“Globallashuv davrida raqamli iqtisodiyot, innovatsion tafakkur va ta’lim kompetensiyasi: global fuqarolik sari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya

19.12.2025


SUN'IY INTELLEKT VA IOT: KIBERXAVFSIZLIKNING YANGI DAVRI (KENGAYTIRILGAN TAHLIL)

Yo'lbarsov Muhammadrasul

Axborot texnologiyalari sohasidagi so‘nggi yutuqlar, xususan, Internetga ulangan qurilmalar (Iot) texnologiyasining keng tarqalishi va Sun'iy intellekt (AI) tizimlarining integratsiyasi iqtisodiyot va ijtimoiy hayotni sezilarli o‘zgartirdi. Ammo, ushbu rivojlanish bilan birga, kiberxavfsizlikka oid yangi va murakkab tahdidlar paydo bo‘lmoqdi. AI ikkala tomonda – mudofaa va hujumda ham faol qo‘llanilishi sababli, Iot ekotizimida xavfsizlikni ta’minlash bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biriga aylandi.

16.01.2026 Ko`rish Yuklab olish

KICHIK BIZNES SUBYEKTLARIDA INNOVATSION VOSITALAR ORQALI RISKLARNI BOSHQARISH

Ozodova Shahzoda Ulug‘bek qizi, Muhiddinov Ozodbek Ikromjon o‘g‘li, Tursunov Rasul

Mazkur maqolada kichik biznes subyektlarida risklarni boshqarishning innovatsion vositalari va yondashuvlari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida moliyaviy, bozor, operatsion va tashkiliy risklarni aniqlash, baholash va kamaytirishning samarali usullari o‘rganildi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish va diversifikatsiya strategiyalarining kichik biznesdagi amaliy qo‘llanilishi yoritilgan. Tadqiqot natijalari innovatsion vositalardan foydalanish orqali risklarni samarali boshqarish, raqobatbardoshlikni oshirish va barqaror rivojlanishni ta’minlash imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Ushbu ish kichik biznes subyektlari va tadbirkorlar uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda ilmiy asos sifatida xizmat qiladi.

16.01.2026 Ko`rish Yuklab olish

KICHIK BIZNESDA RISKLARNI KAMAYTIRISHNING INNOVATSION STRATEGIYALARI

Ozodova Shahzoda Ulug‘bek qizi, Muhiddinov Ozodbek Ikromjon o‘g‘li, Tursunov Rasul

Mazkur maqolada kichik biznes faoliyatida uchraydigan moliyaviy, bozor, operatsion va tashkiliy risklarni kamaytirishning innovatsion strategiyalari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, diversifikatsiya siyosati, moslashuvchan boshqaruv usullari hamda ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish mexanizmlarining ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, kichik biznes subyektlarining raqobatbardoshligini oshirishda innovatsion yondashuvlarning o‘rni va ularning iqtisodiy barqarorlikka ta’siri asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari kichik biznes vakillari uchun risklarni samarali boshqarish va barqaror rivojlanishni ta’minlashda amaliy ahamiyat kasb etadi.

16.01.2026 Ko`rish Yuklab olish

INNOVATSION TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH BO‘YICHA ILG‘OR YONDASHUVLAR

Komiljonov Akbarjon Iskandar o‘g‘li, Umarova M. A.

Ushbu maqolada innovatsion tafakkurni shakllantirishning zamonaviy va ilg‘or yondashuvlari tahlil qilingan. Raqamli transformatsiya jarayonlarining tezlashuvi sharoitida ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, moslashuvchanlik va yechimlarni tez topish kabi kompetensiyalarni rivojlantirish ta’lim hamda boshqaruv tizimlarining ustuvor yo‘nalishiga aylanmoqda. Maqolada innovatsion fikrlashning nazariy asoslari, inson kapitalini rivojlantirishdagi roli, innovatsion muhit va ekotizimlarning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, STEAM-ta’lim, loyiha asosida o‘qitish, akseleratsiya dasturlari, startap inkubatsiyalari va raqamli simulyatorlardan foydalanish kabi ilg‘or metodlar samaradorligi o‘rganilgan. O‘zbekiston sharoitida innovatsion tafakkurni rivojlantirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ilgari surilgan..

16.01.2026 Ko`rish Yuklab olish

TURIZM BOSHQARUVI: STRATEGIYA, INNOVATSIYA VA BARQAROR RIVOJLANISH

Karimova Mohinur Dilshod qizi

Ushbu maqola turizm boshqaruvi sohasining zamonaviy yondashuvlarini, strategik rejalashtirish va barqaror rivojlanish tamoyillarini tahlil qiladi. Shuningdek, maqolada turizm sohasidagi innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar va xizmat sifatini oshirish metodlari ko‘rib chiqiladi. Turizm boshqaruvi hududiy va milliy miqyosda turistik salohiyatni rivojlantirishga, mahalliy jamiyatlar va atrof-muhitga ta’sirni kamaytirishga qaratilgan muhim vosita sifatida ta’riflanadi.

