The thesis examines why social responsibility in school students depends on collaboration between the family, the school and the local community rather than on the efforts of any one of them. Drawing on ecological theory, partnership research and longitudinal evidence, it argues that each institution makes a distinctive contribution, that these contributions are complementary, and that their consistency is itself a developmental resource. The Uzbek mahalla is discussed as a community partner with unusual institutional reach. The thesis concludes that collaboration fosters responsibility when it rests on shared goals, two-way communication and the active participation of students.
17.10.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada moddiy yetishmovchilik hissining shaxsning psixologik holati, ehtiyojlari, motivatsiyasi va emotsional kechinmalariga ta’siri yoritilib, xavotir, umidsizlik, frustratsiya, o‘ziga ishonchsizlik va ijtimoiy chekinish kabi holatlarning shakllanishi hamda ularning depressiv jihatlari tahlil qilingan, shuningdek, moddiy qiyinchiliklarning shaxs rivojlanishiga ta’sirida ijtimoiy muhit, ehtiyojlarning qondirilishi va psixologik resurslarning o‘rni ochib berilgan
09.10.2026 Ko`rish Yuklab olish
Maqolada oliy ta’lim tashkilotlarida rahbarlik faoliyatini monitoring qilishning nazariy-metodologik asoslari sun’iy intellekt texnologiyalari bilan bog‘liq holda tahlil qilinadi. Monitoringning diagnostika, baholash va rivojlantirish bosqichlari, rahbar faoliyatini KPI ko‘rsatkichlari asosida baholash imkoniyatlari hamda bashoratli tahlilning boshqaruv qarorlarini qo‘llab-quvvatlashdagi o‘rni yoritilgan. Xalqaro tajriba qiyosiy tahlil qilinib, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida HEMIS infratuzilmasi asosida sun’iy intellektga tayangan monitoringni bosqichma-bosqich joriy etishning ustuvor shartlari aniqlashtirilgan. Natijalar monitoringni nazorat vositasidan rahbarlarning kasbiy rivojlanishini ta’minlaydigan proaktiv boshqaruv mexanizmiga aylantirish zarurligini ko‘rsatadi.
09.10.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida akmeologik yondashuvni rivojlantirishning amaliy texnologik tizimi masalalari ko‘rib chiqiladi. Akmeologiya, insonning shaxsiy va professional rivojlanish jarayonlarini o‘rganadigan fan sifatida, o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini yanada samarali va natijali qilishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolaning maqsadi – bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida akmeologik yondashuvni rivojlantirishning bosqichli amaliy-texnologik tizimini ishlab chiqish va uning samaradorligini asoslashdan iborat.
25.09.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida muloqot madaniyatini yuksaltirish orqali ularning konfliktologik madaniyatini rivojlantirish muammosi tadqiq etilgan. Ta’lim jarayoniga zamonaviy raqamli vositalar va interaktiv metodlarni joriy etish orqali talabalarning nizoli vaziyatlarni boshqarish kompetensiyalarini shakllantirishning ilmiy-metodik ahamiyati va amaliy samaradorligi asoslab berilgan.
20.09.2026 Ko`rish Yuklab olish
Maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini boshqarishda ishtirokchilik, shaffoflik va hisobdorlik tamoyillarining pedagogik hamda boshqaruv imkoniyatlari tahlil qilingan. Ushbu tamoyillarning maktab rahbariyati, pedagogik jamoa, ota-onalar, o‘quvchilar, mahalla va jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Ochiq axborot, jamoatchilik monitoringi, muhokama, qayta aloqa va boshqaruv qarorlarining ijrosini baholash orqali ta’lim-tarbiya sifatiga ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari asoslangan. Ishtirokchilikning manfaatdor tomonlarni boshqaruv jarayoniga jalb etishi, shaffoflikning axborot ochiqligini ta’minlashi, hisobdorlikning esa qaror va faoliyat uchun mas’uliyatni kuchaytirishi o‘zaro bog‘liq pedagogik-boshqaruv jarayoni sifatida yoritilgan.
15.04.2026 Ko`rish Yuklab olish
Maqolada bolalarning muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishning o‘ziga xos yo‘llari yoritib berilgan. Bolalarda muloqot ko‘nikmalarini mustahkamlashning eng samarali usullari haqida soz yuritilgan. Muammo yechimi yuzasidan metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
17.04.2026 Ko`rish Yuklab olish
This article analyzes the international standards for the professional training of music teachers and the experience of leading countries — Finland, Estonia, Germany, and South Korea. The article examines modern requirements for music teacher competency, models of multidisciplinary and specialized teacher training, and the dependence of music education quality on curriculum design and teacher qualification. Based on an analysis of international research, practical recommendations have been developed to improve the music teacher training system in Uzbekistan.
16.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur tezisda iqtidorli yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini iqtisodiy rivojlanishga yo‘naltirish masalalari haqida so‘z yuritiladi. Yoshlarning kreativ iqtisodiyotga jalb etilishi, “Ijodga investitsiya” jamg‘armasining o‘rniga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, iqtidorli yoshlarni xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish, ularning innovatsion g‘oyalarini tadbirkorlikka integratsiya qilishning ahamiyatiga ham to‘xtalib o‘tilgan.
11.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
INTRODUCTION (abstract to the dissertation of the Doctor of Philosophy (PhD) The purpose of the study is to improve the technologies of formation of initial speech skills in children with alalia and to develop recommendations.
09.06.2026 Ko`rish Yuklab olish