Mazkur maqolada globallashuv sharoitida o‘quvchi-yoshlar orasida uchrayotgan zo‘ravonlik holatlarining ijtimoiy-pedagogik omillari, ularning shaxs rivojlanishiga salbiy ta’siri hamda zo‘ravonlikka qarshi immunitetni shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilingan. Mahalla, oila va maktab hamkorligiga asoslangan integrativ model ishlab chiqilgan hamda yoshlarning psixologik barqarorligi, ijtimoiy mas’uliyati va fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirishning samarali mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqotda profilaktik faoliyatni tizimli tashkil etish, milliy qadriyatlarga tayangan tarbiyaviy yondashuvlarni kuchaytirish hamda ijtimoiy xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan.
29.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Maqolada Ta’lim muassasasida ijobiy ma’naviy-psixologik muhitni yaratish, pedagoglar o‘rtasidagi hamkorlik va kasbiy madaniyatning o‘quvchilarning emotsional barqarorligi hamda stressga chidamliligiga ta’siri ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Shuningdek, psixologik barqarorlikni rivojlantirishda pedagogik jamoa faoliyatining samarali mexanizmlari va amaliy yondashuvlari yoritiladi.
29.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishda mutolaaning o‘rni, uning shaxs kamoloti va huquqiy ong shakllanishiga ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Yosh avlodning ma’naviy-axloqiy tarbiyasida kitobxonlik madaniyatining ahamiyati, mutolaaning huquqiy madaniyatni rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari hamda ta’lim muassasalarida kitobxonlik faoliyatini tashkil etishning samarali mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqot davomida mutolaaning o‘quvchilarning ijtimoiy xulqi, huquqiy mas’uliyati va deviant xatti-harakatlarning oldini olishdagi ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari hamda ularni bartaraf etishda kitobxonlik muhitini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
29.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida zo‘ravonlikning oldini olish, ularda zo‘ravonlikka qarshi ijtimoiy, huquqiy, ma’naviy va psixologik immunitetni shakllantirishda mahalla, oila va maktab hamkorligining ahamiyati tahlil qilinadi. Bugungi globallashuv va raqamli axborot muhiti sharoitida yoshlar turli salbiy ta’sirlar, kiberzo‘ravonlik, agressiv xulq-atvor, tengdoshlar bosimi va oilaviy muammolar bilan yuzma - yuzkel moqda. Shu sababli zo‘ravonlikning oldini olish faqat jazolash yoki nazorat qilish bilan emas, balki profilaktika, tarbiya, psixologik qo‘llab - quvvatlash, huquqiy savodxonlik va sog‘lom ijtimoiy muhit yaratish orqali amalga oshirilishi lozim. Maqolada mavjud muammolar, ularning sabablari hamda mahalla–oila–maktab hamkorligi asosidagi amaliy yechimlar yoritilgan.
29.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Bugungi kunda yoshlar tarbiyasida zoʻravonlikning oldini olish va oʻquvchilarda unga qarshi barqaror immunitetni shakllantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bu jarayonni samarali tashkil etishda mahalla, oila va maktabning oʻzaro hamkorligi alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki bola shaxsi aynan shu uchta ijtimoiy muhit taʼsirida shakllanadi va rivojlanadi.
29.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada yoshlar orasida uchrayotgan zo‘ravonlik muammosining ijtimoiy-pedagogik va psixologik jihatlari tahlil qilingan. O‘quvchi yoshlarning zo‘ravonlikka qarshi psixologik immunitetini shakllantirishning nazariy asoslari ochib berilgan hamda mahalla, oila va maktabning o‘zaro hamkorligiga asoslangan kompleks model taklif etilgan. Maqolada o‘quvchi yoshlar tarbiyasida ijtimoiy institutlarning o‘rni, psixologik barqarorlikni rivojlantirish omillari va zo‘ravonlik profilaktikasining samarali mexanizmlari yoritilgan hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
29.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada o'qituvchilar orasida keng tarqalgan professional burnout (kasbiy charchoq) hodisasining nazariy asoslari, kelib chiqish sabablari, belgilari va uni oldini olish yo'llari adabiyotlar tahlili asosida o'rganilgan. Maqolada burnoutning uch o'lchamli modeli (Maslach) markaziy nazariy asos sifatida qo'llanilgan va o'qituvchi faoliyatiga xos omillar alohida ko'rib chiqilgan.
29.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada XXI asr ko'nikmalari tushunchasi, ularning mohiyati va pedagogning bu ko'nikmalarni shakllantrishdagi tutgan o'rni adabiyotlar tahlili asosida ko'rib chiqiladi. Zamonaviy ta'lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifalardan biri shaxsda tanqidiy tafakkur, kreativlik, hamkorlik va kommunikatsiya kabi ko'nikmalarni rivojlantirishdan iborat. Tahlil natijasida zamonaviy pedagog shaxsining o'zgaruvchan ta'lim muhitiga moslashish qobiliyati XXI asr ko'nikmalarini shakllantirishning zaruriy sharti ekanligi xulosaga kelindi.
29.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada zamonaviy yoshlar psixologiyasining asosiy xususiyatlari va ularga nisbatan qo'llaniladigan pedagogik yondashuvlar ilmiy adabiyotlar tahlili asosida ko'rib chiqiladi. Tadqiqot sof adabiyotshunoslik va analitik metodologiyaga tayanadi. Olingan xulosalar shuni ko'rsatadiki, zamonaviy yoshlar uchun mo'ljallangan pedagogik yondashuvlar shaxs faolligini rag'batlantiruvchi, kommunikativ muhitni shakllantiradigan va raqamli kompetentlikni inobatga oladigan tizimli asosga ega bo'lishi zarur.
29.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada o‘quvchilarda zo‘ravonlikka qarshi immunitetni shakllantirishning nazariy-pedagogik asoslari hamda bu jarayonda mahalla–oila–maktab hamkorligi mexanizmlarining pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Zo‘ravonlikning turli ko‘rinishlari, uning yoshlar rivojlanishiga salbiy ta’siri, profilaktik faoliyatni tashkil etishning zamonaviy yondashuvlari yoritilgan. Shuningdek, mahalla, oila va maktabning o‘zaro hamkorligini takomillashtirish orqali o‘quvchilarda ijtimoiy mas’uliyat, huquqiy madaniyat, bag‘rikenglik va zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
29.06.2026 Ko`rish Yuklab olish