“Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” Xalqaro ilmiy konferensiya

27.11.2025


RAQAMLI IQTISODIYOT VA BARQAROR RIVOJLANISH

Mardiyev Muhriddin Mehriddin o‘g‘li, Odinayev Jasur Furqat o‘g‘li

Ushbu maqola O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyot va barqaror rivojlanish sohalaridagi iqtisodiy samaradorlik, boshqaruv mexanizmlari, investitsiya oqimlari, texnologiya transferi va ekologik barqarorlik jihatlarini keng qamrovli tahlil qiladi. Tadqiqotda rasmiy statistik ma'lumotlar, va milliy strategik hujjatlardan foydalanib, iqtisodiyotga qo‘shgan hissasi, eksport hajmi, ish o‘rinlari yaratish, investitsiya jalb qilish va SDG maqsadlariga ta’siri ko‘rib chiqiladi.

13.12.2025 Ko`rish Yuklab olish

TURLI TASVIR SIFATINI BAHOLASH ALGORITMLARINING TAHLILI

Kubyashev Kurash Egamovich

Tasvir sifatini baholashda qo‘llaniladigan turli algoritmlar tahlil qilinadi. Tasvir sifatini aniqlash muhim bo‘lib, u tibbiyot, sun'iy intellekt, raqamli media va videotasvirlar uzatish kabi ko‘plab sohalarda keng qo‘llaniladi. Maqolada ob'ektiv (matematik) va sub'ektiv (inson sezgilariga asoslangan) baholash usullari o‘rtasidagi farqlar ko‘rib chiqiladi. Xususan, PSNR (Peak Signal-to-Noise Ratio), SSIM (Structural Similarity Index), MSE (Mean Squared Error), VIF (Visual Information Fidelity) va NIQE (Natural Image Quality Evaluator) kabi keng tarqalgan algoritmlar taqqoslab tahlil qilinadi. Har bir algoritmning afzalliklari, kamchiliklari va qo‘llanilish doiralari batafsil yoritiladi. Shuningdek, sun'iy intellekt asosida ishlab chiqilgan zamonaviy baholash usullari ham ko‘rib chiqilib, ularning an’anaviy metodlarga nisbatan ustunliklari tahlil qilinadi. Maqola yakunida tasvir sifatini baholashda optimal yondashuvni tanlash bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

13.12.2025 Ko`rish Yuklab olish

MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLARNI BAHOLASHDA SUN’IY INTELLEKT MODELLARIDAN FOYDALANISH

Ziyayeva Sholpan Kudayberganovna, Ro‘zmatova Gulshoda Umar qizi

Ushbu ilmiy mаqоlа mаkrоiqtisоdiy koʻrsаtkichlarni bаhоlаsh va bаshоrаtlаshdа zаmоnаviy sun'iy intellekt texnоlоgiyаlаridаn fоydаlаnishning sаmаrаdоrligi vа аmаliy qоʻllаnilishi mаsаlаlаrigа bаgʻishlаngаn. Tаdqiqоtning аsоsiy mаqsаdi аniqrоq mаkrоiqtisоdiy prоgnоzlаsh mоdellаrini ishlаb chiqish vа ularning Oʻzbekiston iqtisоdiyоtigа tatbiq etilish imkoniyatlarini оʻrganishdan ibоrat.

13.12.2025 Ko`rish Yuklab olish

RAQAMLI SAVODXONLIK VA INSON KAPITALI RIVOJI: TA’LIM TIZIMIDAGI RAQAMLI TAFOVUTLAR

Baxodirova Maftuna Sherzod qizi, Ro‘ziyev Abdusalom Fozil o‘g‘li

This article examines the relationship between digital literacy and human capital development in the context of Uzbekistan’s education system. It analyzes the digital divide that exists among regions, universities, and social groups. The study uses survey-based and comparative methods to evaluate the digital readiness of students and teachers. The results reveal significant disparities in access to digital resources and technological competence across higher education institutions. The paper also discusses strategies to enhance digital literacy and proposes policy recommendations for the development of human capital under the “Digital Uzbekistan – 2030” strategy.

13.12.2025 Ko`rish Yuklab olish

ВЛИЯНИЕ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА НА РЫНОК ТРУДА И РАЗВИТИЕ ЧЕЛОВЕЧЕСКОГО КАПИТАЛА

Усмонов Б., Бакаева Ф.А.

