natijalari statistik jihatdan tahlil qilinadi. Chi-kvadrat testi, t-test, dispersiya va samaradorlik ko‘rsatkichlari yordamida o‘quvchilar bilimlaridagi o‘zgarishlar aniqlanib, taklif etilgan metodikaning samaradorligi isbotlandi.
09.07.2025 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada kasbiy kompetensiya tushunchasining mazmun-mohiyati, uning huquqshunoslik, ijtimoiy va ta’lim sohalaridagi turli talqinlari, tarkibiy qismlari va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, kompetensiyaning nazariy, amaliy, intellektual, kommunikativ, ijtimoiy va shaxsiy turlariga alohida e’tibor qaratiladi. Muallif tomonidan kasbiy kompetensiyani shakllantirish va rivojlantirishda ta’lim, tajriba, mentorlik va o‘z-o‘zini tahlil qilish kabi yo‘llar samarali deb baholanadi. Maqolada kasbiy kompetensiyaning shaxsiy va professional rivojlanishga ta’siri ilmiy-nazariy asosda yoritilgan.
03.07.2025 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada STEAM yo‘nalishidagi fanlarni integratsiyalash, ularni tadqiqotga asoslangan ta’limda qo‘llash imkoniyatlari, metodik asoslari va amaliy jihatlari tahlil qilinadi.
25.06.2025 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada geometriya fanini o‘qitishda zamonaviy kompyuter texnologiyalari va raqamli platformalardan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Geometrik chizmalarni animatsiyalash, ularni multimedia ko‘rinishida taqdim etish orqali o‘quvchilarda fazoviy tasavvurni shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, turli sohalar bilan fanlararo integratsiyani ta’minlashda Geogebra, Cabri 3D, AutoCAD, 3dMax kabi dasturiy vositalarning o‘rni ko‘rsatilgan.
23.06.2025 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada, ta’lim sifatini oshirishda o‘qituvchilarning malakasini oshirishning ahamiyati va investitsion loyihalarning roli ko‘rib chiqilgan. Finlyandiya, AQSh, Singapur, Janubiy Koreya kabi davlatlarning tajribalari misolida, o‘qituvchilarning doimiy malaka oshirish kurslari, raqamli ta’lim texnologiyalari va innovatsion yondashuvlar orqali o‘quvchilarning akademik natijalari yaxshilanayotgani ko‘rsatilgan. O‘zbekiston ta’lim tizimida ham o‘qituvchilarning malakasini oshirishga qaratilgan investitsion loyihalar muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu dasturlar, o‘qituvchilarni zamonaviy metodologiyalar bilan tanishtirish va ta’lim jarayonini interaktiv va samarali qilishga imkon yaratadi.
23.06.2025 Ko`rish Yuklab olish
Maqolada maktab ta’limi tizimida statistik ma’lumotlarni sun’iy intellekt (artificial intelligence – AI) texnologiyalari asosida joriy etish, uslubiy ishlanmalar va statistik indikatorlarini ishlab chiqish to‘g‘risida fikr yuritiladi.
20.06.2025 Ko`rish Yuklab olish
Мақолада умумий ўрта таълим мактабларида ракамли лабораториялардан табииий фан тажрибаларини ўтказишда замонавий восита сифатида фойдаланиш муҳокама қилинади. Мураккаб жараён ва тажрибаларни моделлаштириш учун ракамли лабораториялардан фойдаланишнинг асосий афзалликлари ва имкониятлари, шунингдек уларнинг ўқувчиларнинг фанга бўлган қизиқишини оширишга таъсири кўрсатилган.
19.06.2025 Ko`rish Yuklab olish