“Muqobil turizm: zamonaviy tendensiyalar va kelajak istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

21.05.2026


OʻZBEKISTONDA XORIJIY TURISTLAR OQIMINING DINAMIK TAHLILI VA TURIZM SEKTORINI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY JIHATLARI

M. Y. Umarova

Mazkur tezisda Oʻzbekistonda xorijiy turistlar oqimining soʻnggi yillardagi dinamikasi tahlil qilinib, turizm sektorini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy jihatlari yoritilgan. Tadqiqotda 2016 –2025 yillar davomida mamlakatga tashrif buyurgan xorijiy turistlar sonidagi o‘zgarishlar statistik ma’lumotlar asosida baholanib, turizm sohasidagi institutsional islohotlar, vizaviy liberallashtirish, infratuzilma modernizatsiyasi hamda pandemiyaning ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, turizm xizmatlari bozorida talab va taklif dinamikasi, xizmatlar diversifikatsiyasi hamda sohaning barqaror rivojlanishiga ta’sir etuvchi tashkiliy-iqtisodiy omillar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida Oʻzbekistonda turizm sektorining raqobatbardoshligini oshirish va xorijiy turistlar oqimini yanada ko‘paytirish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar ishlab chiqilgan.

30.06.2026 Ko`rish Yuklab olish

TURISTIK RESURSLARNI BOSHQARISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI

Astanakulov Olim Tashtemirovich

Turizm jahon iqtisodiyotida eng muhim sohalardan biri bo‘lib, mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishi va rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Bundan tashqari, mamlakatdagi turizmning rivojlanishi investitsiyalar hajmi, infratuzilma va xizmatlar sohasini yaxshilaydi. Mehmondo‘stlik sanoati yildan yilga dunyo iqtisodiyotiga muhim hissa qo‘shib, ish o‘rinlarini ta’minlaydi. Shu sababli ko‘plab davlatlar turizmni rivojlantirish uchun katta sa’y-harakatlarni amalga oshiradilar. Hozirgi kunda O‘zbekistonda ushbu sohani yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuning uchun turizmni boshqarish tendensiyalarini o‘rganish va istiqbolli yo‘nalishlarni aniqlash muhimdir. Ushbu maqolada jahon iqtisodiyotida turistik resurslarni boshqarish tendensiyalari, shuningdek, ularni O‘zbekistonda amalga oshirish usullari o‘rganilgan.

15.06.2026 Ko`rish Yuklab olish

GEOPARKLAR VA ULARNING TURISTIK YO‘NALISHLARNI RIVOJLANTIRISHDAGI ROLI

Xaydarov Safarboy Abdirashitovich, Maxammatova Chexroz Alijonovna, G’aniyeva Munisa Faxriddin qizi

Mazkur maqolada geoparklarning mohiyati, ularning tabiiy merosni asrash, geologik obyektlarni muhofaza qilish va turistik yo‘nalishlarni shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Geoparklar nafaqat noyob geologik hudud sifatida, balki ilmiy, ekologik, madaniy va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan majmua sifatida qaraladi. Maqolada geoparklarning hududiy turizmni rivojlantirish, yangi marshrutlar yaratish va sayyohlar oqimini ko‘paytirishdagi imkoniyatlari ochib beriladi. Shuningdek, geoparklar orqali mahalliy aholi bandligini oshirish, xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish va hududlarning investitsion jozibadorligini kuchaytirish masalalari yoritiladi. Geoparklar barqaror turizmning muhim elementi sifatida baholanadi. Ularning turizm industriyasidagi roli ilmiy va amaliy jihatdan asoslab beriladi. Bugungi kunda turizm sohasida innovatsion va ekologik yo‘naltirilgan yondashuvlarning kuchayishi geoparklarga bo‘lgan qiziqishni oshirmoqda. Chunki geoparklar sayyohlarga oddiy dam olishdan tashqari, yer tarixi, tabiat jarayonlari va hududning tabiiy xususiyatlari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. Shu sababli ular geologik turizm, ekologik turizm va ma’rifiy turizmning kesishgan nuqtasida turadi. Maqolada geoparklarning turistik brend yaratish, hududiy infratuzilmani rivojlantirish va milliy turizm salohiyatini oshirishdagi istiqbollari ko‘rsatib beriladi. Ayniqsa, tabiiy landshaftlarga boy hududlarda geoparklar tashkil etish orqali zamonaviy turistik yo‘nalishlarni kengaytirish mumkinligi asoslanadi. Natijada geoparklar kelajak turizmining istiqbolli yo‘nalishlaridan biri sifatida baholanadi.

15.06.2026 Ko`rish Yuklab olish

PRINCIPLES OF THE ICOMOS-ICAHM SALALAH GUIDELINES FOR THE MANAGEMENT OF PUBLIC ARCHAEOLOGICAL SITES

Dr Matthew Whincop

The article discusses the Salalah Principles, developed by ICOMOS-ICAHM to optimize the management of public archaeological sites. The paper analyzes key aspects of the document: sustainable development, local community involvement, balance between heritage conservation and tourism, and the implementation of modern ethical standards. Particular attention is paid to the practical application of these principles to protect the authenticity of objects and their integration into the socio-cultural environment. The article is intended for specialists in the fields of archeology, museum studies and cultural management.

