Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanib yupqa plastinalarning termoelastik deformatsiyalanish jarayonini modellashtirish masalasi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot davomida mashinaviy o‘qitish algoritmlarining mexanik va issiqlik ta’siri ostidagi deformatsiyalarni aniqlashdagi samaradorligi tahlil qilindi. Termik yuklama natijasida yuzaga keladigan kuchlanish va egilishlarning matematik modeli ishlab chiqildi hamda neyron tarmoqlar yordamida prognozlash usuli taklif etildi. Natijalar sun’iy intellekt asosidagi modellar an’anaviy sonli usullarga nisbatan yuqori aniqlik va tezkorlikka ega ekanligini ko‘rsatdi.
21.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur maqolada qayta tiklanadigan energiya obyektlari uchun hududiy moslikni baholashda sun’iy intellekt va geografik axborot tizimlari (GIS) integratsiyasining qiyosiy samaradorligi tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida meteorologik, topografik, geofizik hamda infratuzilmaviy omillarni o‘z ichiga olgan ko‘p qatlamli geofazoviy ma’lumotlar bazasi shakllantirildi. Hududlarni baholashda an’anaviy GIS asosidagi ko‘p mezonli qaror qabul qilish (MCDM) yondashuvi hamda mashinaviy o‘qitish algoritmlari — Random Forest va XGBoost modellari qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, sun’iy intellekt asosidagi model tahlil tezligi, bashorat aniqligi (R² > 0.90) va xatolik darajasi (MAE < 3%) bo‘yicha an’anaviy metodlarga nisbatan sezilarli ustunlikka ega. Modelning tasniflash qobiliyati ROC-egri chizig‘i orqali baholanib, AUC ko‘rsatkichi 0.99 ni tashkil etdi. Taklif etilgan metodologiya hududiy rejalashtirish jarayonini optimallashtirish, investitsion risklarni kamaytirish va “aqlli” energetika tizimlarini shakllantirish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
21.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada murakkab tizimlarda algoritmik qaror qabul qilish jarayonini takomillashtirish muammosi stoxastik graf modeli va sun'iy intellekt asosidagi optimallashtirish yondashuvlari orqali tadqiq etiladi. Tadqiqotda G = (V, E, W, P) stoxastik graf modeli asosida tizim elementlari, ularning o'zaro bog'liqliklari, xarajat va ehtimollik parametrlari birgalikda modellashtirilib, ko'p mezonli maqsad funksiyasi sifatida F(x) = αC(x) − βR(x) shakli qo'llaniladi. Taklif etilgan gibrid optimallashtirish algoritmi an'anaviy Dijkstra algoritmi va mustahkamlovchi o'rganish (Reinforcement Learning) usullarini birlashtiradi. Simulyatsion tajribalarda 50 dan 1000 tugunga ega bo'lgan tizimlar uchun qaror qabul qilish tezligi o'rtacha 44,6% ga oshganligi, ishonchlilik ko'rsatkichi esa 0,71 dan 0,93 ga yetganligi aniqlandi. Natijalar taklif etilgan yondashuv murakkab tizimlarda qaror qabul qilish samaradorligini statistik jihatdan sezilarli darajada oshirishini tasdiqlaydi.
20.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada murakkab tizimlarda algoritmik qaror qabul qilish jarayonini takomillashtirish muammosi stoxastik graf modeli va sun'iy intellekt asosidagi optimallashtirish yondashuvlari orqali tadqiq etiladi. Tadqiqotda G = (V, E, W, P) stoxastik graf modeli asosida tizim elementlari, ularning oʻzaro bogʻliqliklari, xarajat va ehtimollik parametrlari birgalikda modellashtirilib, koʻp mezonli maqsad funksiyasi sifatida F(x) = αC(x) − βR(x) shakli qoʻllaniladi. Taklif etilgan gibrid optimallashtirish algoritmi an'anaviy Dijkstra algoritmi va mustahkamlovchi oʻrganish (Reinforcement Learning) usullarini birlashtiradi. Simulyatsion tajribalarda 50 dan 1000 tugunga ega boʻlgan tizimlar uchun qaror qabul qilish tezligi oʻrtacha 44,6% ga oshganligi, ishonchlilik koʻrsatkichi esa 0,71 dan 0,93 ga yetganligi aniqlandi. Natijalar taklif etilgan yondashuv murakkab tizimlarda qaror qabul qilish samaradorligini statistik jihatdan sezilarli darajada oshirishini tasdiqlaydi.
20.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Maqolada chiziqli tenglamalar tizimini yechish usullari - almashtirish, algebraik qo‘shish, Gauss usuli va Kramer qoidasi batafsil ko‘rib chiqiladi, ular matematik modellashtirishning asosi hisoblanadi. Muhandislikda konstruksiyalardagi kuchlarni hisoblashda, iqtisodiyotda tarmoqlararo balansni modellashtirishda, mashinaviy o‘qitishda chiziqli regressiya va optimallashtirishda qo‘llaniladi. Optimal usulni tanlash, tipik xatolardan qochish va yechimlarni albatta tekshirish qobiliyati haqiqiy ilovalarda aniqlik va xavfsizlik uchun juda muhimdir. Chiziqli algebrani bilish - katta ma’lumotlar bilan ishlaydigan muhandislar va iqtisodchilarning asosiy kompetensiyasidir.
