Tezisda poyabzal bozorining potensial talabini aholi soni, shartli isteʼmol meʼyori va oʻrtacha narx orqali baholash usuli tahlil qilinadi. Tarixiy maʼlumotlar asosida 83,5133 mln juft va 1 252,6995 mln dollarlik shartli potensial talab hisoblanadi. Mahalliy ishlab chiqarishning ushbu talabga nisbati bozorning qondirilmagan qismiga teng emasligi asoslanadi. Import, eksport va zaxiralar harakatini hisobga olish, ssenariyni ehtimoliy prognozdan ajratish taklif etiladi.
22.12.2025 Ko`rish Yuklab olish
В статье рассматривается влияние технологий искусственного интеллекта на качество аудита в условиях цифровой трансформации экономики. Определены основные преимущества применения интеллектуальных технологий при анализе данных, оценке рисков и получении аудиторских доказательств. Выявлены факторы, ограничивающие эффективность использования искусственного интеллекта в аудиторской практике Узбекистана, включая недостаточную цифровую зрелость организаций, дефицит квалифицированных кадров и необходимость совершенствования нормативного регулирования. Обоснованы основные направления дальнейшего развития цифрового аудита.
29.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada pul muomalasi barqarorligini ta’minlashda raqamli to‘lov tizimlaridan foydalanish samaradorligini baholashning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Raqamli to‘lov infratuzilmasining rivojlanishi, pul aylanish tezligi, moliyaviy inklyuziya, tranzaksiya xarajatlari va pul oqimlari shaffofligini ifodalovchi indikatorlar tizimi yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida raqamli to‘lov tizimlarining makroiqtisodiy barqarorlik, fiskal intizom va monetar siyosat samaradorligiga ta’siri baholanib, ularni takomillashtirishga oid ilmiy-amaliy xulosalar ishlab chiqilgan.
01.01.2026 Ko`rish Yuklab olish
Zamonaviy pedagogik paradigma doirasida soft skills va boshqaruv kompetensiyalarining o‘zaro uyg‘unligi talabaning professional identifikatsiyasini shakllantiruvchi asosiy omillardan biri sifatida qaralmoqda. Soft skills komponenti kommunikativ moslashuvchanlik, empatik tinglash, konfliktlarni konstruktiv hal etish va liderlik tashabbuslarini namoyon etish orqali boshqaruv faoliyatining insoniy-ijtimoiy asosini mustahkamlaydi. Boshqaruv kompetensiyasi esa ushbu ko‘nikmalarni strategik maqsadlarga yo‘naltirilgan tashkiliy amaliyot bilan bog‘lab, qarorlar samaradorligini oshiradi. Shu bois iqtisodiyot ta’limida mazkur ikki kompetensiya klasterining integratsiyasi nafaqat didaktik, balki institutsional zarurat sifatida namoyon bo‘ladi.
04.03.2026 Ko`rish Yuklab olish
Данная статья посвящена исследованию об изменение теории труда при использованию искуственного интеллекта в сфере труда. В данной работе теория труда представлена как система, стоящая из двух взаимодействующих и взаимообусловленных подсистем: теории традиционного труда и теории интеллектуального труда.
10.02.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida transport xizmatlari ko‘rsatishning qonuniy-huquqiy asoslari, ularni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar hamda transport va turizm o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar tahlil qilinadi. Transport infratuzilmasining rivojlanishi mamlakatda ichki va tashqi turizmning kengayishiga qanday ta’sir etayotgani ko‘rsatib o‘tilgan. Shu bilan birga, transport sohasidagi davlat siyosatining turizm industriyasi bilan uyg‘unlashuvi, xalqaro standartlarga mos me’yoriy tartibotlar tahlil qilinadi.
01.02.2026 Ko`rish Yuklab olish
Keng taqiqlangan zonali (taqiqlangan zona kengligi > 2.2 eV) yarimo‘tkazgich materiallari, masalan, SiC (3.25 eV), GaN (3.4 eV), ZnO (3.37 eV) ularning yuqori optik va elektr xususiyatlari sababli yorug‘lik chiqarish, optik xotira, yuqori chastota va yuqori kuchlanishli elektron qurilmalarda keng qo‘llaniladi [1–4]. Ultra-keng taqiqlangan zonali (taqiqlangan zona kengligi > 4 eV) yarimo‘tkazgich materiallari, masalan, Ga2O3 (4.2–5.0 eV), olmos (5.5 eV), va AlN (6.2 eV) katta taqiqlangan zona kengligi bilan yuqori fizik xususiyatlarga ega. Jumladan, yuqori buzilish elektr maydoni kuchi, mukammal dielektrik doimiysiga egaligi, barqaror yuqori haroratlarda ishlashi va past energiya yo‘qotilishi [5-7].
29.01.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning jahon va milliy miqyosdagi tendensiyalari hamda O’zbekistonda iqtisodiyotning raqamlashuvi tahlil qilingan. Shuningdek, O’zbekistonda raqamli transformatsiya jarayonlari, xususan bank tizimi, tadbirkorlik muhiti, davlat xizmatlari va infratuzilmaning modernizatsiyasi bo’yicha amalga oshirilayotgan islohotlar o’rganiladi. Tadqiqotda raqamli iqtisodiyotning jahon va milliy iqtisodiyotga ta’siri, mavjud muammolar va kelgusidagi rivojlanishi mumkin yo’nalishlar muhokama qilinadi.
27.01.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada o‘quv markazi biznes modelini xarajat yondashuvi asosida baholash hamda moliyaviy majburiyatlar tahlili orqali uni takomillashtirish masalalari tadqiq qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, inson omiliga yuqori darajada bog‘liqlik va doimiy xarajatlar yukini kamaytirish maqsadida boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish va CRM tizimlaridan foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
26.01.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada nodavlat ta’lim muassasalarini boshqarish strategiyasida qo‘llaniladigan asosiy sifat mezonlari tahlil qilinadi. Ta’lim bozorida raqobat kuchayib borayotgan sharoitda nodavlat muassasalarning samarali faoliyati ularning strategik boshqaruv yondashuviga, pedagogik jarayon sifati, kadrlar salohiyati, moddiy-texnik baza darajasi, moliyaviy boshqaruv shaffofligi va xizmatlar iste’molchilarining qoniqishiga bog‘liqdir. Maqolada ta’lim jarayonini monitoring qilish, raqamli transformatsiya, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda boshqaruv madaniyati kabi mezonlarning ahamiyati yoritiladi. Xulosa sifatida, nodavlat ta’lim muassasalarida sifatni ta’minlash tizimi strategik boshqaruvning asosiy omili ekani, u ta’lim xizmatlarining barqarorligi va raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi.
23.01.2026 Ko`rish Yuklab olish