“Globallashuv davrida raqamli iqtisodiyot, innovatsion tafakkur va ta’lim kompetensiyasi: global fuqarolik sari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya

19.12.2025


RAQAMLI BANK XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH VA MIJOZLAR UCHUN SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI

Ergasheva Nigoraxon Xusniddin qizi, Ergasheva Nigorakhon Khusniddin qizi

Ushbu maqolada O‘zbekistonda bank xizmatlarida raqamli texnologiyalardan foydalaninshni o‘rganish haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek maqola muallifining bank xizmatlarini ko‘rsatishda qanday jihatlarga e’tibor qaratilishi haqidagi taklif va xulosalari haqida ham ma’lumotlar berilgan.

26.12.2025 Ko`rish Yuklab olish

KICHIK BIZNESNI BOSHQARISHDA RAQAMLASHTIRISHNING AHAMIYATI

Ergashev Lazizbek

Ushbu maqolada kichik biznes subyektlarida raqamlashtirish jarayonlarining tutgan o‘rni, uning boshqaruv jarayonlariga ko‘rsatadigan ta’siri hamda zamonaviy texnologiyalar orqali yaratilayotgan yangi imkoniyatlar keng tahlil etiladi. Shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan raqamli islohotlar, elektron savdo tizimlarining kengayishi, fintech xizmatlari, sun’iy intellektdan foydalanish va startap ekotizimining biznes rivojidagi roli ko‘rib chiqiladi. Maqolada raqamli transformatsiya kichik biznesning samaradorligi, bozor imkoniyatlari va raqobatbardoshligiga qanday ta’sir qilishi haqida ilmiy xulosalar berilgan.

26.12.2025 Ko`rish Yuklab olish

TIJORAT BANKLARINING RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI

Davronov Muhammad Alisher o‘g‘li

Ushbu maqolada tijorat banklarining raqamli transformatsiyasi jarayoni, uning mazmuni va amaliy ahamiyati yoritilgan. Raqamli texnologiyalar asosida bank xizmatlarini modernizatsiya qilish, mobil va onlayn bankingning rivojlanishi, fintech yechimlarining joriy etilishi, kiberxavfsizlik talablarining kuchayishi hamda ushbu jarayonning iqtisodiy samaralari tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston bank tizimida amalga oshirilayotgan raqamli islohotlar misolida transformatsiya jarayonining dolzarbligi ko‘rsatib berilgan. Maqola tijorat banklari rivojiga ta’sir qiluvchi zamonaviy tendensiyalarni o‘rganishga qaratilgan.

26.12.2025 Ko`rish Yuklab olish

RAQAMLI IQTISODIYOT GLOBAL RIVOJLANISH TENDENSIYALARINING TADBIRKORLIK FAOLIYATIGA TA’SIRI

Begmatova Shaxnoza Adxamovna, Akramov Kamoliddin Jalilivich

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning global miqyosdagi rivojlanish tamoyillari va ularning zamonaviy tadbirkorlik faoliyatiga ta’siri ilmiy-nazariy hamda tahliliy yondashuvlar asosida o‘rganildi. Tahlillar natijasida raqamli iqtisodiyot tadbirkorlikning samaradorligini oshirish, global bozorga integratsiyani jadallashtirish hamda yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratishda muhim omilga aylanib borayotgani ilmiy asoslandi.

26.12.2025 Ko`rish Yuklab olish

BIZNESNI BOSHQARISHDA BLOKCHAIN FOYDALANISHNI AFZALLIKLARI

Bahodorov Jahongirmirzo Bahriddin o‘g‘li, Yuldashev Abduhakim Abdukarimovich

Ushbu maqolada biznesni boshqarish jarayonlarida blokcheyn texnologiyasidan foydalanishning asosiy afzalliklari tahlil qilinadi. Blokcheynning markazlashmagan (dezentralizatsiya) tuzilmasi korxonalarda ma’lumotlarning ishonchliligini oshirishi, firibgarlik xavfini kamaytirishi hamda tranzaksiyalarni shaffof yuritish imkonini berishi ilmiy asoslarda yoritilgan. Shuningdek, texnologiyaning o‘zgarmas (immutability) xususiyati ma’lumotlarning xavfsiz saqlanishi va real vaqt rejimida kuzatilishini ta’minlaydi. Tadqiqotda blokcheynning ta’minot zanjiri boshqaruvini optimallashtirish, to‘lov tizimlarini soddalashtirish, mijozlar bilan munosabatlarni yaxshilash va operatsion xarajatlarni qisqartirishdagi roli ko‘rsatilgan. Maqolada turli biznes jarayonlarda samaradorlikni oshirish uchun blokcheyn texnologiyasini joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham beriladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, blokcheyn biznes boshqaruvida yuqori darajadagi xavfsizlik, tezkorlik, shaffoflik va raqamli ishonchni yaratish orqali raqobatbardoshlikni kuchaytiruvchi muhim innovatsion platformadir.