20.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu ilmiy maqolada past suv bosimli va kichik suv sarfiga ega bo‘lgan suv energetik resurslaridan samarali foydalanish uchun mo‘ljallangan mikrogidroturbina va sinxron generator asosidagi mikro-GES tizimining matematik modeli hamda MATLAB/Simulink muhitidagi dinamik modeli ishlab chiqilgan. Tadqiqotda suv bosimi, suv sarfi va oqim tezligi kabi gidravlik parametrlarning turbinaning mexanik quvvati hamda generatorning elektr energetik ko‘rsatkichlariga ta’siri tahlil qilingan. Modellashtirish natijalariga ko‘ra, tizimning aktiv quvvati 374.1 W va umumiy foydali ish koeffitsiyenti 76.3 % ga erishishi aniqlangan. Olingan natijalar mikrogidroturbina asosidagi avtonom energiya tizimlarini kichik suv oqimlari mavjud hududlarda samarali qo‘llash mumkinligini ko‘rsatadi.
20.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Ushbu maqolada issiqlik tejovchi (energiya samarador) uylarning issiqlik fizikasi jarayonlarini tavsiflovchi matematik modellar va ularni zamonaviy kompyuterli 3D simulyatsiya dasturlarida qo'llash metodologiyasi chuqur tahlil qilingan. Binolarda issiqlik yo'qotilishini minimallashtirish maqsadida Furye qonuniga asoslangan uch o'lchamli issiqlik o'tkazuvchanlik differensial tenglamalari va ularning chegaraviy shartlari (Dirixle, Neyman, Robin) ko'rib chiqilgan. Shuningdek, uzluksiz matematik modellarni Chekli Elementlar Usuli (FEM) yordamida diskretlash va BIM (Building Information Modeling) texnologiyalari orqali 3D muhitga integratsiya qilish jarayonlari yoritilgan. Olingan natijalar shuni ko'rsatadiki, matematik va 3D modellarning o'zaro integratsiyasi bino qurilishidan oldin uning issiqlik xarakteristikalarini 95% gacha aniqlikda bashorat qilish imkonini beradi.
20.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
Mazkur tadqiqotda past bosimli va ochiq kanalli gidrologik manbalar sharoitida faoliyat ko‘rsatuvchi mikro gidroelektr stansiyalar (mikro GES) uchun gidroenergetik suv g‘ildiraklarining geometrik va ekspluatatsion parametrlarini optimallashtirish masalasi raqamli modellashtirish asosida tadqiq etilgan. Ishchi g‘ildirak diametri, kuraklar soni hamda ularning oqimga nisbatan joylashish burchaklarining turbina foydali ish koeffitsiyentiga (FIK) ta’siri fundamental gidrodinamika qonuniyatlari asosida tahlil qilindi. COMSOL Multiphysics dasturiy majmuasi yordamida ikki fazali (suv va havo) muhit uchun Navye-Stoks tenglamalari Level Set usuli bilan birgalikda integratsiya qilingan holda yechildi. Aniqlangan maqbul geometrik ko‘rsatkichlar va dinamik bosim hamda kuch momentlarining vaqt bo‘yicha taqsimoti grafik va jadvallar ko‘rinishida umumlashtirildi. Olingan natijalar mikro gidroenergetik qurilmalarning energetik samaradorligini va gidrodinamik barqarorligini oshirishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.
20.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
So‘nggi yillarda, dunyo hamjamiyatida energetika va elektronika sohalarida energiya tejamkor hamda yuqori harorat sharoitida barqaror ishlovchi qurilmalarga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Termoelektrik generatorlar yaratish esa istiqbolli sohalar qatorida bo‘lmoqda[8] Ayniqsa, sanoat qurilmalari, issiqlik almashinish tizimlari va yuqori haroratli texnologik jarayonlarda hosil bo‘ladigan ortiqcha issiqlikni elektr energiyasiga aylantirish masalasi muhim ilmiy-amaliy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shu sababli termoelektrik generatorlar yaratishda yuqori elektr o‘tkazuvchanlik, termik barqarorlik va mexanik mustahkamlikka ega kompozit materiallarni ishlab chiqish hamda ularning fizik xossalarini optimallashtirish zamonaviy materialshunoslikning dolzarb ilmiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi [2, 5].
20.06.2026 Ko`rish Yuklab olish
In this paper, we provide a mathematical framework of geophysical signal analysis based on natural bicubic spline interpolation. By training the seismic data with neural networks, and interpolating that data with respect to this model, we have better results. Measuring devices cannot easily be installed in mountainous areas, water bodies, wetlands or in densely populated regions. This causes uneven and irregular data collection. We designed a training methodology, which involves the combination of digitally simulated signals and real collected signals. We first trained a deep interpolation network with a fully synthetic collection of images formed by digital simulations to train a traditional interpolation network. The feature extraction component was then frozen and the interpolation network was applied to real data sets where it was trained on incomplete collection images. Lastly, these half-assembled images were re-entered into the trained network to get interpolated output at target locations. Our research reveals that our approach is superior to the other two interpolation networks by comparing all three and prove the transfer learning performance by a series of four ablation experiments in real testing.
20.06.2026 Ko`rish Yuklab olish