“Ta’lim-tarbiyaning optimal modellari: xalqaro hamda tarixiy tajribalar, muammolar, yechimlar” mavzusidagi xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman

30.10.2025


OLIY TA’LIM RAHBARLARI KOMMUNIKATIV KREATIVLIGINI RIVOJLANTIRISHDA 12 HAFTALIK INTERVENSIYA SAMARADORLIGI

Mamatova Xilola Muxiddinovna

Ushbu maqolada O‘zbekistonning uchta davlat universitetida faoliyat yurituvchi 90 nafar rahbar-xodim ishtirokida kommunikativ kreativlikni rivojlantirishga qaratilgan 12 haftalik intervensiyaning samaradorligi tahlil qilinadi. Kvazi-eksperimental oldingi va keyingi test nazorat guruhi dizaynida ishtirokchilar 45 nafardan tajriba va nazorat guruhlariga ajratildi. Dastur divergent fikrlash, innovatsion xulq-atvor, kommunikativ fleksibillik va tizimli yechim topish modullarini qamrab oldi. Statistik tahlilda juft tanlanmalar t-testi, ANCOVA va ta’sir hajmi ko‘rsatkichlaridan foydalanildi. Tajriba guruhida umumiy kommunikativ kreativlik o‘rtacha bali 3,21 dan 4,08 gacha oshdi; d=1,99 va η²=0,422 katta amaliy ta’sirni ko‘rsatdi. Lavozim, ish staji va OTM bo‘yicha tahlillar natijaning turli guruhlarda saqlanganini ko‘rsatgan bo‘lsa-da, kvazi-eksperimental dizayn va uzoq muddatli kuzatuvning yo‘qligi sababli xulosalar ehtiyotkor talqin qilinadi.

13.10.2026 Ko`rish Yuklab olish

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING MATN USTIDA ISHLASH ORQALI O’QUVCHILARNING NUTQIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA FIKRLASHGA O‘RGATISH

Boxodirova Muxlisa Xoljigitovna

Ushbu maqolada bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining matn ustida ishlash orqali o’quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlabtirish, matndagi ma’noni tahlil qila olish, ijodiy-mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, matnda to’g’ri amallar ko’rsatilgan bo’lsa, bu amllarni qo’llay olishi lozimligi yoritilgan.

28.09.2026 Ko`rish Yuklab olish

ESHITISHIDA MUAMMOSI BО‘LGAN TAYYORLOV VA 1- SINF О‘QUVCHILARINI SENSOR RIVOJLANTIRISHNING O’ZIGA XOSLIGI

Pulatova Saodat Maxamadaminovna

Maqolada eshitishida nuqsoni bо‘lgan tayyorlov va 1-sinf о‘quvchilarini sensor rivojlantirishning yо‘llari, bolaning sensor rivojlanishida predmetlarning tashqi xususiyatlari haqidagi tasavvurlarining shakllanishi va predmetlarning shakllari, rangi, xajmi, fazodagi holatini ajratish uchun mashqlar berilgan.

09.11.2025 Ko`rish Yuklab olish

MAKTABGACHA KATTA BOLALARDA LIDERLIK SIFATATLARINI SHAKLLANTIRISHDA QO’LLANILADIGAN PEDAGOGIK YONDASHUVLAR

Kadirova Nilufar Mirkarim qizi

O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama еtuk voyaga еtkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.Ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bolalarning rivojlanganligi darajasini va ularning umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini, shuningdek, ularning ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash asosida amalga oshirilishi lozim.

02.11.2025 Ko`rish Yuklab olish

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA STEAM YONDASHUVINI JORIY ETISH VA MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Abdullayeva Sarviniso, Radjapova Zuxra Tirkashevna

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida STEAM yondashuvini joriy etishning ahamiyati va uni samarali amalga oshirish mexanizmlari yoritilgan. STEAM ta’limining mazmuni, bolalar rivojlanishidagi o‘rni hamda pedagoglar malakasini oshirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, integratsiyalashgan ta’limni tashkil etish va ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari tahlil qilingan. Maqolada STEAM yondashuvining maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodkorlik, mustaqil fikrlash va muammoli vaziyatlarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi roli asoslab berilgan.

