Mazkur tezisda Oʻzbekistonda xorijiy turistlar oqimining soʻnggi yillardagi dinamikasi tahlil qilinib, turizm sektorini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy jihatlari yoritilgan. Tadqiqotda 2016–2025 yillar davomida mamlakatga tashrif buyurgan xorijiy turistlar sonidagi o‘zgarishlar statistik ma’lumotlar asosida baholanib, turizm sohasidagi institutsional islohotlar, vizaviy liberallashtirish, infratuzilma modernizatsiyasi hamda pandemiyaning ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, turizm xizmatlari bozorida talab va taklif dinamikasi, xizmatlar diversifikatsiyasi hamda sohaning barqaror rivojlanishiga ta’sir etuvchi tashkiliy-iqtisodiy omillar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida Oʻzbekistonda turizm sektorining raqobatbardoshligini oshirish va xorijiy turistlar oqimini yanada ko‘paytirish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar ishlab chiqilgan.
27.05.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada til-xalqlar do‘stligining muhim vositasi haqida so‘z yuritiladi.
26.05.2026 Ko`rish Yuklab olish
Bugungi kunda jahon turizm industriyasida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muvozanatni saqlash va hududiy iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan turizm yo‘nalishlari ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtayi nazardan, geoturizm zamonaviy turizmning innovatsion va barqaror shakllaridan biri sifatida rivojlanib bormoqda. Geoturizm nafaqat hududlarning geologik va geomorfologik obyektlarini turistik resurs sifatida foydalanishga xizmat qiladi, balki tabiiy merosni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni shakllantirish va mahalliy iqtisodiyotni faollashtirishda muhim omil hisoblanadi. Uzbekistan geologik landshaftlar, cho‘l hududlari, tog‘ tizimlari, qadimiy tabiiy yodgorliklar va noyob geomorfologik obyektlarga boy bo‘lishiga qaramasdan, geoturizm salohiyatidan foydalanish darajasi yetarli emas. Ayniqsa, turistik marshrutlar, ilmiy-ekskursion dasturlar va infratuzilma tizimlarining cheklanganligi mazkur yo‘nalishning raqobatbardoshligini pasaytirmoqda.
26.05.2026 Ko`rish Yuklab olish