Mazkur ishda frezerlik ishlov beruvchi sanoat texnologik tizimlarida IoT sensorlari orqali olinadigan signallarni qayta ishlash va texnologik tizim holatini baholashda Kalman filtridan foydalanish masalalari tadqiq etilgan. Sensor signallaridagi noaniqliklarni kamaytirish, jarayon parametrlarini real vaqt rejimida identifikatsiyalash hamda adaptiv optimallashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.
17.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Данное исследование предлагает комплексный теоретический и вычислительный подход к моделированию того, как поверхностные волны (типа Рэлея и Лява) распространяются внутри пороупругих сред, описываемых моделью Био. Мы акцентируем внимание на том, что точное задание граничных условий (как для дренированного, так и недренированного режимов) на свободной границе критически определяет характеристики затухания и дисперсии поверхностных мод. Опираясь на систему уравнений Био, авторы построили кососимметричную (энергетически стабильную) слабую формулировку. В ней используются смешанные переменные: поровое давление и смещение твердого каркаса.
17.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada uch oʼlchovli galiley fazosidagi sirtni umumiy tenglamasidan foydalanib uning klassifikatsiyasi koʼrsatilgan va bu fazoda sirtlar uchun muxim boʼlgan baʼzi teoremalar isbotlangan. Galiley xarakatidagi sirt deformatsiyasini tadbiqi koʼrsatilgan.
16.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada panjara maydonida harakatlanayotgan zarrachaning koordinatasi va energiya taqsimoti qonuniyatlari nazariy jihatdan tadqiq etilgan. Izlanish davomida kvant va statistik mexanika usullaridan foydalanib, zarrachaning panjara tugunlarida boʻlish ehtimolligi va uning energetik spektri tahlil qilingan. Tizimning harorati va panjara potensiali zarracha holatiga koʻrsatadigan taʼsiri matematik modellar yordamida koʻrsatilgan. Olingan natijalar qattiq jismlar fizikasi va yarimoʻtkazgichlar nazariyasida statsionar holatlarni prognozlashda muhim ahamiyatga ega.
15.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada sonli ketma-ketliklarning limitlarini hisoblashda matematik induksiya metodining qo‘llanilishi va uning nazariy hamda amaliy ahamiyati yoritilgan. Matematik induksiya usuli orqali ketma-ketliklar, tengsizliklar va ayrim funksional bog‘lanishlarni isbotlash jarayonlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu metodning elementar matematika bilan oliy matematika o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni ta’minlashdagi roli ochib beriladi.
11.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada vizual tafakkurning kognitiv mexanizmi bosqichlari asosida ketma-ket ishlashi kub tenglama ildizlarining joylashish masalasini o‘rganishdagi ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqotda vizual tafakkurning besh bosqichi modeli ya’ni tasavvur qilish va chizish, aloqa o‘rnatish, farazni ilgari surish, farazni asoslash hamda izohlash va umumlashtirish jarayonlari asosida masala yechish metodikasi ishlab chiqilgan. Kub funksiya grafigi va uning hosilasi yordamida tenglama ildizlarining joylashishi tahlil qilinib, yagona musbat ildiz mavjud bo‘lish shartlari vizual-obrazli yondashuv orqali asoslab berilgan. Natijada vizual tafakkur nafaqat tushunishni chuqurlashtirishi, balki matematik xulosalarni shakllantirishda samarali vosita ekanligi ko‘rsatilgan.
11.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Bo'lajak matematika o'qituvchilarini tayyorlash zamonaviy ta'limda juda muhim vazifadir. Raqamli texnologiyalar misli ko'rilmagan tezlikda rivojlanayotganligi sababli, o'qituvchilar uchun o'qitish va o'quv jarayonlari sifatini sezilarli darajada yaxshilaydigan zamonaviy vositalarni o'zlashtirish zarurati ortib bormoqda. Bunday texnologik yangiliklardan biri Desmos bo‘lib, u matematik tushunchalarni vizualizatsiya qilish, tushunish va muloqot qilish usulini o‘zgartiruvchi interaktiv raqamli matematika platformasidir. Ushbu maqolada Desmosni matematika o‘qituvchilari uchun o‘quv dasturlariga samarali integratsiyalashning uslubiy asoslari va pedagogik strategiyalari o‘rganiladi. Unda Desmosning matematik tushunchani chuqurlashtirish, talabalarning faolligini oshirish va ijodiy muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantirishdagi salohiyati ko‘rib chiqiladi. Maqolada mazmunni bilish, pedagogik strategiyalar va texnologik malakaga e'tibor qaratgan holda, Desmosni bo'lajak matematika o'qituvchilarini rivojlantirishda tizimli va samarali qo'llash yondashuvlari bayon etilgan. Maqolada hayotiy misollar, texnologiyani rivojlantirgan ta'limdan kutilgan natijalar muhokama qilinadi va muammolar va kelajak istiqbollari haqida to'liq fikr yuritiladi.
11.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Pedagogik texnika ta’lim jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Zamonaviy ta’lim jarayonida samaradorlikni oshirish va ta’lim sifatini yaxshilash uchun pedagogik texnika keng qo‘llaniladi. Bu tushuncha ta’limning turli aspektlarini qamrab oladi va o‘qituvchi hamda o‘quvchilarning o‘zaro munosabatlaridan tortib, o‘quv materiallarini yetkazish usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishgacha bo‘lgan keng doirani o‘z ichiga oladi. Mazkur referat pedagogik texnikaning mohiyati, komponentlari, afzalliklari va turlari haqida batafsil ma’lumot beradi.
11.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqola natural sonlar uchun bo‘linish belgilarini tuzishning turli usullarini o‘rganadi va ularning matematik asoslarini tahlil qiladi. Tadqiqot sonlarning o‘nlik yozuviga, modulli arifmetikaga va algebraik o‘zgartirishlarga asoslangan bo‘linish mezonlarini aniqlashning klassik va zamonaviy yondashuvlarini yoritadi. Tub va murakkab sonlar uchun bo‘linish qoidalarini keltirib chiqarishga, shu jumladan ixtiyoriy bo‘luvchilarga qo‘llaniladigan umumlashtirilgan algoritmlarga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, maqolada bo‘linish qoidalarining o‘quvchilarda hisoblash tafakkuri va sonlar nazariyasi ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi pedagogik ahamiyati muhokama qilinadi. Taklif etilgan usullarning samaradorligini ko‘rsatish uchun bir nechta misollar va isbotlar keltirilgan.
11.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada maktab matematika o‘quv dasturiga boshlang‘ich iqtisodiy bilimlarni integratsiya qilish masalalari yoritilgan. Hozirgi globallashuv va bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘quvchilarda iqtisodiy tafakkur, moliyaviy savodxonlik hamda kundalik hayotiy vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Matematika fani iqtisodiy tushunchalarni o‘zlashtirish uchun qulay vosita bo‘lib xizmat qiladi. Foiz, proporsiya, tenglama, funksiyalar va statistik ma’lumotlar yordamida iqtisodiy mazmundagi masalalarni o‘rganish mumkin. Maqolada integratsiyaning pedagogik ahamiyati, metodik yondashuvlari hamda amaliy misollar tahlil qilingan.
11.06.2026 Ko`rish Yuklab olish