Ushbu maqola sun'iy intellekt (SI) texnologiyalari asosida strategik ta'lim boshqaruvini rivojlantirishning texnik va tashkiliy asoslarini o'rganishga bag'ishlangan. Maqolada ta'lim muassasalarida SI asosidagi boshqaruv tizimlarini arxitekturasi, ma'lumotlar oqimlarini integratsiya qilish modellari va qaror qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Muhandislik nuqtai nazaridan ta'lim boshqaruvida SI tizimlarini ishlab chiqish va joriy etishning texnik talablari hamda O'zDJTU huzuridagi markaz uchun ishlab chiqilgan prototip yechimlar taqdim etiladi. Tadqiqot natijalari ta'lim muassasalari rahbarlari va IT mutaxassislari uchun SI asosidagi boshqaruv tizimlarini qurish bo'yicha amaliy yo'riqnoma vazifasini o'taydi.
30.08.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqola sun'iy intellekt (SI) texnologiyalarining oliy ta'lim tizimiga integratsiyasi, uning strategik boshqaruv jihatlari va xalqaro tajribasi masalalarini o'rganadi. Maqolada SI asosida ta'limni individuallashtirishning zamonaviy yondashuvlari, ta'lim muassasalarida innovatsion boshqaruv modellarining joriy etilishi hamda yetakchi davlatlarning ilg'or amaliyotlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari Uzbekiston oliy ta'lim tizimida SI texnologiyalarini tatbiq etish uchun strategik yo'nalishlar va tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
30.08.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada ta’lim muassasalarining strategik rivojlanishini rejalashtirishda Big Data va sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining o‘rni hamda ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim muassasalari faoliyatini samarali boshqarish, ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish va rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda Big Data hamda SI texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari yoritilgan. Shuningdek, xalqaro tajriba asosida ushbu texnologiyalarni oliy ta’lim boshqaruviga integratsiya qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
30.08.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada oliy ta’limda ta’lim sifatini oshirish, xususan, pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimida generativ sun’iy intellekt (AI) va prompt-injiniring metodologiyasidan foydalanish masalalari tadqiq etilgan. TKTI tajribasi asosida prompt shakllantirishning ilmiy tizimi ("Rol — Kontekst — Vazifa — Format") va pedagogik amaliyotda AI dan "metodik maslahatchi" sifatida foydalanishning 4 ta innovatsion modeli taklif etilgan. Ishlab chiqilgan modellar va amaliy prompt andozalari an’anaviy nazorat topshiriqlarini zamonaviy shaklga o‘tkazish, baholash instrumentlarining xolisligini ta’minlash hamda pedagoglarning ish vaqtini optimallashtirishga xizmat qiladi.
30.08.2026 Ko`rish Yuklab olish
So‘nggi yillarda xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada oshmoqda. Jumladan, hindiy tili o‘zining boy madaniyati, kino sanoati, adabiyoti va xalqaro aloqalardagi o‘rni sababli ko‘plab o‘rganuvchilar e’tiborini tortmoqda. Raqamli texnologiyalar rivoji, ayniqsa, sun’iy intellekt va mobil ilovalar til o‘rganish jarayonini ancha oson va qiziqarli qilmoqda. Mazkur maqolada hindiy tilini o‘rganish jarayonida mobil ilovalar va ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi.
30.08.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ta’limni boshqarish tizimlari (Learning Management System – LMS) zamonaviy raqamli ta’lim muhitida o‘quv jarayonlarini tashkil etish va boshqarishning muhim vositasiga aylangan. Ushbu tezisda ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish hamda ta’lim platformalarini diversifikatsiyalash masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda xalqaro amaliyotda keng qo‘llanilayotgan Moodle va Canvas LMS tizimlarining funksional imkoniyatlari, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishdagi o‘rni hamda o‘ziga xos jihatlari qiyosiy tahlil asosida o‘rganilgan. Moodle platformasining konstruktivistik ta’lim muhitini shakllantirish, kurslarni moslashuvchan boshqarish va o‘quv faoliyatini monitoring qilishdagi afzalliklari, Canvas tizimining esa bulutli arxitekturasi, intuitiv interfeysi va mobil integratsiyadagi yuqori samaradorligi yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, LMS platformalarini sun’iy intellekt texnologiyalari bilan integratsiya qilish o‘quv jarayonlarini individuallashtirish, ta’lim sifatini optimallashtirish hamda boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qilishi asoslab berilgan
30.08.2026 Ko`rish Yuklab olish
The pedagogical experiment was conducted at Tashkent State Medical University, formerly Tashkent Medical Academy. The sample included 100 students divided into a control group and an experimental group of 50 students each. In the control group, the motivational interest indicator was 60%, whereas in the experimental group it reached 80%. The difference between the groups was statistically significant (χ² = 4.76; p = 0.029). In addition, 70% of students in the experimental group supported continuation of the technology, while 30% noted that the method may increase the workload of independent study. The findings suggest that BioPrompt technology can be considered a partial solution for managing learning motivation and for strategically organizing the responsible use of artificial intelligence in medical education.
30.08.2026 Ko`rish Yuklab olish