16.01.2026 Ko`rish Yuklab olish

ЭВОЛЮЦИЯ ПОДГОТОВКИ КАДРОВ КАК ФАКТОР УСТОЙЧИВОГО РАЗВИТИЯ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ

Икрамов Мурат Акрамович, Абдурашидова Нигора Алишеровна

В условиях цифровизации экономики существенно возрастает роль высококвалифицированных специалистов, в том числе маркетологов, что обуславливает необходимость уточнения требований, предъявляемых к профессиональным компетенциям кадров в сфере маркетинга, а также к системе их подготовки. В статье на основе анализа опыта системы высшего образования Республики Узбекистан предложены мероприятия, направленные на пересмотр содержания образовательных стандартов, учебных планов и сроков подготовки специалистов-маркетологов с учётом современных требований цифровой экономики.

16.01.2026 Ko`rish Yuklab olish

TARMОQDA QO‘LLANILADIGAN PROTOKOLLAR VA ULARNING VAZIFASI

Yo‘ldosheva Asaloy

Ushbu maqolada kompyuter tarmoqlarida qo‘llaniladigan asosiy protokollar, ularning funksional vazifalari hamda ma’lumot almashinuvi jarayonidagi o‘rni tizimli ravishda yoritiladi. Protokollarning OSI modeli bo‘yicha taqsimlanishi, tarmoqdagi qurilmalar o‘rtasida ma’lumotlarni ishonchli va xavfsiz yetkazib berishdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, TCP/IP, HTTP, HTTPS, FTP, DNS, DHCP va boshqa keng qo‘llaniladigan protokollarning amaliy qo‘llanilishi ham ko‘rsatib beriladi.

16.01.2026 Ko`rish Yuklab olish

INNOVATSION TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH BO‘YICHA ILG‘OR YONDASHUVLAR

Mo'minov Muslimbek, Umarova Mukaddas Abbasovna

Zamonaviy jamiyatda ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi ta’lim tizimi oldiga mutlaqo yangi talablarni qo‘ymoqda. Ayniqsa, oliy va o‘rta maxsus ta’limda o‘qitiladigan fanlar mazmunini zamon talablariga mos ravishda yangilash, ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, tahlil qilish va yangicha yondashuv asosida qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish dolzarb masalaga aylangan. Shu nuqtayi nazardan, statistika fanini o‘qitish jarayonida innovatsion tafakkurni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

16.01.2026 Ko`rish Yuklab olish

KORXONALARDA ICHKI NAZORAT VA AUDIT JARAYONLARINI RAQAMLASHTIRISH

To‘lqinov Muhammadaziz Abdulla o‘g‘li

Ushbu maqolada korxonalarda ichki nazorat va audit jarayonlarining zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida transformatsiya qilinishi tahlil qilinadi. Raqamlashtirish nafaqat audit jarayonlarining aniqligini oshirishi, balki xatoliklarni kamaytirishi, monitoringni tezlashtirishi hamda menejment uchun real vaqt rejimida ma’lumot olish imkoniyatini yaratishi ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada raqamli audit platformalari, avtomatlashtirilgan risk boshqaruvi tizimlari, elektron hujjat aylanishi, bulutli texnologiyalar va sun’iy intellektdan foydalanishning afzalliklari yoritiladi. Shuningdek, korxonalarda raqamlashtirish jarayonida uchraydigan muammolar va ularni bartaraf etish mexanizmlari ham tahlil qilingan.

16.01.2026 Ko`rish Yuklab olish

“GLOBAL BOZORLARDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANING BIZNES SAMARADORLIGIGA TA’SIRI”

Temirov Karimjon Yunusali o‘g‘li

Raqamli transformatsiya hozirgi iqtisodiy sharoitda korxonalar uchun raqobat ustunligini ta’minlovchi muhim strategik yo‘nalishga aylandi. Mazkur maqolada raqamli transformatsiyaning korxonalar moliyaviy samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda bozor ulushi, sof foyda rentabelligi va bozor qiymatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar asosiy natijaviy o‘zgaruvchilar sifatida ko‘rib chiqiladi. Raqamli transformatsiya darajasi esa strategik chuqurlik va texnologik qo‘llanish kengligi orqali baholanadi. Empirik tahlil natijalari raqamli transformatsiya dastlabki bosqichlarda ayrim moliyaviy ko‘rsatkichlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini, biroq uzoq muddatda operatsion samaradorlik va bozor moslashuvchanligini oshirish orqali ijobiy natijalarga olib kelishini ko‘rsatadi. Shuningdek, mulkchilik shakliga qarab transformatsiya jarayonida samaradorlik farqlari mavjudligi aniqlanadi. Tadqiqot xulosalari korxonalar uchun raqamli transformatsiyani bosqichma-bosqich va strategik yondashuv asosida amalga oshirish zarurligini asoslaydi.

16.01.2026 Ko`rish Yuklab olish