16.02.2026 Ko`rish Yuklab olish

ОБРАЗОВАНИЕ НА ПРОТЯЖЕНИИ ВСЕЙ ЖИЗНИ КАК НОВЫЙ ЭТАП РАЗВИТИЯ НЕПРЕРЫВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ

Усарова Нигора Бердияровна

В статье рассматриваются современные подходы к внедрению концепции образования на протяжении всей жизни в систему образования Узбекистана. Раскрывается её роль в развитии человеческого потенциала, повышении качества кадров и формировании конкурентоспособного общества. Подчёркивается, что переход от традиционной модели непрерывного образования к модели непрерывного личностного и профессионального роста требует обновления образовательных практик и механизмов взаимодействия государства, образовательных учреждений и граждан.

12.11.2025 Ko`rish Yuklab olish

LOGOPEDIYA FANINING TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDAGI METODOLOGIK YONDASHUVLARI VA TAMOYILLARI

Norqorayeva Farzona Shaxriddin qizi

Ushbu maqolada logopediya fanining nazariy va amaliy ahamiyati, nutq buzilishlarining shakllanishi, ularni aniqlash, oldini olish va tuzatishdagi asosiy vazifalari ko‘rib chiqiladi. Logopediya sohasida ilmiy asoslangan yondashuvlar, turli fanlar bilan integratsiyasi va bolalarning nutqiy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlashdagi roli ta’kidlanadi. Maqola nutq buzilishlarining bolaning umumiy rivojlanishiga, o‘qish va kasb tanlash imkoniyatlariga ta’siri hamda logopediyaning ijtimoiy, pedagogik va tibbiy ahamiyatini o‘rganadi.

12.11.2025 Ko`rish Yuklab olish

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA KVEST O‘YINLARINI LOYIHALASHTIRISH TEXNOLOGIYASI

Boltayeva Feruza A’zam qizi

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida kvest texnologiyasidan foydalanishning ahamiyati va samaradorligi yoritilgan. Keltirilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida pedagoglarning kasbiy malakasini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonini innovatsion usullar orqali takomillashtirish masalalariga e’tibor qaratilgan. Maqolada kvest turlari, tashkil etish tamoyillari, zarur vositalar hamda tarbiyachining roli batafsil yoritilgan. Xulosa o‘rnida, kvest texnologiyasi maktabgacha ta’lim jarayonini qiziqarli, mazmunli va interfaol shaklda tashkil etish orqali bolalarning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qilishi ta’kidlangan.

12.11.2025 Ko`rish Yuklab olish

OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARINING DIALOGIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRUVCHI METODLAR

Seytnazarova Gulnara Aytbayevna

Mazkur maqolada oliy ta’lim muassaslari talabalarida dialogik madaniyatni rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari va dialogik madaniyatni rivojlantirishda qo‘llaniladigan ta’limiy metodlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tilgan.

12.11.2025 Ko`rish Yuklab olish

OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARIDA MUOMALA MADANIYATINI RIVOJLANTIRUVCHI METODLAR

Tadjiyeva Nodira Yusupjanovna

Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarida muomala madaniyatini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda talabalarning shaxsiy, ijtimoiy hamda kasbiy faoliyatida muomala madaniyatining ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, muloqot jarayonida axloqiy-me’yoriy qadriyatlar, pedagogik muloqot tamoyillari va kommunikativ kompetensiyani shakllantirishga xizmat qiluvchi metodik yondashuvlar asoslab berilgan. Muomala madaniyatini rivojlantirishda interfaol ta’lim texnologiyalari, psixologik treninglar, rolli o‘yinlar, hamkorlikda o‘qitish va refleksiya usullarining samaradorligi ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim tizimida talabalar shaxsini har tomonlama rivojlantirish, ularning ijtimoiy faolligi va madaniy muloqot qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi.

12.11.2025 Ko`rish Yuklab olish