15.06.2026 Ko`rish Yuklab olish

ЎЗБЕКИСТОН ҲУДУДЛАРИДА ГЕОТУРИЗМНИНГ ЮНЕСКО ГЕОПАРКЛАРИНИ ТАШКИЛ ҚИЛИШ ИМКОНИЯТЛАРИ

Тухлиев Искандар Суюнович

Мақолада Ўзбекистон ҳудудларида геотуризмнинг таркибий қисми бўлган геопарклар ташкил қилиш имкониятлари мавжуд бўлган истиқболли объектлар таҳлил қилинган ва ЮНEСКО Глобал Геопарк мақомини олишнинг 4 босқичли модели тавсия қилинган. Ўзбекистонда геотуризм ва геопаркларни илмий ва амалий жихатдан асослаш ва дуал таълим жараёнида тегишли мутахассисларни тайёрлаш амалиётини йўлга қўйиш тавсия қилинган .

12.06.2026 Ko`rish Yuklab olish

МУҚОБИЛ ТУРИЗМНИНГ ИСТИҚБОЛЛИ ВА НОЁБ ЙЎНАЛИШЛАРИДАН БИРИ БЎЛГАН АСТРОНОМИК ТУРИЗМНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ

Тухлиев Искандар Суюнович, Бозорова Гуласал Оқмуродовна

Мазкур мақолада Ўзбекистон шароитида астрономик туризмни ривожлантириш учун қулай бўлган қатор омиллар берилган. Бухоро вилояти мисолида ҳудуднинг астрономик туризм салоҳияти, мавжуд имкониятлари тахлил қилинган ва ривожлантириш истиқболлари баҳоланган. Тадқиқот натижалари асосида тегишли хулоса ва тавсиялар қилинган.

12.06.2026 Ko`rish Yuklab olish

АГРАР ТУРИЗМНИ РИОЖЛАНТИРИШДА МИЛЛИЙ ҚАДРИЯТЛАРИМИЗ БЎЛГАН ҚЎЛДА ГИЛАМ ТЎҚИШ АНЪАНАСИНИНГ ТИКЛАНИШИ

Тухлиев Искандар Суюнович, Махамматова Чехроз Алижоновна

Мақолада Янги Ўзбекистон худудларида аграр ва креатив туризм турларини ривожланишини таъминлайдиган йўналишлардан бири бўлган қўлда гилам тўқиш анъанасини тиклаш механизмлари таклиф қилинган. Аграр туризмнинг қўлда гилам тўқиш жараёни босқичларининг тахлили амалга оширилган.

12.06.2026 Ko`rish Yuklab olish

РОЛЬ ФЕРМЕРСКИХ ХОЗЯЙСТВ В РАЗВИТИИ ГАСТРОНОМИЧЕСКОГО ТУРИЗМА

Нуруллаева Малика Самаджон кизи

В статье рассмотрена роль фермерских хозяйств в формировании и развитии гастрономического туризма. На основе данных Всемирной туристской организации ООН (UN Tourism), Всемирной ассоциации пищевых путешествий (WFTA) и ряда эмпирических исследований проанализированы экономические, социальные и экологические эффекты интеграции аграрного сектора в туристическую отрасль. Особое внимание уделено опыту России и Центральной Азии, включая Республику Узбекистан, где агрогастрономический туризм находится в стадии институционального формирования.

12.06.2026 Ko`rish Yuklab olish

KO‘P QAVATLI BINOLARDA TEMIRBETON OUTRIGGER TIZIMLARINI QO‘LLASH VA ULARNING TAHLILI

Norov Nusiratjon Nuraliyevich, Abdirayimov Yusufbek Murod o‘g‘li

Ushbu maqolada Respublikamiz zilzila xavfi yuqori bo‘lgan hududlarida qurilishi rejalashtirilgan ko‘p qavatli binoning zilzilabardoshliligini ta’minlash maqsadida temir-beton outrigger tizimlaridan foydalanish va hozirgi amaldagi normalar asosida loyihalangan konstruktiv yechimlar asosida loyihalangan binoning texnik xususiyatlari bilan taqqoslash, binoning zilzila ta’siriga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini tahlil qilish ishlari olib borilgan. Shuningdek bugungi kundagi zilzilabardosh binolar konstruktiv yechimlari tahlil qilingan.

11.06.2026 Ko`rish Yuklab olish

CONTENT ANALYSIS OF DIGITAL TOURISM PLATFORMS AND THEIR IMPACT ON RANKINGS AND INDEX EFFICIENCY

Imomov Sanjar Muxammadievich

This study examines the role of digitalization in the development of the tourism sector, with a particular focus on global online tourism platforms such as Booking.com, TripAdvisor, Airbnb, and Expedia. Using a content analysis approach, the functional capabilities, service structures, and digital features of these platforms are evaluated. Furthermore, a system of performance indicators is developed to measure the impact of digital content on tourism product sales. Based on these indicators, a novel Digital Tourism Platform Efficiency Index (RTPSI) is proposed.

11.06.2026 Ko`rish Yuklab olish