26.12.2025 Ko`rish Yuklab olish

RAQAMLI IQTISODIYOT: UNING MOHIYATI, AFZALLIKLARI, MUAMMOLARI VA O‘ZBEKISTONDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Zuxra Axmedova Ma’rubjonovna, Abdulbosit Xalimov Rustamjon o‘g‘li

Bugungi tez rivojlanayotgan dunyoda raqamli iqtisodiyotning ahamiyati katta. Internetning keng tarqalishi, smartfonlarning arzonlashuvi, sun’iy intellektning rivojlanishi va onlayn xizmatlarning ko‘payishi natijasida odamlar hayot tarzi ham, biznes tizimi ham o‘zgarishni boshladi. Shu sababli “raqamli iqtisodiyot” atamasi bugungi kunda deyarli barcha sohalarda uchraydi, chunki u jamiyatning kundalik hayotida muhum ahamiyatga ega.

26.12.2025 Ko`rish Yuklab olish

SAVDO TARMOGINI KENGAYTIRISHDA FRANCHAYZINGNI AFZALLIKLARI

Abdurahimov Abdusamad, D.N. Ishmanova

Mazkur maqolada franchayzing tizimining iqtisodiyotdagi o‘rni, uning savdo tarmoqlarini kengaytirishdagi mexanizmlari va afzalliklari yoritilgan. Unda franchayzing modelining huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy jihatlari, shuningdek O‘zbekiston sharoitida franchayzing asosida biznesni rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Maqolada franchayzing va an’anaviy tadbirkorlik o‘rtasidagi farqlar, investitsion risklarni kamaytirish mexanizmlari hamda axborot texnologiyalarining franchayzingdagi o‘rni asoslab berilgan.

26.12.2025 Ko`rish Yuklab olish

BIZNESDA RISKLARNI BOSHQARISHNING AMALIY MEXANIZMLARI

Abdukarimova Muslima Abduaziz qizi

Ushbu maqolada biznes faoliyatida risklarni boshqarishning amaliy mexanizmlari, ularning mazmuni va korxona barqarorligi uchun ahamiyati yoritilgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar turli xil noaniqliklar va xavf omillariga duch keladi, shuning uchun risklarni aniqlash, baholash va samarali boshqarish bugungi kunda strategik boshqaruvning ajralmas qismiga aylangan. Maqolada risklarni boshqarishning zamonaviy yondashuvlari, xususan, risklarni identifikatsiya qilish, sifat va miqdoriy baholash, risklarni kamaytirish, taqsimlash, sug‘urtalash va monitoring qilish mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, korxonalar tomonidan qo‘llanilayotgan amaliy risk boshqaruvi modellari, xalqaro standartlar (ISO 31000) asosidagi yondashuvlar hamda O‘zbekistondagi biznes subyektlarining real tajribalari o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, risklarni boshqarishning samarali tizimini shakllantirish korxonaning moliyaviy barqarorligini oshirish, investitsion jozibadorligini kuchaytirish va raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qilishi aniqlangan.

26.12.2025 Ko`rish Yuklab olish

OMBORXONANI RAQAMLASHTIRISHNING AFZALLIKLARI

Abdiraufova D.J.

Ushbu maqolada omborxona boshqaruv tizimlarini raqamlashtirishning afzalliklarini tahlil qilish, raqamlashtirishning zamonaviy texnalogiyalar asosida omborxona operatsiyalarini samaradorligini oshirishdagi o‘rnini ko‘rib chiqamiz. Maqolada malumotlar xavfsizligi, jarayonlarning avtomatlashtirilishi, xarajatlarning optimallashtirilishi va logistika jarayonining shaffofligini ta’minlash bo‘yicha muhim jihatlar tahlil qilingan. Bundan tashqari, raqamlashtirishning iqtisodiy samaradorligi va mahalliy hamda global miqyosdagi tadbirkorlikka bo‘lgan ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari sifatida omborxona boshqaruv tizimlari modernizatsiya qilish bo‘yicha amaliy tavfsiyalar berilgan.

26.12.2025 Ko`rish Yuklab olish