“Tarbiyaviy jarayonlarni boshqarishning xalqaro modellarini qo'llash mexanizmlari: muammolar va yechimlar” mavzusidagi xalqaro miqyosdagi ilmiy amaliy anjuman

03.06.2025


RAQAMLI TEXNOLOGIYA ORQALI MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARNI KASBGA QIZIQISHLARINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK ZARURIYATI

Gaziyeva Nigora Shamsiddinovna, Xodjimatova Nazira Toshmatovna, Isabekova Dilafruz Shermirzayevna

Raqamli texnologiyalar maktabgacha ta’lim tizimida bolalar rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, maktabgacha katta yoshdagi bolalar uchun kasbga qiziqishlarni rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning roli har qachongidan ham katta ahamiyatga ega. Raqamli platformalar va vositalar, o‘zlarining interaktiv imkoniyatlari bilan, bolalarga turli kasblar bilan tanishish, kasbga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish va kelajakdagi kasb tanlash jarayonida ilmiy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirishda yordam beradi.

11.06.2025 Ko`rish Yuklab olish

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI KO‘ZI OJIZ O‘QUVCHILARNI BRAYL YOZUVIDA YOZISH VA O‘QISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

Dangalov Sunnatilla Mustafayevich

Mazkur maqolada 6-7 yoshli ko‘zi ojiz o‘quvchilarni brayl yozuvi priboridan foydalangan holda to‘g‘ri yozish ko‘nikmalarini shakllantirish to‘g‘risida ma’lumot beriladi. Shuningdek, brayl yozuvidagi matnni ko‘rsatkich barmoq yordamida bexato va tez o‘qish usullari ko‘rsatib o‘tilgan. O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini shakllantirish uchun harf va tovush usulining ahamiyati, bo‘g‘in va so‘z birikmasi savod chiqarish uchun boshlang‘ich omil bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlangan.

11.06.2025 Ko`rish Yuklab olish

МАКТАБГАЧА ВА МАКТАБ ТАЪЛИМИДА РАКАМЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ ИМКОНИЯТЛАР

B.A.Olimov

Рақамли технологиялар таълимни ривожлантириш ва фаолиятга асосланган ёндашувни амалга ошириш, мактабгача таълим муассасаларининг таълим муҳитини бойитиш вазифаларини ҳал қилишнинг самарали воситасидир. Вертуал ва медио таълим вазифаларини ҳал қилиш жараёнида болаларда мактабгача ва мактаб таълим учун аввалом бор Давлат таълим стандартларини кайта кўриб чиқиб замон талабига мослаштириш керак. Шундагина ўқувчиларда ижодкорлик, ташаббускорлик, қизиқувчанлик, қатъиятлилик, меҳнатсеварлик, масъулият ривожланади.

11.06.2025 Ko`rish Yuklab olish

FIZIKADAN MASALA ECHISHDA RAQAMLI TEXNOLIQIYALARINI JORIY ETISH

B.A. Olimov

Maqolada raqamli ta’lim texnologiyalarini umum o‘rta ta‘lim tizimida foydalanish haqida gap boradi. Taklif kilinadigan maqolada oldin masala fizik usulida echib ko‘rsatilgan. Keyin esa axborot texnologiyalarini ayrim dasturlaridan foydalangan yolda masala echilgan. Bu esa ta’limini ikki fan integrasiyasi deb ham qarash mumkin.

11.06.2025 Ko`rish Yuklab olish

OG‘IR NUTQ KAMCHILIGI BO‘LGAN BOLALAR BILAN TASHKIL ETILADIGAN TA’LIM VA TARBIYANI O‘ZIGA XOSLIGI

Ayupova Mukarram Yuldashevna

ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarining nutq kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar guruhlarida ta’lim va tarbiyani tashkil etish masalalari va o‘ziga xos tomonlari yoritib berilgan.

11.06.2025 Ko`rish Yuklab olish

5–7-SINFLARDA INGLIZ TILIDAGI MULOQOT MATNLARI ORQALI O‘QUVCHILARNING O‘Z-O‘ZINI RIVOJLANTIRISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA AN’ANAVIY TARBIYA, UMUMINSONIY QADRIYATLAR VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR INTEGRATSIYASI

Abdumurodova Dilnoza Azimjon qizi, Saxoddinova Muhayyo Eshmamat qizi

Ushbu maqolada 5–7-sinflar hamda yuqori sinf o‘quvchilarida ingliz tilidagi muloqot matnlari orqali o‘z-o‘zini rivojlantirish ko‘nikmalarini shakllantirish masalasi ko‘rib chiqiladi. O‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishini ta’minlashda kommunikativ kompetensiyani mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ingliz tilidagi matnlar vositasida singdirish, hamda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishning o‘rni asoslab beriladi. Pedagogik yondashuvlar, didaktik vositalar, interaktiv metodlar yordamida shaxsiy rivojlanish va tarbiyaviy natijalarga erishishning samarali usullari yoritilgan.

11.06.2025 Ko`rish Yuklab olish