Mazkur maqolada gender tushunchasing fanga kirib kelishi, gender tenglik, Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy hayotda gender masalalari, gender tenglik munosabatlarining siyosiy-ijtimoiy holati tahlil qilingan. Shuningdek, oliy ta’lim tizimiga gender yondashuvni tatbiq etishning o‘ziga xos jihatlari, oliy ta’lim olishida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratilishi masalalari ilmiy nuqtai nazardan talqin etilgan. Oliy ta’lim olishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarining ta’minlanishini o‘rganishga doir o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari tahlil qilingan.
11.10.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu tadqiqot ishida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv jarayonlari va shaxsiy sifatlari rivojlanishining o‘zaro integratsiyalashgan xususiyatlari yoritilgan. Ta’lim faoliyatining yetakchi o‘ringa o‘tishi sharoitida o‘quvchining intellektual salohiyati hamda shaxsiy determinantlari o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘liqliklar tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada kognitiv va shaxsiy rivojlanishni parallellikda ta’minlashga qaratilgan psikodiagnostik hamda korreksion-rivojlantiruvchi yondashuvlar ilgari surilgan.
07.08.2026 Ko`rish Yuklab olish
XX asrning 90-yillarida mutaxassislarga malakaviy talablarni qo‘yuvchi Xalqaro mehnat tashkiloti malaka oshirish hamda boshqaruv xodimlarni kasbiy qayta tayyorlashda “tayanch kompetensiya”lar degan tushunchani fanga kiritdi. Tayanch kompetensiyalar turli xil kasbiy birlashmalarda mutaxassislarning ijtimoiy-professional jihatdan taminlanishi hamda faoliyatga moslashishida xodimlarning xizmat vazifalaridan kelib chiqib o‘ziga xos xarakter kasb etadi. Tayanch kompetensiyalar katorida fanda madaniy kompetensiya tushunchasi ham mavjud. Bu kompetensiya menejerning tanlash imkoniyati
09.02.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada harbiy oilalarda oilaviy hayotdan va nikohdan qoniqish ko‘rsatkichlari bilan nizoli vaziyatlarning o‘zaro bog‘liqligi korrelyatsion tahlil yordamida o‘rganilgan. Shuningdek, nizolar bilan bog‘liq psixologik va ijtimoiy omillar aniqlanib, oilaviy muvozanatni saqlash va yaxshilash uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilishi nazarda tutilgan.
15.01.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu tezisda Yangi O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, tizimli islohotlar va ularning amaliy natijalari tahlil qilingan. Ayniqsa, yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarishda mahalla, maktab va oliy ta’lim muassasalarining uzviy bog‘liqligini ochib beradi. 2019–2024-yillar davomida ta’lim, madaniyat, sport va tadbirkorlik sohalarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar statistik ma’lumotlar asosida yoritilgan. Shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Inklyuziv O‘zbekiston” loyihalari va yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan “Uychi tajribasi” kabi innovatsion yondashuvlarning jamiyat ijtimoiy barqarorligidagi o‘rni asoslab berilgan. Shu bilan birga, yillarga berilayotgan ramziy nomlarning yoshlar siyosati izchilligini ta’minlashdagi ahamiyati ham alohida ko‘rsatib o‘tilgan.
12.01.2026 Ko`rish Yuklab olish
В работе проведено исследование уровня самоэффективности у студентов и его влияния на академическую мотивацию. Рассмотрены теоретические аспекты самоэффективности и академической мотивации, выявлены их взаимосвязи. Эмпирическое исследование проведено на выборке из 120 студентов бакалавриата с использованием шкалы General Self-Efficacy Scale (GSE) для оценки самоэффективности и Academic Motivation Scale (AMS) для измерения академической мотивации. Результаты показывают статистически значимую положительную корреляцию между уровнем самоэффективности и внутренней мотивацией к обучению. Студенты с более высокой самоэффективностью проявляют большую вовлечённость в учебный процесс и демонстрируют устойчивую мотивацию. На основе результатов предложены рекомендации по развитию самоэффективности и повышению мотивации студентов.
12.01.2026 Ko`rish Yuklab olish
Мақолада таълим (олий) тизимида молиялаштириш ҳолати,муаммолари ҳамда унинг аҳамияти кўрсатиб ўтилган. Таълим ташкилотларини молиялаштиришда таълим ишлаб чиқариш функциясининг аҳамияти ва уни тасарруф этиш юзасидан таҳлилий ёндашувлари ўрганилди. Жараённинг ўзига хос жиҳатлари реал маълумотлар асосида таҳлил қилиниб, мавжуд муаммолар, истиқболлари ва эришилган ютуқлар атрофлича кўрсатилди.
29.12.2025 Ko`rish Yuklab olish
Maqolada innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak logopedlarni inkluziv faoliyatga tayyorlash metodikasi tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim yondashuvlari va xalqaro tajribalar misolida logopedlarning professional tayyorgarligini samarali tashkil etish usullari ko‘rib chiqiladi. Shu orqali talabalar innovatsion ko‘nikmalarini rivojlantirish, inkluziv ta’limga moslashish va ijtimoiy-psixologik faollikni oshirish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Maqolada innovatsion metodlar, xalqaro tajriba va zamonaviy pedagogik texnologiyalarning integratsiyasi asosida logopedlarni tayyorlashning samarali yo‘llari tavsiflangan.
25.12.2025 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqola talabalarning axloqiy qaror qabul qilish jarayonida ijtimoiy sohalarning psixologik ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Talabalarda normativ bosim, ijtimoiy o‘rganish va guruhlar bilan identifikatsiya kabi psixologik mexanizmlar orqali talabalar xatti-harakatlariga ijtimoiy muhitning qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Shuningdek, oiladan, tengdoshlar, ta’lim muassasalari va ommaviy axborot vositalaridan kelib chiqadigan shaxsiy qadriyatlar shakllanishi ham axloqiy qaror qabul qilish jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ushbu ijtimoiy omillar talabalarni axloqiy rivojlanishga yo‘naltirishi bilan birga, konformizmga moyil qilishi yoki axloqiy qarorlar qabul qilinishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, talabalarning xulq-atvori va axloqiy qarorlarini shakllantiruvchi asosiy ijtimoiy mexanizmlarni aniqlashga yordam beradi.
25.12.2025 Ko`rish Yuklab olish
Baslanǵısh bilim-insan shaxsınıń tiykarǵı tiykarın qáliplestiriwshi basqısh bolıp tabıladı. Ásirese, ana tili hám oqıw sawatlılıq sabaqları arqalı balalarda sóylew, túsiniw, dóretiwshilik pikirlew hám de bilim alıwǵa bolǵan ishki motivatsiya rawajlanadı. Búgingi kúnde oqıwshılardı tekǵana sawatlı etip qoymastan bálkim turmıslıq mazmundı hám qálegen kitaptı oqıy alatuǵın shaxs retinde jetisip shıǵıwı tálimniń aktual wazıypası. Sol sebepten oqıwǵa qızıǵıwshılıqtı qáliplestiriw-sabaqtıń tiykarǵı maqsetlerinin birine aylandı. Bunı ámelge asırıwda zamonaviy pedagogikalıq texnologiyadan paydalanıw nátiyjeli qural retinde qaralıp atır. Usı maxsette bul texnologiyalardıń túrleri, ana tili sabaqlarında qollanılıwı hám de oqıwshılarda oqıwǵa qızıǵıwshılıqtı arttırıwda áhmiyeti analiz etiledi.
25.12.2025 Ko`rish Yuklab olish