Mazkur maqolada flipped classroom (ag‘darilgan sinf) texnologiyasida qo‘llaniladigan baholash tizimi an’anaviy ta’limdagi baholash bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Modellar o‘rtasidagi metodik, didaktik va psixologik bog’lanishlari o‘rganilib, rivojlantiruvchi baholash, o‘zaro baholash, o‘z-o‘zini baholash, summativ baholash va raqamli baholash vositalarining samaradorligi tahlil etiladi. Olib borilayotgan tadqiqotlarimiz shuni ko’rsatamizki natijalari flipped classroom modeli talabalarning mustaqil fikrlashi, refleksiyasi, kompetensiyalari va ta’lim jarayonidagi faolligini oshirishga xizmat qilishi, shuningdek baholash tizimini moslashuvchan, shaffof va talabalarga yo‘naltirilgan shaklda tashkil etishini ko‘rsatadi bunday jarayonlar ta’lim sifatini oshishi uchun xizmat qiladi.
12.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
В статье рассматриваются теоретические аспекты использования самостоятельного обучения в подготовке будущих специалистов-химиков. Раскрывается его значение для развития познавательной активности студентов, углубления химических знаний и формирования способности применять их при решении практических и исследовательских задач.
11.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning hunarmandchilikka oid kasbiy sifatlarini baholash mezonlari, ko‘rsatkichlari va diagnostik metodlarini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, kasbiy bilim, amaliy ko‘nikma, ijodkorlik va mustaqil faoliyatni baholashga yo‘naltirilgan diagnostik yondashuvlarning pedagogik imkoniyatlari asoslangan.
03.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada favqulodda vaziyatlar sohasi xodimlariga psixologik yordam ko‘rsatishda jamoaviy ishonch, rahbarning psixologik kompetentligi va samarali muloqotning ahamiyati yoritiladi. Xodimlarning ruhiy barqarorligini qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro yordam munosabatlarini rivojlantirish va psixologik xizmatni tashkil etishning muhim jihatlari tahlil qilinadi.
03.11.2026 Ko`rish Yuklab olish
Maqolada texnika yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda amaliy mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishning pedagogik asoslari yoritilgan. Muhandislik ta’limida nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, talabalarning mustaqil ishlash, texnik jarayonlarni tahlil qilish, hisob-kitoblarni bajarish va kasbiy muammolarga yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda muammoli ta’lim, loyihaviy yondashuv, ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan topshiriqlar, kompyuter modellashtirish va refleksiv tahlildan foydalanish imkoniyatlari asoslangan. Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar, bosqichlar va baholash mezonlari taklif etilgan. Ilmiy-metodik tavsiyalar texnika yo‘nalishi talabalarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishga yo‘naltirilgan.
14.03.2026 Ko`rish Yuklab olish
Maqolada Mark Tven va Muqimiy ijodida ijtimoiy tanqidning badiiy ifodalanish yo‘llari qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilingan. Tvenning “Geklberri Finnning sarguzashtlari” romanidagi vaziyatli kinoya, parodiya, subtekst va bola hikoyachisi pozitsiyasi Muqimiyning “Tanobchilar”, “Saylov”, “Hapalak” va “Hayron qildi loy” kabi hajviy asarlaridagi ochiq muallif bahosi, mubolag‘a, kontrast hamda xalqona nutq bilan qiyoslanadi. Tahlil har ikki ijodkor jamiyatdagi riyokorlik va adolatsizlikni fosh etishini, biroq tanqidni janr va milliy adabiy an’ana imkoniyatlariga ko‘ra turlicha ifodalashini ko‘rsatadi. O‘xshashliklar bevosita adabiy ta’sir sifatida emas, tipologik mushtaraklik tarzida talqin qilinadi.
24.10.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada turkiy tildagi eng qadimgi yozma yodgorliklardan bo‘lgan Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk” va Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarlaridagi falsafaga oid terminlar o‘rganiladi. O‘sha davrga oid turkiy tildagi falsafa terminlari ko‘rib chiqiladi va tahlil qilinadi.
13.10.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur tezis xalqaro tijorat arbitrajida sun’iy intellektni qo‘llash chegaralarini ko‘rib chiqadi. Algoritmik vositalardan ruxsat etilgan yordamchi tarzda foydalanish va ularga qaror chiqarish funksiyasini topshirish o‘rtasidagi farq ajratib ko‘rsatilgan, shuningdek, Nyu-York konvensiyasi doirasida arbitraj hal qiluv qarorining ijro etilishiga doir xavflar ochib berilgan hamda O‘zbekiston amaliyoti va Toshkent xalqaro arbitraj markazi (TIAC) uchun asosiy yo'nalishlar belgilab berilgan.
13.10.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada bola shaxsiyatining taraqqiyotini ta'minlovchi omillar ketma-ketligi, mazmuni va ahamiyat darajasi hususida keng ma'lumotlar, psixologik izlanishlar natijaviy xulosalari, xorijiy hamda Sharq allomalarning ushbu mavzu yuzasidan keltirgan, asoslangan fikr-mulohazalar kiritilgan.
11.10.2026 Ko`rish Yuklab olish
Maqolada Turkistondagi jadidchilik harakatining asoschilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiyning ilm-ma’rifat haqidagi qarashlari yoritiladi. Ma’rifatparvarning madaniyatli va ma’rifatli jamiyat faqatgina ilm bilan barpo etilishi haqidagi g‘oyalari tahlil qilinadi.
22.03.2026 Ko`rish Yuklab olish