В статье рассматривается влияние искусственного интеллекта (ИИ) на рынок труда и развитие человеческого капитала в контексте современных социально-экономических преобразований. Анализ показывает: внедрение ИИ ускоряет автоматизацию и существенно меняет структуру занятости, требуя от сотрудников совершенно новых, более высоких компетенций. Внимание акцентировано на том, что человеческий капитал становится ключевым ресурсом для успешной адаптации общества к цифровой эпохе. Рассмотрены исследования международных организаций влияния ИИ на рабочие места. В качестве примера разобран опыт Республики Узбекистан, освещая её стратегические инициативы в области ИИ.

13.12.2025 Ko`rish Yuklab olish

ПУТИ РАЗВИТИЯ ЧЕЛОВЕЧЕСКОГО КАПИТАЛА В УСЛОВИЯХ ВНЕДРЕНИЯ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ И ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА

Насыров Д., Бакаева Феруза Абдусафиевна

В статье рассматриваются ключевые направления развития человеческого капитала в условиях цифровой экономики и внедрения технологий искусственного интеллекта. Особое внимание уделяется реформам в системе образования, развитию цифровых компетенций и созданию инновационной среды в Узбекистане.

13.12.2025 Ko`rish Yuklab olish

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI INFLYATSIYA SIYOSATINI OPTIMALLASHTIRISHNING SUN’IY INTELLEKT MODELI

Mukimov Askar

Mazkur maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotida inflyatsiya jarayonlarining o‘zgaruvchan dinamikasini tahlil qilish va uni barqarorlashtirishga yo‘naltirilgan sun’iy intellekt (SI) asosidagi intellektual model ishlab chiqilgan. Tadqiqotda inflyatsiya darajasini prognozlashda mashinaviy o‘rganish algoritmlaridan, jumladan, LSTM (Long Short-Term Memory) neyron tarmog‘idan foydalanilgan. Model real statistik ma’lumotlar asosida sinovdan o‘tkazilib, SI yondashuvi an’anaviy regressiya modellariga nisbatan yuqori aniqlikka ega ekanligi aniqlangan. Natijalar asosida inflyatsiyani boshqarishda avtomatlashtirilgan bashorat tizimini yaratish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

13.12.2025 Ko`rish Yuklab olish

LEVERAGING THE POTENTIAL OF AI IN COMBATING FINANCIAL CRIME IN UZBEKISTAN’S BANKING SECTOR

Azizjon Khatamov, Rustam Abduraupov

This article examines how artificial intelligence (AI) can transform the detection, prevention, and investigation of financial crime in Uzbekistan’s banking sector. It situates Uzbekistan’s current banking and regulatory environment, summarizes global trends and empirical evidence on AI effectiveness in anti–money laundering (AML), fraud detection and sanctions compliance, and outlines practical recommendations for Uzbek banks and regulators. The paper offers implementation blueprints, governance and data requirements, potential pilot designs, cost–benefit considerations, and policy recommendations adapted to Uzbekistan’s institutional context. Case studies from global banks illustrate benefits and pitfalls; proposed Uzbekistan-focused pilots show realistic outcomes and ROI ranges.

13.12.2025 Ko`rish Yuklab olish

ISLOMIY MOLIYALASHTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUN’IY INTELLEKTNING DOLZARBLIGI

Nazarov Nodirjon Namoz o‘g‘li

So‘nggi o‘n yilliklarda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt (AI) moliyaviy tizimlarning deyarli barcha sohalariga kirib keldi. Xususan, bank ishi, investitsiya boshqaruvi, to‘lov tizimlari va sug‘urta yo‘nalishlarida bu texnologiyalar samaradorlikni oshirish, xavflarni kamaytirish va xizmat sifatini yaxshilashda muhim omilga aylandi. Islomiy moliyalashtirish tizimi ham bundan mustasno emas.Tadqiqotimiz islomiy moliyalashtirishda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning dolzarbligi doirasida olib borildi.

13.12.2025 Ko`rish Yuklab olish

АXBОRОTNI QАYTА ISHLАSHDА KVАNT АLGОRITMLАRI

Jumayev B., Abdullayev E.

Ushbu mаqоlаdа kvаnt hisоblаsh texnоlоgiyаlаrining аxbоrоtni qаytа ishlаsh jаrаyоnidаgi о‘rni, аfzаlliklаri hаmdа аsоsiy kvаnt аlgоritmlаrining ishlаsh prinsiplаri tаhlil qilinаdi. Shuningdek, klаssik аlgоritmlаr bilаn sоlishtirgаndа kvаnt yоndаshuvlаrining ustunliklаri, ulаrning аmаliy tаtbiqlаri vа kelаjаkdаgi rivоjlаnish istiqbоllаri yоritilgаn.

13.12.2025 Ko`rish Yuklab olish